Angliyaning «Manchester Siti» klubi bosh murabbiyi Xosep Gvardiola jamoa hujumchisi Raxim Sterling YECHLning 1/8 final bosqich dastlabki uchrashuvida “Real”ga qarshi bo‘ladigan o‘yinda maydonga tushishiga umid qilayotganini aytib o‘tdi.
— Sterling chorshanba kuni maydonga tushishiga ishonaman. U o‘zini yaxshi his qilmoqda, lekin shifokorlar unga dam berish kerakligini bizga maslahat berishmoqda. Shuning uchun ahvoliga keyinroq baho beramiz, - Gvardiolaning so‘zlaridan iqtibos keltirmoqda VVS.