Kirish Ro'yxatdan o'tish
03/03 00:45 Udineze 3-0 Fiorentina
03/03 01:00 Real Madrid 0-1 Xetafe
04/03 00:30 Bornmut 0-0 Brentford
04/03 00:30 Everton 2-0 Byornli
04/03 00:30 Lids 0-1 Sanderlend
04/03 01:15 Vulverhempton 2-1 Liverpul
04/03 18:45 Qo‘qon-1912 - Paxtakor
04/03 19:15 Qizilqum - Andijon
04/03 23:00 Rayo Valyekano - Real Ovyedo
05/03 00:30 Aston Villa - Chelsi
05/03 00:30 Fulhem - Vest Xem
05/03 00:30 Brayton - Arsenal
05/03 00:30 Manchester Siti - Nottingem Forest
05/03 01:15 Nyukasl - Man. Yunayted
05/03 19:00 Navbahor - Buxoro
05/03 19:15 Mash’al - Lokomotiv
05/03 19:30 Surxon - Neftchi

La liga prezidenti mavsumning qolgan qismi uchun tuzilayotgan rejalarni oshkor qildi

La liga prezidenti mavsumning qolgan qismi uchun tuzilayotgan rejalarni oshkor qildi

Baho:
+ | -

La ligi prezidenti Xavyer Tebas koronavirus pandemiyasi Ispaniya chempionatiga qay tarzda ta’sir ko‘rsatayotgani haqida o‘z fikrini bildirib o‘tdi.

«Hozir biz tuzilgan shartnomalardagi majburiyatimizni qanday qilib bajarish haqida o‘ylayapmiz. Butun jahon bo‘ylab translyasiya borasida 100ga yaqin shartnoma imzolaganmiz. Agar translyasiya bo‘lmasa, pul ham bo‘lmaydi.

Iqtisodiy zarbani yumshatish uchun taqvim ustida ishlayapmiz. Bu muammo nafaqat kichik klublar uchun, balki Yevropaning katta klublari uchun ham jiddiy muammo. Musobaqalarning ko‘chirilishi daromadning kamayib ketishiga olib keladi.

Agar mavsum oxiriga yetkazilmasa, bu barcha klublarning byudjetiga ta’sir ko‘rsatadi. Ammo ishonchim komil, mavsumni oxiriga yetkazamiz. Agar Yevro-2020 o‘tkazilmasa, mavsum qay tariqa yakunlash haqida o‘ylayapmiz. Aks holda, biz jiddiy muammolarga duch kelamiz.

Albatta, sog‘liq birinchi darajali masala, lekin iqtisodiy strukturani ushlab qolish ham juda muhim.

Hozirgi paytda men Italiya va Germaniya chempionati bilan ham aloqada bo‘lib turibman. Rejamiz shunday: avval seshanba kuni Yevro-2020 borasida qanday qaror qabul qilinadi. Shundan so‘ng o‘z chempionatimizni hal qilamiz», – dedi Tebas.

Manba: sports.ru
Kiritildi: 23:54, 15.03.2020.
O'qildi: 7732 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.