«Chelsi» klubi sobiq sardori Jon Terri koronavirus pandemiyasi paytida muhtojlarga yordam berish aksiyasida ishtirok etdi.
U jamiyatdan ajralib qolgan insonlarga oziq-ovqat va dastlabki ehtiyoj mahsulotlarini yetkazib berishda qatnashdi.
«Ushbu yordamni berish men uchun sharafli bo‘ldi. Insonlar yuzida tabassumni ko‘rish — bu zavqli», – deya yozdi Terri Instagramdagi sahifasi orqali.