Kirish Ro'yxatdan o'tish

Yovich: «Real»ning ruxsati bilan Serbiyaga keldim»

Yovich: «Real»ning ruxsati bilan Serbiyaga keldim»

Baho:
+ | -

«Real» hujumchisi Luka Yovich karintin rejimini buzib, Serbiyaga borgani uchun tanqidlar ostida qolib ketdi. Futbolchi bunday ayblovlarga javob qaytardi.

«So‘nggi kunlardagi muhokamalarning bosh mavzusiga aylanganimdan xafaman. Men topshirgan tahlil salbiy natija berdi, shuning uchun "Real"ning ruxsati bilan oilamga yaqin bo‘lish maqsadida Serbiyaga keldim.

Uyga kelganimdan keyin yana bir marta test topshirdim — yana salbiy. Men haqimda yolg‘on ma’lumotlar tarqatib, o‘z ishini munosib bajarmayotganlar uchun uzr so‘rayman. Serbiya, keling, birgalikda vaziyatdan chiqib ketamiz», – deya yozdi Yovich o‘zining instagramdagi sahifasi orqali.

Manba: tribuna.com
Kiritildi: 23:36, 19.03.2020.
O'qildi: 2342 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.