Kirish Ro'yxatdan o'tish
24/05 00:00 Betis 2-1 Levante
24/05 00:00 Jirona 1-1 Elche
24/05 00:00 Xetafe 1-0 Osasuna
24/05 00:00 Malyorka 3-0 Real Ovyedo
24/05 00:00 Real Madrid 4-2 Atletik Bilbao
24/05 00:00 Valensiya 3-1 Barselona
24/05 00:00 Alaves 1-2 Rayo Valyekano
24/05 00:00 Selta 1-0 Sevilya
24/05 00:00 Espanyol 1-1 Real Sosyedad
24/05 18:00 Parma 1-0 Sassuolo
24/05 20:00 Brayton 0-3 Man. Yunayted
24/05 20:00 Byornli 1-1 Vulverhempton
24/05 20:00 Kristal Pelas 1-2 Arsenal
24/05 20:00 Fulhem 2-0 Nyukasl
24/05 20:00 Liverpul 1-1 Brentford
24/05 20:00 Manchester Siti 1-2 Aston Villa
24/05 20:00 Nottingem Forest 1-1 Bornmut
24/05 20:00 Sanderlend 2-1 Chelsi
24/05 20:00 Tottenhem 1-0 Everton
24/05 20:00 Vest Xem 3-0 Lids
24/05 21:00 Napoli 1-0 Udineze
24/05 23:45 Verona 0-2 Roma
24/05 23:45 Cremonese 1-4 Komo
24/05 23:45 Lechche 1-0 Jenoa
24/05 23:45 Milan 1-2 Kalyari
25/05 00:00 Vilyarreal 5-1 Atletiko
25/05 00:45 Torino 2-2 Yuventus

Ravshan Ermatov, Vadim Abramov va Odil Ahmedov namanganlik muxlislar bilan uchrashdi

Ravshan Ermatov, Vadim Abramov va Odil Ahmedov namanganlik muxlislar bilan uchrashdi

Baho:
+ | -
Bo'lim: O'ZBEK FUTBOLI
Rukn: Yangiliklar

Bilasiz, milliy chempionatimiz uchrashuvlariga muxlislar qiziqishini orttirish, stadionlarga muxlislar tashrifini ko‘paytirish, ishqibozlar o‘rtasida muxlislik madaniyatini yanada rivojlantirish bo‘yicha qator sa’yi-harakatlar amalga oshirilmoqda.

Bugun Namangan shahrida futbol ishqibozlari bilan uchrashuv tashkil etildi. Unda Jismoniy tarbiya va sport vazirining birinchi o‘rinbosari, O‘FA birinchi vise-prezidenti Ravshan Ermatov, O‘zbekiston milliy terma jamoasi bosh murabbiyi Vadim Abramov hamda terma jamoamiz sardori Odil Ahmedov ishtirok etdi.

Samimiy va ochiq ruhda o‘tgan uchrashuv davomida o‘zbek futbolining kechasi va buguni, mavjud kamchilik hamda muammolar, qo‘lga kiritilayotgan yutuqlar, ishqibozlarni qiynayotgan masalalar, milliy futbolimizning yaqin kelajak rejalari muhokama etildi.

Ochiq muloqot davomida ishqibozlar o‘zlarini qiziqtirgan savollar bilan murojaat qilishdi, milliy futbolimizni rivoji uchun o‘z taklif hamda mulohazalarini bildirishdi.

Milliy terma jamoamiz ustozi Vadim Abramov Namanganda “millionlar o‘yini”ning ashaddiy ishqibozlari juda ham ko‘p ekanini ta’kidlab, turli yoshdagi terma jamoalarimizning o‘yinlari Namangan shahrida ham o‘tkazilishidan mamnun bo‘lishini bildirdi. Odil Ahmedov esa milliy jamoa safida maydonga tushadigan har bir futbolchi xalqimiz oldidagi mas’uliyatini chuqur his etishini, yigitlar har bir uchrashuvda muxlislarni xushnud etish uchun bor kuch-mahoratlarini ishga solishlarini aytib o‘tdi.

O‘z navbatida Ravshan Ermatov muxlislar bilan bu kabi samimiy muloqotlar tez-tez o‘tkazib borilishini ta’kidladi va O‘FA milliy futbolimiz ravnaqi yo‘lida ishqibozlarning takliflarini eshitishga hamisha tayyorligini bildirdi.

Manba: ufa.uz
Kiritildi: 21:31, 06.03.2020.
O'qildi: 5020 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик