Kirish Ro'yxatdan o'tish
04/12 00:30 Arsenal 2-0 Brentford
04/12 00:30 Brayton 3-4 Aston Villa
04/12 00:30 Byornli 0-1 Kristal Pelas
04/12 00:30 Vulverhempton 0-1 Nottingem Forest
04/12 01:15 Lids 3-1 Chelsi
04/12 01:15 Liverpul 1-1 Sanderlend
05/12 01:00 Man. Yunayted 1-1 Vest Xem
06/12 01:00 Real Ovyedo - Malyorka
06/12 17:30 Aston Villa - Arsenal
06/12 18:00 Vilyarreal - Xetafe
06/12 19:00 Sassuolo - Fiorentina
06/12 20:00 Everton - Nottingem Forest
06/12 20:00 Manchester Siti - Sanderlend
06/12 20:00 Nyukasl - Byornli
06/12 20:00 Tottenhem - Brentford
06/12 20:00 Bornmut - Chelsi
06/12 20:15 Alaves - Real Sosyedad
06/12 22:00 Inter - Komo
06/12 22:30 Lids - Liverpul
06/12 22:30 Betis - Barselona

Futbol va Koronavirus

Futbol va Koronavirus

Baho:
+ | -

Stadion.uz Koronavirusning futbol olamiga ta’siri borasidagi yangiliklar bilan tanishtirishda davom etamiz.

Ispaniyada vaziyat jiddiy

Ispaniyadagi professional futbolchilar huquqlarini himoya qiluvchi Assosiasiya Ispaniya futbol Federatsiyasidan mamlakatdagi barcha musobaqalarni to‘xtatishini talab etmoqda. Bunga koronavirusning Yevropaga kirib kelishi sabab bo‘lmoqda. Assosiasiya o‘z iltimosini “La Liga” va “RFEF”ga ham jo‘natdi.

Hozircha Ispaniya futbol federatsiyasi bu iltimosga javob berganicha yo‘q. Avvalroq Ispaniya “La Liga”si va “Segunda”sida ikkita tur davomida o‘yinlar muxlislarsiz o‘tkazilishi rasman e’lon qilingan edi.

Italiyada vaziyat jiddiy

“Milan” rasmiy sayti mamalakatda katta tarqalayotgan koronavirus sababli 15-mart sanasiga qadar barcha yoshdagi futbolchilar uchun mashg‘ulotlarni bekor qildi.

“Le Gazzeta Della Sport” nashri jurnalisti Nikola Shiraning xabar berishicha, Italiyada bir yo‘la 6 ta klub “Milan” singari yo‘l tutishga qaror qilgan. «Bolonya», «Breshiya», «Kalyari», «Fiorentina», «Lasio» va SPAL jamoalaridan so‘ng “A Seriya”ni boshqa klublari ham shunday qarorga kelishi kutilmoqda.

Avvalroq “Milan” jamoasi Koronavirusga qarshi 250 ming yevro ajratdi

“Atalanta” muxlislaridan ajoyib yurish

Italiyaning “Atalanta” jamoasi muxlislari Bergamoda koronavirusdan jabr ko‘rgan insonlar uchun 60 ming yevro xayriya qilishdi. Ma’lumotlarga qaraganda “Atalanta” jamoasi “Valensiya”ga qarshi o‘yin uchun sotilgan chiptalarni qaytarib bergan va ushbu chiptalar egalari bu pullarni virusga qarshi kurash uchun sarflashga qaror qilishgan.

Eslatib o‘tamiz, “Valensiya” jamoasi Italiyadagi koronavirus sababli YECHL 1/8 javob uchrashuvini tomoshabinlarsiz o‘tkazishga qaror qilgan.

Fransiyada vaziyat jiddiylashmoqda

“Mets” jamoasi rasmiy sayti koronavirus bilan og‘rigan inson bilan aloqada bo‘lgan futbolchisning sog‘lig‘i yaxshiligi borasida rasmiy ma’lumot tarqatdi. Klub o‘z futbolchini tashqi bosimlardan himoya qilish maqsadida uning ismini oshkor qilmayapti.

Hozircha nomi oshkor qilinmagan “Mets” futbolchisi mashg‘ulotlardan ozod etilgan va uydan ko‘chaga chiqmayapti.

“Mets” klubi matbuot hizmati bergan ma’lumotlarga qaraganda, futbolchining sog‘lig‘i yaxshi va unda virusning simptomlari kuzatilmagan.

Manba: Stadion.uz
Kiritildi: 03:26, 11.03.2020.
O'qildi: 5757 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.