Stadion.uz futbol olamida tobora avj olib borayotgan koronavirusning ta’siri xaqida qisqacha to‘chtalib o‘tadi.
Milliy birinchiliklar birin ketin to‘xtatilmoqda. YECHL va YEL uchrashuvlari ham tez orada to‘xtatilishi mumkin. Yevropa chempionatining o‘tkazilishi ham katta savol ostida qolmoqda. Bugun so‘nggi kunlardagi eng muhim voqeyalarni yodga olib o‘tamiz.
Italiya – 12,5 ming kishi zararlangan
Yevropadagi koronavirusdan eng katta jabr ko‘rgan davlat Italiya sanaladi. Achinarlisi shundaki, Italiya virusning tarqalishi borasida Xitoydan keyingi o‘rinda bormoqda. Ushbu yurtda barchasi sport turlari borasidagi musobaqalar to‘xtatilganiga ancha bo‘ldi. “A Seriya” o‘yinlari ham kamida 3-aprelga qadar to‘xtatilgan. Futbolchilar orasida hamvirusning tarqalish tezligi juda katta. Yaqindagina “Yuventus” himoyachisi Daniyel Ruganining ushbu hastalikka chalingani haqidagi xabarlar tarqaldi. Shu sababli anchadan beri muxlisalar kutgan intrigani taqdim etgan chempionat o‘yinlari to‘xtatildi. Uning qachon davom ettirilishi borasida hech kimda hech qanday aniq javob mavjud emas. Italiaya nashrlari bergan xabarlarga qaraganda, musobaqani yakunlashning iloji yo‘q. katta ehtimol bilan Italiya futbol Federatsiyasi ichki birinchilikni pley-off tarzida yakunlab qo‘yadi. Yoki vaziyat o‘nglanmaganuga qadar pauza oladi.
Ispaniya – 3 ming kishi zararlangan
Bugun Ispaniya hukumati mamlakatdagi futbol musobaqalarini kamida 2 haftaga to‘xtatib turishga qaror qildi. Aslida mavsumning qolgan uchrashuvlarini muxlislarsiz stadionlardan o‘tkazish reja qilingan edi, biroq bugun Ispaniya sog‘liqni saqlash vazirligi vaziyatni keskinlashtirmaslikka qaror qildi. Ma’lumotlarga qaraganda, “Real Madrid”ning basketbol jamoasi o‘yinchisi Trey Tompkinsning qonida koronavirus alomatlari aniqlangan va klub sportchini karantinga yuborgan. Shuning o‘zidanoq ma’lumki, “Real Madrid”ning Manchesterdagi o‘yini o‘z-o‘zidan noma’lum muddatga qoldirildi.
Angliya – 460 kishi zararlangan
Angliya barcha jabhalarda o‘z rejalariga sodiq qolmoqda. APLda qandaydir o‘zgarishlarning yuz berish ehtimoli juda kam. Inglizlar mayda detallarni ma’n etish bilangina cheklanishmoqda. Shunga qaramay, ijtimoiy tarmoqlarda APLning ham muxlislarsiz o‘tishi borasidagi mish-mishlar keng muhokama qilinmoqda. Angliya sog‘liqni saqlash vazirligi bergan bayonotga ko‘ra, APL uchrashuvlariga muxlislar kiritlmasa, bu xalq orasida vahima uyg‘otishi mumkin ekan. Shunga qaramay, Angliya ham tez orada futbol uchrashuvlarida o‘ziga hos cheklovlarni o‘rnatishi turgan gap. Mutaxassislarning aytishicha, APL va quyi dvizion o‘yinlari ham katta ehtimol bilan koronavirus sababli oxiriga yetmay qolishi ehtimoli juda katta. Hozircha ingilizlar bor kuchi bilan vaziyatdan chiqib ketishga urunishmoqda. Voqeyalar rivojini kuzatishda davom etamiz.
Fransiya va Germaniya – 2,3 ming kishi zararlangan
Fransiyada vaziyat katta tezlida yomonlashib bormoqda bormoqda. Bugungi kunda barcha sport musobaqalari to‘xtatilgan. To‘g‘ri, futbol o‘yinlari davom etmoqda, biroq muxlislarsiz.
Germaniyadagi tribunalar bir nechta uchrashuvlar uchun yopilishi mumkin. Aytishlaricha, shanba kunidan boshlab nemislar ham uchrashuvlarni muxlisalarsiz o‘tkizish rejimiga o‘tishadi. Masalan, “Borussiya” va “Shalke” to‘qnashuvi jim-jit arenada o‘tkazilishi rejalashtirilgan. Shuningdek, “Bavariya” va “Chelsi” to‘qnashuvi ham muxlislarsiz o‘tishi aniq bo‘lib ulgurdi. Ma’lumotlarga qaraganda, Bundesliganing kamida 8 ta turi muxlislarsiz o‘tkazilishi kutilmoqda.
Rossiya – 28 kishi zararlangan
Bu rasmiy raqamlar to‘g‘ri bo‘lmasligi mumkin, sababi Rossiya sog‘liqni salqash vazirligi ham xalq orasida vahima tarqalishiga qarshi. Moskva merining qaroriga ko‘ra, 10 aprelga qadar barcha poyxatdagi barcha musobaqalar bekor qilindi. Shuningdek, majlis va yig‘ilishlar ham. “Spartak” va “SSKA” uy uchrashuvlariga 5 ming muxlisdan ortig‘ini kirmasligini rasman e’lon qildi. “Ural” – “Rubin” uchrashuviga ham 5 ming muxlis kirishi mumkin xolos. Kazan shaxrida ham tez orada barcha sport musobaqalari to‘xtatilishi kutilmoqda. Rossiyaning boshqa regionlarida hozircha tinchlik.
Yevrokuboglar va Yevropa chempionati
Bugun o‘tkazilishi kerak bo‘lgan “Roma” – “Sevilya” va “Xetafe” – “Inter” o‘yinlari koronavirus sababli noma’lum muddatga qoldirildi. Ma’lumotlarga qaraganda, UEFA Italiya klublaridan musobaqani o‘z xohishi bilan tark etishi so‘ragan. Kuni kecha turli ishonchsiz nashrlari YECHL va YEL musobaqalari ham to‘xtatilish borasida ma’lumot tarqatishni boshladi.
Shuningdek, UYEFA milliy chempionatlarning to‘xtatilishini e’lon qilishi mumkin.
17 mart kuni o‘tkaziladigan videokonferensiyada Yevropadagi turnirlarning taqdiri COVID-19 koronavirus epidemiyasi fonida hal etilishi rejalashtirilgan. Tadbirga UYEFA tarkibiga kiruvchi 55 assosiasiya vakillari, UYEFA tarkibiga kiruvchilar, Yevropa klublari assosiasiyasi rahbarlari, shuningdek, Professional futbolchilar assosiasiyalari xalqaro federasiyasi a’zolari taklif etilgan.
Xabar qilinishicha, konferensiya davomida milliy chempionatlar va yevrokuboklardan tashqari, ushbu yozda o‘tkazilishi rejalashtirilgan Yevro-2020 musobaqalarini keyingi taqdiri hal qilinadi.