Kirish Ro'yxatdan o'tish
05/02 13:00 Iroq 2-4 Eron
05/02 17:00 Indoneziya 5-3 Yaponiya
07/02 00:45 Verona - Piza
07/02 01:00 Lids - Nottingem Forest
07/02 01:00 Selta - Osasuna
07/02 17:00 Indoneziya - Eron
07/02 17:30 Man. Yunayted - Tottenhem
07/02 18:00 Rayo Valyekano - Real Ovyedo
07/02 20:00 Bornmut - Aston Villa
07/02 20:00 Arsenal - Sanderlend
07/02 20:00 Byornli - Vest Xem
07/02 20:00 Fulhem - Everton
07/02 20:00 Vulverhempton - Chelsi
07/02 20:15 Barselona - Malyorka
07/02 22:00 Jenoa - Napoli
07/02 22:30 Nyukasl - Brentford
07/02 22:30 Sevilya - Jirona

Xayrulla Hamidov maqolasi: «Bugun va kecha»

Xayrulla Hamidov maqolasi: «Bugun va kecha»

Baho:
+ | -

Bugun 27 mart. Ikki futbolchiga e’tibor qaratmoqchiman. Biri bugungi yulduz, biri o‘tmish yetakchisi.

Demak, bugungisidan boshlay. Dunyoning eng yaxshi posbonlaridan biri Manuel Noyerning tavallud kuni. 34 bahorni qarshi oldi bugun. GFRning Gelzenkirxen shahrida tug‘ilgan Manu 4 yoshida “Shalke” klubi maktabiga olib borilgan. Tasavvur qilyapmizmi, 4 yoshida!

Demak, o‘ttiz yildan beri darvozani qo‘riqlaydi. Noyerning boshqa posbonlardan farqi ko‘p. Eng muhimi, u Lev Yashinga o‘xshab “zamonasining inqibolobchisi”. Jarima maydonchasi tashqarisida ideal o‘yin ko‘rsatib, bu soha vakillarining shohsupasiga ko‘tarila oldi. Kamtarlik qilib o‘zidan ko‘pgina hamkasblarini ustun ko‘rsa-da, Noyer gullagan paytlari uning darajasidagi kiperni ko‘zlarimiz ko‘rmadi hisobi.

Buffon xarakter e’tibori bilan “darvozabonlar Pelesi” bo‘lsa, Noyerni bu sohaning Krishtianusi desak to‘g‘ri bo‘ladi, deb ta’riflagandi nemis matbuoti. E’tiborni doimo o‘ziga qaratib turadigan, superseylarni takror-takror namoyish etib charchamaydigan Noyerning oxirgi ikki yilini maqtay olmaymiz. Biz yuqoridagi mavsumlarini aytyapmiz.

Manuel bilan o‘ynagan futbolchilar u haqda “Biz Noyer darvozada tursa, bir o‘yinchi ko‘p bo‘lib o‘ynayotganimizni his etamiz” deyishgan. Rostanam so‘nggi himoyachi ampluasida ham kerakli miqdorda o‘yin ko‘rsatadigan kiper maydonchasi tashida o‘zini juda yaxshi his etadi.

Dunyoning istalgan futbolchisi orzu qiladigan karyeraga ega, jamoasi “Bavariya”, terma jamoasi Germaniya, YECHLni ham yenggan, jahon chempioni ham bo‘lgan, uning orzu qiladigan natijasi qolmagan. Shunday bo‘lsa-da, o‘ziga quloq solib ko‘raylik-chi, nimani orzu qilarkan.

Noyer: “Evropa chempionati finaliga chiqsamu, finalda penaltilar seriyasi o‘tkazilsa, oxirgi zarbani o‘zim yo‘llasam...”

Aytmadimmi, “darvozabonlar Ronaldusi” deb :)

###

Yaqin o‘tmishning ajoyib iqtidorlaridan biri – Gaiska Mendyeta ham shu sanada tug‘ilgan. 1974 yili Bilbao shahrida. Nozik did sohibi.

 Yarim himoyada chiroyli uzatmalari va nozik harakatlari bilan minglagan muxlislarni o‘ziga oshiq qilib olgan talant asosan “Valensiya” bilan eslanadi. Uning keyingi jamoalari – “Barselona” (bir yil),  “Lasio” va “Midlsbro” Gaiskaning bor iste’dodini ochib bera olmadi. Aniqrog‘i, “Valensiya” maktabi shunday o‘yinchilarni yetishtirib chiqardiki, ular boshqa klublarda o‘zlarini umuman topa olishmadi. Jumladan, Mendyeta ham.

Gaiska yetimxonada o‘sgan. Ota-onasi yoshligida qazo qilib ketishgan. Og‘ir sharoitlarda cherkovga qo‘shiq kuylash uchun borardi, ortib qolgan paytida futbol o‘ynardi. Uning harakatlarida shu ikki soha aralashib ketganini kuzatdik keyin. Maydon markazida o‘ynar ekan, doim qandaydir san’at asari yozishga urinayotgandek tuyulardi.

Ikki marta “Valensiya” bilan YECHL finaliga chiqdi. Asosiy yumushni aynan Mendyeta bajargan, desak, mubolag‘a ishlatmagan bo‘lamiz. Shuningdek, uning penaltidan mudom aniq foydalanishi ham rivoyatga aylanib ketgan. O‘zining intervyusida yoshligida qaysidir o‘yinda noaniq yo‘llaganini aytgan. Qolgan penaltilari yuz foizlik gol edi.

Bugungi kunda kimiki “Valensiya”ga muxlislik qilaman, desa, bilingki, shu yigitning hissasi bor.

Xayrulla HAMIDOV.

Manba: https://t.me/x_hamidov
Kiritildi: 07:07, 27.03.2020.
O'qildi: 3933 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.