Kirish Ro'yxatdan o'tish
13/08 19:00 Surxon 1-3 So‘g‘diyona
13/08 19:00 Andijon 0-3 Neftchi
13/08 20:30 Buxoro 2-0 OKMK
14/08 19:00 Navbahor - Bunyodkor
14/08 20:00 Dinamo - Xorazm
14/08 20:30 Qizilqum - Mash’al
15/08 19:00 Qo‘qon-1912 - Lokomotiv
15/08 19:00 Nasaf - Paxtakor

Lionel Messi jahon chempionatlaridagi golli seriya bo‘yicha rekordni takrorladi

Lionel Messi jahon chempionatlaridagi golli seriya bo‘yicha rekordni takrorladi

Baho:
+ | -

Argentina terma jamoasi hujumchisi Lionel Messi jahon chempionatlari tarixidagi eng uzoq davom etgan golli seriya rekordini takrorladi.

Bu JCH-2026 guruh bosqichi 2-turidan o‘rin olgan Argentina — Avstriya uchrashuvida ro‘y berdi. Messi mazkur bahsning 39-daqiqasida raqib darvozasini ishg‘ol qilib, o‘zining mundiallardagi ketma-ket oltinchi o‘yinida gol urdi.

Avvalroq argentinalik yulduz JCH-2026da Jazoirga qarshi bahsda, shuningdek, JCH-2022da Fransiya, Xorvatiya, Niderlandiya va Avstraliya terma jamoalari darvozalariga ham gol kiritgan edi.

Shu tariqa, Messi jahon chempionatlari tarixidagi eng uzoq golli seriya bo‘yicha rekordni takrorladi. Undan avval bu natija fransuz hujumchisi Jyust Fonten va braziliyalik forvard Jairzinyo tomonidan qayd etilgan edi.

Argentina guruh bosqichining 3-tur bahsini 28 iyun kuni Iordaniyaga qarshi o‘tkazadi.

Manba: championat.com
Kiritildi: 23:58, 22.06.2026.
O'qildi: 2838 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик