Kirish Ro'yxatdan o'tish
05/12 01:00 Man. Yunayted 1-1 Vest Xem
06/12 01:00 Real Ovyedo 0-0 Malyorka
06/12 17:30 Aston Villa - Arsenal
06/12 18:00 Vilyarreal - Xetafe
06/12 19:00 Sassuolo - Fiorentina
06/12 20:00 Everton - Nottingem Forest
06/12 20:00 Manchester Siti - Sanderlend
06/12 20:00 Nyukasl - Byornli
06/12 20:00 Tottenhem - Brentford
06/12 20:00 Bornmut - Chelsi
06/12 20:15 Alaves - Real Sosyedad
06/12 22:00 Inter - Komo
06/12 22:30 Lids - Liverpul
06/12 22:30 Betis - Barselona
07/12 00:45 Verona - Atalanta
07/12 01:00 Atletik Bilbao - Atletiko
07/12 16:30 Cremonese - Lechche
07/12 18:00 Elche - Jirona
07/12 19:00 Brayton - Vest Xem
07/12 19:00 Kalyari - Roma
07/12 20:15 Valensiya - Sevilya
07/12 21:30 Fulhem - Kristal Pelas
07/12 22:00 Lasio - Bolonya
07/12 22:30 Espanyol - Rayo Valyekano

“El-klasiko”: qirol taxtga shohona qaytdi!

“El-klasiko”: qirol taxtga shohona qaytdi!

Baho:
+ | -2

Avvalo, bir fikrni aytib qo‘yay, sarlavha “Real”ga muxlislikni anglatmaydi, shunchaki “Real” “Barselona”ga qarshi o‘yinda sarlavhaga mos harakat qildi.

Endi o‘yin haqida. O‘yindan oldingi maqolamda “Real” safidagi yo‘qotish, xususan, Azarning yo‘qligi jamoaning o‘yiniga jiddiy ta’sir ko‘rsatmaydi, qabilida fikr bildirgandim. Chunki dastlabki “el-klasiko”da ham “qaymoqranglilar” Azarsiz juda yaxshi o‘ynashgan, faqat gol yetishmagandi. Bu safar esa Zidan ana shu kamchilikni yopdi.

Zidanning birinchi yutug‘i — asosiy tarkibni to‘g‘ri tanlay bilgani. Bugun fransiyalik mutaxassis ishonch bildirgan Marselo tajribaning o‘rni qanchalik muhim ekanligini ko‘rsatdi. Birgina vaziyat, Kurtua bilan birga-bir vaziyatga chiqib ketayotgan Messidan qoida buzmasdan to‘pni olib qo‘yish uchun katta tajriba kerak. Zidan Marseloni ana shu tajriba umidida maydonga tushirdi va braziliyalik himoyachi ishonchni oqladi.

Zidanning ikkinchi yutug‘i — Kurtuaning ishonchli o‘yini. Bugun belgiyalik posbon “gol o‘tkazmasligim shart”, degan ahd bilan maydonga tushganini isbotladi. Birinchi bo‘limning o‘zida yaqqol uchta vaziyat, hatto Messining aniq va kuchli zarbasi — Kurtua seyvlari bilan o‘zi tomon otilayotgan tanqid toshlarini sezilarli darajada kamaytirdi.

Zidanning uchinchi yutug‘i — taktika. Fransiyalik mutaxassis raqibga qarshi hujumkor taktikani tanladi. Kuchli pressingga tayandi. Aftidan, Kataloniya klubi bunga tayyor emasdi, shekilli, ko‘p hollarda mehmonlar xatoga yo‘l qo‘yishdi. Zidan shogirdlari esa butun o‘yin davomida tinmay yugurishdi va tezkor harakat qilishdi. Ayniqsa, o‘zaro uzatmalar borasida murabbiyning futbolchilar bilan jiddiy ishlagani sezildi. “Real” hatto o‘z jarima maydonida ham to‘pdan shunchaki qutulishni o‘ylamadi, qisqa uzatmalar bilan himoyadan chiqib ketish va hujumga o‘tishga intildi.

Zidanning asosiy yutug‘i — bugun “Real”ning har bir futbolchisi o‘zining eng yaxshi o‘yinini o‘tkazdi.

“Real” safida har bir futbolchi o‘z ishini munosib bajardi. Vaholanki, bunday holat har doim ham kuzatilavermaydi. Bu shuni anglatadiki, “qaymoqranglilar” bugungi o‘yinga shunchaki navbatdagi raqibni mag‘lub etish emas, “Barselona”ni, azaliy prinsipial raqibni mag‘lub etish nigohi bilan qarashgan. Buni Vinisius gol urganida Kazemironing ushbu muvaffaqiyatni alohida ehtiros bilan nishonlaganidan bilish mumkin. Aftidan, Zidan o‘yindan oldin shogirdlariga shunday degan: “Bugun “Barselona”ni mag‘lub etib, chempionlik o‘rniga qaytishimiz kerak. Ham birinchi o‘ringa qaytamiz, ham Kataloniya klubini yengamiz”.

“Barselona” ham, aslida, yomon o‘ynagani yo‘q. Bugungi o‘yindan kelib chiqib, jamoaning ruhiy holati u qadar yaxshi emasligini payqash mumkin. Kike Setyen joriy mavsumdagi birinchi “el-klasiko”da yo‘l qo‘yilgan xatolarni o‘rganmagan ko‘rinadi. Chunki “Barselona” avvalgi “el-klasiko”dagi kabi harakat qildi: o‘sha xatolar va hattoki oldingidan-da sustroq o‘yin.

Bugun “Barselona” o‘yinida tarqoqlik sezdim. Ayniqsa, ikkinchi bo‘limda “Barselona” o‘ziga o‘xshamadi. Demakki, o‘yindan oldin futbolchilarni yetarlicha tayyorlay olmagan murabbiy tanaffusda ham kerakli so‘zlarni topa olmagan. Aftidan, futbolchilar va murabbiy yoki rahbariyat o‘rtasida qandaydir ziddiyat bor. Chunki bugun mehmonlarda jonkuyarlik, shiddat u qadar sezilmadi. Gap faqat murabbiyda emas, agar hozir Setyenni iste’foga chiqarib, o‘rniga boshqa murabbiyni olib kelgan taqdirda ham vaziyat o‘zgarib ketishiga unchalik ishonmayman. Chunki Messidek sehrli tayoqchasi bor jamoa bugungidek beqaror o‘ynamasligi kerak edi.

“Real” taxtga qaytdi, yana qanday — “Barselona”ni mag‘lub etib. Tabiiyki, Madrid klubi muxlislari “Manchester Siti” va “Selta”ga boy berilgan ochkolarni ham unutishdi. Bu g‘alaba o‘z navbatida YECHL doirasida “shaharliklar”ga qarshi kechadigan javob o‘yinidan oldin o‘ziga xos motivasiya bo‘ldi.

Nizomjon ISLOMOV  

Manba: stadion.uz
Kiritildi: 03:19, 02.03.2020.
O'qildi: 10783 marta.
Fikrlar: 41 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.