Kirish Ro'yxatdan o'tish
22/12 00:45 Lechche 1-2 Lasio
22/12 01:00 Barselona 1-2 Atletiko
22/12 16:30 Roma 5-0 Parma
22/12 18:00 Valensiya 2-2 Alaves
22/12 19:00 Fulhem 0-0 Sautgempton
22/12 19:00 Lester 0-3 Vulverhempton
22/12 19:00 Man. Yunayted 0-3 Bornmut
22/12 19:00 Everton 0-0 Chelsi
22/12 19:00 Venetsiya 2-1 Kalyari
22/12 20:15 Real Madrid 4-2 Sevilya
22/12 21:30 Tottenhem 3-6 Liverpul
22/12 22:00 Atalanta 3-2 Empoli
22/12 22:30 Leganes 2-5 Vilyarreal
22/12 22:30 Las-Palmas 1-0 Espanyol
23/12 00:45 Monsa 1-2 Yuventus
23/12 01:00 Betis 1-1 Rayo Valyekano
23/12 22:30 Fiorentina - Udineze
24/12 00:45 Inter - Komo

Yakuba Bamba: «Inson salomatligi barcha narsalardan ustun turadi»

Yakuba Bamba: «Inson salomatligi barcha narsalardan ustun turadi»

Baho:
+ | -

“Qo‘qon-1912” jamoasida bu mavsum ilk marta Afrika qat’asidan kelgan futbolchi to‘p surmoqda. Ko‘p sonli muxlislarimizning istaklariga binoan, Kot-d’Ivuarlik Yakuba Bamba bilan suhbat uyushtirdik.

— O‘zbekistonga kelishingiz qanday amalga oshdi? Kim sizni Qo‘qon jamoasiga taklif qildi?
— Men O‘zbekistonga boshqa jamoaning taklifi bilan kelgan edim. Lekin taqdir shunday bo‘ldiki men “Qo‘qon-1912” jamoasi futbolchisiga aylandim. Toshkentda bo‘lib o‘tgan qishki yig‘inlar davomida bosh murabbiy Baxtiyor Ashurmatov men bilan gaplashdi. Bu inson bilan gaplashganimdan so‘ng menda Qo‘qon jamoasida o‘zimni sinab ko‘rish istagi paydo bo‘ldi.

— Siz oldin O‘zbekiston haqida bilarmidingiz? O‘zbekiston haqida tasavvuringiz qanday?
— Men avval O‘zbekiston haqida bilmas edim. Bu yerga kelishimdan oldin O‘zbekistonda bo‘lgan do‘stimdan O‘zbekiston haqida so‘raganman. Do‘stim yurtingiz haqida judayam iliq fikrlarni bildirgan va menda tezroq O‘zbekistonga kelish istagi paydo bo‘lgan. Bu yerga kelgan kunlarimning boshidanoq , xato qilmaganimni anglaganman. Juda ham mehmondo‘st, samimiy insonlar ko‘p bu makonda. Shuningdek o‘zbek taomlari ham juda mazali.

— Qo‘qonga kelishingizdan oldin qaysi jamoalarda to‘p surgansiz?
— So‘nggi ikki yil mobaynida Rossiyaning “Orenburg” hamda Belorusning “Slusk” jamoalari safida o‘ynaganman.

— Oilangiz haqida ham gapirib bersangiz?
— Mening juda yaxshi oilam bor. Onam, akam va singlim bor. Men ularni juda yaxshi ko‘raman. Akam ham professional futbolchi. Men uchun oila muqaddas.

Bolaligimda hamma bolalar kabi oddiy bola edim. Maktabdan so‘ng o‘rtoqlarim bilan ko‘chada to‘p tepishni yaxshi ko‘rar edim. 18 yoshimda futbol akademiyasi jamoasida o‘ynadim. Keyin esa Kot-dIvuarning eng kuchli klubi safida uch mavsumni o‘tkazdim.

— "Qo‘qon-1912” jamoasiga moslashish qiyin bo‘lmadimi?
— Jamoaga kirishib ketishim qiyin bo‘lgani yo‘q. Jamoadoshlarim meni juda yaxshi kutib olishdi. Futbolchilar, murabbiylar va klub xodimlari bilan munosabatlarimiz a’lo darajada. Jamoadoshlarim menga yordam berishmoqda.  Bu jamoada ekanimdan xursandman.

— Hozirgi kunda koronavirus tufayli futbol o‘yinlari to‘xtatilgan , bu jarayonga sizning munosabatingiz qanday?
— Albatta futbolsiz hayot juda zerikarli bo‘lyapti. Lekin hozirgi vaziyatni to‘g‘ri tushunaman. Inson salomatligi barcha narsalardan ustun turadi. Umid qilamanki, biz tez orada bu holatdan chiqib ketamiz.

— O‘zbek futboli haqida dastlabki taassurotlaringiz qanday?
— O‘zbek futbolining darajasi ancha yaxshi. Ochig‘i, men kutganimdan ham yaxshiroq darajada deb ayta olaman. O‘yinlarda g‘alaba qozonish hech qaysi jamoaga oson emas.

— Shu kunlarda O‘zbekistonda navro‘z bayrami nishonlanmoqda. Muxlislarga qanday tilaklaringiz bor?
— Avvalo ularga va ularning oila a’zolariga sog‘lik tilayman. Umid qilamanki muxlislarimiz biz ko‘rsatayotgan natijalardan mamnun bo‘lishadi. Qo‘qonlik muxlislarga iliq kutib olishgani uchun cheksiz minnatdorchiligimni yetkazib qo‘ysangiz. Bayram barchalariga muborak bo‘lsin !

Akramjon Mamadaliyev suhbatlashdi.

Manba: kokand1912.uz
Kiritildi: 08:11, 22.03.2020.
O'qildi: 2066 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.