Kirish Ro'yxatdan o'tish
22/06 03:00 Urugvay 2-2 Kabo-Verde
22/06 06:00 Yangi Zelandiya 1-3 Misr
22/06 22:00 Argentina 2-0 Avstriya
23/06 02:00 Fransiya 3-0 Iroq
23/06 05:00 Norvegiya 3-2 Senegal
23/06 08:00 Iordaniya 1-2 Jazoir
23/06 22:00 Portugaliya - O‘zbekiston
24/06 01:00 Angliya - Gana
24/06 04:00 Panama - Xorvatiya
24/06 07:00 Kolumbiya - Kongo DR
24/06 23:59 Shveysariya - Kanada
24/06 23:59 Bosniya-Gertsegovina - Qatar

Krishtianu Ronaldu jahon chempionatlarida nechta gol urgan?

Krishtianu Ronaldu jahon chempionatlarida nechta gol urgan?

Baho:
+ | -

Portugaliya terma jamoasi sardori Krishtianu Ronaldu JCH-2026 davomida ham asosiy muhokama mavzularidan biri bo‘lib qolmoqda.

Kongo DRga qarshi uchrashuvda (1:1) asosiy tarkibda maydonga tushgan 41 yoshli hujumchi faoliyatidagi oltinchi jahon chempionatida ishtirok etdi va bu borada argentinalik yulduz Lionel Messining natijasini takrorladi. Biroq mundiallardagi gollar soni bo‘yicha portugaliyalik forvard argentinalik raqibidan ancha ortda qolmoqda.

Ayni paytga kelib, Ronaldu jahon chempionatlarida o‘tkazgan 23 ta uchrashuvda 8 ta gol va 2 ta assist qayd etgan.

Ronalduning jahon chempionatlaridagi barcha gollari:

JCH-2006 (Germaniya) — 1 gol (Eron darvozasiga penaltidan);

JCH-2010 (JAR) — 1 gol (KXDRga qarshi bahsda, 7:0);

JCH-2014 (Braziliya) — 1 gol (Ganaga qarshi o‘yindagi g‘alaba goli, 2:1);

JCH-2018 (Rossiya) — 4 gol (Ispaniya darvozasiga xet-trik va Marokashga qarshi bitta gol);

JCH-2022 (Qatar) — 1 gol (Ganaga qarshi penaltidan urilgan gol. Ushbu gol Ronalduni beshta mundialda gol urgan ilk futbolchiga aylantirgan edi);

JCH-2026 (AQSH, Kanada va Meksika) — hozircha 0 gol.

E’tiborlisi, Ronalduning jahon chempionatlaridagi barcha 8 ta goli guruh bosqichida kiritilgan. Pley-off bahslarida esa portugaliyalik hujumchi hali biror marta ham gol yoki assist muallifi bo‘lmagan.

Mundiallardagi umumiy gollar soni bo‘yicha Ronaldu Lionel Messidan ortda qolmoqda. Argentina terma jamoasi sardori Avstriyaga qarshi bahsda o‘zining 17-golini urib, jahon chempionatlari tarixidagi eng yaxshi to‘purarga aylandi.

Portugaliya terma jamoasi JCH-2026 doirasidagi navbatdagi uchrashuvini O‘zbekiston milliy jamoasiga qarshi o‘tkazadi.

Manba: sports.kz
Kiritildi: 23:51, 22.06.2026.
O'qildi: 7447 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик