Kirish Ro'yxatdan o'tish
06/12 01:00 Real Ovyedo 0-0 Malyorka
06/12 17:30 Aston Villa 2-1 Arsenal
06/12 18:00 Vilyarreal 2-0 Xetafe
06/12 19:00 Sassuolo 3-1 Fiorentina
06/12 20:00 Everton 3-0 Nottingem Forest
06/12 20:00 Manchester Siti 3-0 Sanderlend
06/12 20:00 Nyukasl 2-1 Byornli
06/12 20:00 Tottenhem 2-0 Brentford
06/12 20:00 Bornmut 0-0 Chelsi
06/12 20:15 Alaves 1-0 Real Sosyedad
06/12 22:00 Inter 4-0 Komo
06/12 22:30 Lids 3-3 Liverpul
06/12 22:30 Betis 3-5 Barselona
07/12 00:45 Verona 3-1 Atalanta
07/12 01:00 Atletik Bilbao 1-0 Atletiko
07/12 16:30 Cremonese - Lechche
07/12 18:00 Elche - Jirona
07/12 19:00 Brayton - Vest Xem
07/12 19:00 Kalyari - Roma
07/12 20:15 Valensiya - Sevilya
07/12 21:30 Fulhem - Kristal Pelas
07/12 22:00 Lasio - Bolonya
07/12 22:30 Espanyol - Rayo Valyekano
08/12 00:45 Napoli - Yuventus
08/12 01:00 Real Madrid - Selta
08/12 19:00 Piza - Parma
08/12 22:00 Udineze - Jenoa

Koronavirus sabab O‘zbekistonda xalqaro tadbirlar va sport musobaqalari vaqtincha to‘xtatildi

Koronavirus sabab O‘zbekistonda xalqaro tadbirlar va sport musobaqalari vaqtincha to‘xtatildi

Baho:
+ | -
Bo'lim: SPORT
Rukn: Yangiliklar

Ilk bor Xitoyda aniqlanib, so‘ngra dunyoning ko‘plab davlatlariga kirib borgan COVID-19 koronavirusi bugun butun dunyoni tahlikaga solib turibdi. Shukrki yurtimizda bu yuqumli va o‘ta xavfli epidemiya alomatlari aniqlanganicha yo‘q. Biroq, xotirjam bo‘lish aslo yaramaydi, chunki koronavirus ayni paytda sayyoramizning 70dan ortiq davlatiga kirib bordi.

Mavjud vaziyatni inobatga olgan holda, qolaversa hukumatimiz tomonidan berilgan ko‘rsatma va tavsiyalar ijrosini ta’minlash maqsadida Jismoniy tarbiya va sport vazirligining buyrug‘i qabul qilindi.

Unga ko‘ra, Respublika hududida o‘tkazilishi rejalashtirilgan xalqaro tadbirlar va sport musobaqalari vaqtincha to‘xtatildi. Bundan ko‘zlangan maqsad — koronavirus epidemiyasini yurtimiz hududiga kirib kelishining oldini olish bo‘lib, buyruq bilan xalqaro musobaqalarda O‘zbekiston milliy terma jamoa a’zolarining ishtiroki hamda tizim xodimlarining xorijiy xizmat safarlari vazirlik bilan kelishilgan holda amalga oshirilishi belgilab qo‘yildi.

Shuningdek, sport turlari bo‘yicha respublika sport musobaqalari (chempionat va kuboklar) O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi, hududiy sport musobaqalarini esa hududiy sog‘liqni saqlash boshqarmalari bilan kelishgan holda o‘tkazish vazifasi yuklatildi.

Bundan tashqari, Jismoniy tarbiya va sport vazirligi tizimidagi respublika tashkilotlari va jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti tavsiyalari asosida Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan tasdiqlangan targ‘ibot materiallarini chop etish va ularni e’tibor qaratiladigan joylarga ilinishini ta’minlash orqali xalqimizning tibbiy madaniyatini yuksaltirish ham ko‘zda tutilgan.

Xullas, barchamiz bir tan-u bir jon bo‘lib harakat qilsak, COVID-19 koronavirusining yurtimizga kirib kelishining oldi olinadi.

Jismoniy tarbiya va sport vazirligi
Matbuot xizmati

Manba: minsport.uz
Kiritildi: 08:26, 09.03.2020.
O'qildi: 5946 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.