Kirish Ro'yxatdan o'tish
15/06 01:00 Niderlandiya 2-2 Yaponiya
15/06 04:00 Kot-d'Ivuar 1-0 Ekvador
15/06 07:00 Shvesiya 5-1 Tunis
15/06 21:00 Ispaniya 0-0 Kabo-Verde
15/06 23:59 Belgiya 1-1 Misr
16/06 03:00 Saudiya Arabistoni 1-1 Urugvay
16/06 06:00 Eron 2-2 Yangi Zelandiya
16/06 23:59 Fransiya - Senegal
17/06 03:00 Iroq - Norvegiya
17/06 06:00 Argentina - Jazoir
17/06 09:00 Avstriya - Iordaniya
17/06 22:00 Portugaliya - Kongo DR

Belarus chempionati. «Energetik-BGU» g‘alaba qozondi, Yaxshiboyevdan assist

Belarus chempionati. «Energetik-BGU» g‘alaba qozondi, Yaxshiboyevdan assist

Baho:
+ | -

Belarus chempionatining 2-turiga start berildi. "Energetik-BGU" klubi  Brestning "Rux" klubi mehmoni bo‘lib, qiyin g‘alabani qo‘lga kiritdi.

O‘yin davomida ustunlik mezbonlar tomonida bo‘ldi. Ammo birinchi taym tugashiga 2 daqiqa qolganida mehmonlar hisobni ochishdi. Yaxshiboyev tomonidan burchakdan yetkazilgan uzatmani Danil Miroshnikov bosh bilan darvozaga joylab qo‘ydi. To‘p ustunga tegib, to‘rga borib tushdi.

Ikkinchi bo‘lim boshida Jasur o‘z hisobiga yana bitta "assist" yozishi mumkin edi. Uning zargarona uzatmasidan keyin Atemeng 2 metrdan darvozani zabt eta olmadi. To‘p hujumchining oyog‘iga tegmay qoldi. Darvozabon esa to‘pni qaytardi.

Yaxshiboyev 60-daqiqada zaxira olingan bo‘lsa, yana bir o‘zbekistonlik hujumchi Shahboz Umarov 73-daqiqada zaxiradan maydonga tushirildi. Ushbu futbolchi o‘yin so‘ngida o‘z hisobiga gol yozishi mumkin edi. Umarov bir himoyachini aldab o‘tib, jarima maydoni burchagidan olis burchak tomon zarba berdi. "Rux" posboni to‘pni maydon tashqarisiga chiqarib yubordi.

O‘yin davomida "Rux" futbolchilari bir qator imkoniyatlardan foydalana olmaganini ta’kidlash lozim. Jumladan, bir vaziyatda to‘p ustunga tegib qaytdi.

"Energetik-BGU" mavsumdagi ikkinchi g‘alabani qo‘lga kiritib, jadvalda peshqadamlikni saqlab qoldi.

Belarus chempionati, 2-tur
Rux Brest – Energetik-BGU 0:1 (0:1, 0:0)
Gol: 0:1 – 43 Miroshnikov.
Rux Brest – Nechayev, Gayduchik, Kolpachuk, Migunov, Kovtun, Vilyam, Tixonovskiy, Osuchukvu, Grechixo, Konsevoy, Petrenko.
Energetik-BGU – Lesko, Sokol, Shkurdyuk, Mavatu, Miroshnikov, Nosko, Yaxshiboyev (Bakich 60), Girs, Tve, Musaxanyan, Atemeng (Shahboz Umarov 73).

Manba: www.stadion.uz.
Kiritildi: 23:56, 27.03.2020.
O'qildi: 3967 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик