Kirish Ro'yxatdan o'tish
11/05 00:00 Barselona 2-0 Real Madrid
11/05 23:45 Napoli - Bolonya
12/05 00:00 Tottenhem - Lids
12/05 00:00 Rayo Valyekano - Jirona
12/05 22:00 Selta - Levante
12/05 23:00 Betis - Elche
13/05 00:30 Osasuna - Atletiko
13/05 22:00 Espanyol - Atletik Bilbao
13/05 22:00 Vilyarreal - Sevilya
14/05 00:00 Manchester Siti - Kristal Pelas

Zidan: «Biz g‘alabaga loyiq o‘yin ko‘rsatmadik»

Zidan: «Biz g‘alabaga loyiq o‘yin ko‘rsatmadik»

Baho:
+ | -

«Real» bosh murabbiyi Zayniddin Zidan «Betis»ga qarshi o‘yin (1:2) borasida o‘z fikrini bildirib o‘tdi.

«Yomon o‘yin ko‘rsatdik. Na birinchi bo‘limda, na ikkinchi taymda raqibdan ustun bo‘la oldik. Ko‘p xato qildik, to‘pni ko‘p yo‘qotdik. O‘z darajangda o‘ynamasang, muammolarga duch kelasan.

Bugun bizga ko‘p narsa yetishmadi. Bu bizning ushbu mavsumdagi eng yomon o‘yinimiz bo‘ldi. Kuch, to‘p nazorati va tajovuzkorlik yetishmadi. Bu yomon kun, bunaqasi bo‘lib turadi. Mas’uliyatni o‘z zimmamga olaman. Bu mag‘lubiyat uchun aqldan ozish kerak emas. Lekin xursand ham bo‘la olmaymiz.

O‘yinga kirishib ketishimiz qiyin bo‘ldi. Birinchi bo‘limda yomon boshlash mumkin, lekin vaziyatni o‘nglash uchun 45 daqiqa imkoniyat bo‘ladi, ammo bundan foydalana olmadik. Bo‘lib o‘tgan ishning izohi yo‘q.

Biz kurashda davom etamiz. Yechim bor. Hozircha yaxshi mavsumni o‘tkazyapmiz. Yaxshi va yomon vaziyatlar bo‘ldi, ammo biz bundan chiqib ketamiz. Biz g‘alabaga munosib o‘yin ko‘rsatmadik. Barchasini tahlil qilishimiz kerak.

O‘n bitta o‘yin qoldi va biz sovrin uchun kurashda davom etamiz. Lekin biz g‘alaba qozonish uchun hech narsa qila olmadik. O‘yinchilarga e’tirozim yo‘q. Men oxirigacha ular bilanman. Mas’uliyatning barchasi mening zimmamda», – dedi Zidan.

Manba: sports.ru
Kiritildi: 08:05, 09.03.2020.
O'qildi: 4306 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик