Amman shahrida boks bo‘yicha Tokio-2020 Olimpiya o‘yinlariga yo‘llanma beruvchi lisenzion turnir yakuniga yetib bormoqda. So‘nggi kun bahslarini hamyurtimiz Tursunoy Rahimova hamda tailandlik Yutumas Xitpong ishtirokidagi jang boshlab berdi.
-51 kilogramm vazn toifasida Olimpiada yo‘llanmasi uchun kechgan bellashuvda yurtdoshimizning qo‘li baland keldi — 4:1 . Shu tariqa Tursunoy Rahimova bokschi qizlarimiz orasida birinchi bo‘lib Tokio-2020 yo‘llanmasiga sazovor bo‘ldi.
Bu g‘alaba delegasiyamizga Tokio-2020 Olimpiya o‘yinlarining yigirma birinchi yo‘llanmasini keltirdi. Bugun kun damomida 3 nafar vakilimiz musobaqa g‘olibligi uchun ringga ko‘tarilishadi.