Kirish Ro'yxatdan o'tish
22/12 00:45 Lechche 1-2 Lasio
22/12 01:00 Barselona 1-2 Atletiko
22/12 16:30 Roma 5-0 Parma
22/12 18:00 Valensiya 2-2 Alaves
22/12 19:00 Fulhem 0-0 Sautgempton
22/12 19:00 Lester 0-3 Vulverhempton
22/12 19:00 Man. Yunayted 0-3 Bornmut
22/12 19:00 Everton 0-0 Chelsi
22/12 19:00 Venetsiya 2-1 Kalyari
22/12 20:15 Real Madrid 4-2 Sevilya
22/12 21:30 Tottenhem 3-6 Liverpul
22/12 22:00 Atalanta 3-2 Empoli
22/12 22:30 Leganes 2-5 Vilyarreal
22/12 22:30 Las-Palmas 1-0 Espanyol
23/12 00:45 Monsa 1-2 Yuventus
23/12 01:00 Betis 1-1 Rayo Valyekano
23/12 22:30 Fiorentina - Udineze
24/12 00:45 Inter - Komo

Xayrulla Hamidov maqolasi: «Tajriba. Saboq»

Xayrulla Hamidov maqolasi: «Tajriba. Saboq»

Baho:
+ | -

Yoshlik davrlarimizga qaytadigan bo‘lsak, har bir futbolchi katta siymo bo‘lib ko‘rinaveradi. Xotiralarimiz ularni salobatli ko‘rsatadi. Biroq, shunday shaxslar borki, ularning darajasi chindan ham yuqori bo‘lgan. Ular chindan-da o‘z davrlarining ham, keyingilarning ham havas qilguli bosqichiga chiqib ulgurishgan.

Bugun shunday darvozabonlardan biri haqida gaplashamiz. 1962 yilning 12 mart kuni GFRning Kil shahrida tug‘ilgan Andreas Kyopke! Germaniya terma jamoasi tarkibida 1990 yilgi jahon chempioni, 1996 yilgi Yevropa chempioni. Germaniya futbolining gullagan davrlariga to‘g‘ri kelgan va ana shu cho‘qqida turishning sababchilaridan biri edi u.

To‘g‘ri, 90-yilgi mundialda ham, to‘rt yil keyingi jahon chempionatida ham Kepke Bodo Illgnerning zaxirasi edi. Shu bois, uning eng porloq davri deb Angliya maydonlarida o‘tgan 96-yilgi Yevroni e’tirof etadilar. Kepke o‘sha musobaqada nafaqat asosiy posbon bo‘lgan, balki terma jamoasining tom ma’nodagi lideri edi. Guruhning oxirgi turida Janfranko Dzolaning dahshatli penaltisini qaytargan, yarimfinalda turnir mezboni inglizlar vakili Garet Sautgeytning o‘n bir metrdan yo‘llagan to‘piga to‘sqinlik qilgan Kepke o‘sha yili darvozabonlarga neki sovrin topshirilsa, hammasini yig‘ib olgan.

Germaniya darvozabonlar maktabi zo‘r. O‘zi umuman ularda har bir sohaga jiddiy e’tibor qaratadilar. Murabbiylar ham huda-behudaga ishdan ketavermaydi, katta davrni o‘tkazib, o‘rniga munosibini tashlab ketadi. Darvozabonlari ham. Illgnerdan estafeta tayoqchasini olgan Kepke o‘tgan asrning oxirgi mundialida Xorvatiyaga boy berilgan o‘yindan so‘ng terma jamoadan ketgan. Ammo o‘rniga kimni tashlab ketgan, bilasizmi? Oliver Kanni. Yanada iste’dodli va uzoq yillar terma jamoa xaloskori bo‘ladigan noyob iste’dod sohibini.

Nemislarning aksar darvozabonlari penaltini bartaraf etish uchun Kepkening tajribasidan foydalanishadi. Yens Lemann o‘z intervyusida 2006 yili Argentina termasining penaltisini qaytarishida Kepkedan maslahat so‘raganini ham aytib o‘tgan. Hozirda 48 yoshli mutaxassis terma jamoa jamoada darvozabonlar murabbiyi. 2017 yili shartnoma Yevro-2020gacha cho‘zilgan.

Endi eng muhimiga to‘xtalib o‘taman. Oldingi futbol bilan bugungisi o‘rtasidagi farqni Kepke faoliyatidan ham bilib olsa bo‘ladi. Mana shuncha natijalarni qayd etgan darvozabon qaysi klubda faoliyat olib borgan, degan savol berilsa, beixtiyor katta klublarni aytadi. Chunki terma jamoaga olib boriladigan yo‘llar top-klublar orqali. Andreas “Gerta”, Nyurnberg”, “Ayntraxt” va “Olimpik Marsel” klublarida o‘ynagan. Na “Bavariya”, na “Borussiya va na chet elning nomdor klublari. O‘rtamiyona klublardagi faoliyati bilan-da buyuk bo‘lib qolish san’ati sakson va to‘qsoninchi yillar futbolida ko‘proq namoyon bo‘ladi. Hozir esa, sal yaxshiroq o‘ynasa, “Bavariya” zaxirasida chirib ketishga ham rozi holda yo‘l olayotgan iste’dodli darvozabonlarni ko‘ramiz. Ular haqida Kyopke shunday deydi: “Albatta, kuchli jamoalarda o‘ynagisi keladi hammani. Lekin zaxirada o‘tirish sharti bilan yo‘l olayotgan yoshlarni tushunish qiyin. Undan ko‘ra maktab jamoasida tajribani orttir! Axir, darvozabonlik umri juda qisqa, futbolchilardan ham qisqa, futbolchi bir o‘yinda to‘pga qancha teginadi, sen esa, bir-ikki vaziyatning taqdiridasan”.

Yosh darvozabonlar shu tuyg‘ularni Kepkedan o‘rganishlari kerak. Gap bir jamoaga sadoqat haqida ketmayapti, balki amaliyot haqida, tajriba haqida. Kepke fikrining oxirida aytganidek, “kuchsiz jamoalargina yaxshi darvozabonning asl qobiliyatini ko‘proq ochib beradi”.

Yosh avlodga xitob: To‘qsoninchi yillar futbolini judaa-a-a oq-qora tasvirda deb o‘ylab yubormang. Mana, Andreas Kyopke ijrosidagi ajoyib harakatlar va seyvlarni kuzatib, u paytlardagi futbol ham tomoshabop bo‘lganiga amin bo‘ling!

Manba: https://t.me/x_hamidov
Kiritildi: 07:07, 12.03.2020.
O'qildi: 7060 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.