Kirish Ro'yxatdan o'tish
17/04 18:00 Lokomotiv 0-2 Navbahor
17/04 19:00 OKMK 3-2 Buxoro
17/04 20:15 Surxon 0-1 Qizilqum
17/04 21:30 Sassuolo - Komo
17/04 23:45 Inter - Kalyari
18/04 16:30 Brentford - Fulhem
18/04 18:00 Udineze - Parma
18/04 18:00 Neftchi 2-1 Nasaf
18/04 19:00 Lids - Vulverhempton
18/04 19:00 Nyukasl - Bornmut
18/04 19:00 Mash’al 0-0 Xorazm
18/04 20:15 Paxtakor - Dinamo
18/04 21:00 Napoli - Lasio
18/04 21:30 Tottenhem - Brayton
18/04 23:45 Roma - Atalanta
19/04 00:00 Chelsi - Man. Yunayted
19/04 15:30 Cremonese - Torino
19/04 16:00 So‘g‘diyona - Bunyodkor
19/04 18:00 Verona - Milan
19/04 18:00 Everton - Liverpul
19/04 18:00 Aston Villa - Sanderlend
19/04 18:00 Nottingem Forest - Byornli
19/04 18:15 Qo‘qon-1912 - Andijon
19/04 21:00 Piza - Jenoa
19/04 23:45 Yuventus - Bolonya

Xayrulla Hamidov: "Yangi klasiko davri"

Xayrulla Hamidov: "Yangi klasiko davri"

Baho:
+ | -

Mana, orziqib kutilgan klasiko ham o‘tdi-ketdi. Emosiyalar, his-tuyg‘ular ortda qoldi.
Uchrashuvda chindan ham ustun jamoa g‘alaba qozondi. Kiki Setyen Zidanga ikkinchi bo‘limda hech narsa taklif eta olmadi. Hammamiz ko‘rdik.

O‘yin o‘z yo‘liga. Muxlislik madaniyati ancha yaxshilanganini ko‘rdim. Juda ko‘p saviyali, adekvat insonlar kuchli tomon g‘alaba qozonganini aytishdi. O‘zi muxlislik qilgan bo‘lsa, shodligini yashirmadi, raqib deb bilsa, tabrikladi realchilarni.

Ijtimoiy tarmoqlarda saviyali qatlam to‘plangan tvitter olamida mazmunli fikrlar o‘qidim (odnoklassniki, instagram va feysbuk sahifalaridagi izohlarning aksari o‘qishga, e’tiborga olishga arzimaydi, o‘ta sayoz va yosh bolalarcha fikrlash). Armiya bo‘lib bo‘linish tugabdi, shunisini ilg‘adim bugun.

O‘ylashimcha, buyog‘iga oldingi klasikolar ham bo‘lmaydi. "Yoqa yirtib" o‘ynaladigan janjallar, to‘p uchun beshafqat kurashlar kuzatilmasa kerak. Qontalash nigohi bilan Inyestani chopib tashlaydigan pepelar, to‘pni raqibga qaytarib bermay asabni o‘ynaydigan peplar boshqa qutbga ketishgan.
Bugungi klasiko faqat futbol ulashuvchi ekstraklass darajaga chiqqan o‘yinga aylandi.

"Suyunchi" filmida aytilganidek, "urishiladigan to‘ylar" qaytmaydi.
Bu yaxshimi, yomonmi? Kimgadir unisi, kimgadir bunisi. Shaxsan menga hozirgisi ma’qulroq. Chunki odamiylik futboldan yuqorida turishi kerak. Fanatizm kasalligining illatlari qo‘rqinchli. Sog‘ odamni-da telbaga aylantiradi-qo‘yadi.

O‘sha "Suyunchi"da ham Anziratning do‘stlari eslaydigan "to‘ylar" aslida yaxshilik belgisi emas. Xotiraning hisobiga ijobiydek ko‘rinadi, xolos.

Bu klasikoni cho‘qqiga olib chiqqan ikki dahoning biri endi tomoshabin, ikkinchisi esa, maydonda. Lekin oldingidek xaloskor emas. Buni tribunada kuzatayotgan Ronaldu juda aniq his etyapti. Usiz Messi "zerikayotganini", oldingidek ishtiyoqda emasligini payqayapti.

Ha, hammasi tugayapti, yangi klasiko davri boshlanish arafasida...

"Real" ishqibozlarini g‘alaba bilan tabriklaymiz, barcha muxlislarni esa, haqiqiy, toza futbol bilan. Darvoqe, yangi kurash oldidan umumiy g‘alabalar sonida yana tenglik: 96-96.

Serial davomiga boshqa qahramonlar kastingi boshlandi: Fati, Mariano, Vinisius, Breytveyt...

Manba: Хайрулла ҲАМИДОВ Телеграм канали
Kiritildi: 04:55, 02.03.2020.
O'qildi: 9582 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик