Kirish Ro'yxatdan o'tish
22/12 00:45 Lechche 1-2 Lasio
22/12 01:00 Barselona 1-2 Atletiko
22/12 16:30 Roma 5-0 Parma
22/12 18:00 Valensiya 2-2 Alaves
22/12 19:00 Fulhem 0-0 Sautgempton
22/12 19:00 Lester 0-3 Vulverhempton
22/12 19:00 Man. Yunayted 0-3 Bornmut
22/12 19:00 Everton 0-0 Chelsi
22/12 19:00 Venetsiya 2-1 Kalyari
22/12 20:15 Real Madrid 4-2 Sevilya
22/12 21:30 Tottenhem 3-6 Liverpul
22/12 22:00 Atalanta 3-2 Empoli
22/12 22:30 Leganes 2-5 Vilyarreal
22/12 22:30 Las-Palmas 1-0 Espanyol
23/12 00:45 Monsa 1-2 Yuventus
23/12 01:00 Betis 1-1 Rayo Valyekano
23/12 22:30 Fiorentina - Udineze
24/12 00:45 Inter - Komo

Alessandro Tradori: “O‘zbekiston menga yoqqani uchun bu yerda qoldim”

Alessandro Tradori: “O‘zbekiston menga yoqqani uchun bu yerda qoldim”

Baho:
+ | -

Ayni paytda Olimpiya sport turlari bo‘yicha bir qator terma jamoalarimizda xorijlik mutaxassislar faoliyat olib borishmoqda. E’tiboringizga qilichbozlikning rapira yo‘nalishida jamoamizga murabbiylik qilayotgan italiyalik Alessandro Tradori bilan o‘tgan suhbatni havola qilamiz:

– Avvalo, murabbiylik faoliyatingiz haqida aytib bersangiz.
– Menda ham dunyoning eng nomdor qilichbozlik klubi “Circolo Scherma Mestre”da Livio Di Rosa va Jovanni Bortolazo kabi buyuk qilichboz va murabbiylar bilan birga shug‘ullanish imkoniyati bo‘lgan. Shuningdek, menda Italiya yoshlar terma jamoasining a’zolaridan biri bo‘lish va kattalar terma jamoasiga qo‘shilish imkoniyati bo‘lgan. Yillar o‘tib sportdagi faoliyatimni yakunladim, o‘qishni tugatdim va ishlay boshladim. Keyin ichki savdo yo‘nalishi bo‘yicha ixtisoslasha boshladim. Bojxona brokerligi bo‘yicha vazirlik imtihonini ko‘ngildagidek topshirib lisenziya oldim. 2005 yil mamlakatimiz Yevropa hamjamiyati uchun ochildi. Keyin iqtisodiy inqiroz boshlandi. Peruga ta’tilga borganimda qilichbozlik turniriga guvoh bo‘ldim. Shu voqea munosabati bilan ko‘plab odamlar bilan suhbatlashdim va ular menga mashg‘ulotlarni boshlashimni aytishdi. Shu voqeadan keyin 5 yil ichida ko‘plab klublar sharafini, Perudagi harbiy jamoa sharafini himoya qildim. Murabbiylikda sportchilarim bilan Janubiy Amerika, Panamerika turnirlarida qatnashdim va natijalarimiz yaxshilana boshlandi. Bu vaqtda murabbiylik bo‘yicha qilichbozlikning 3 ta kursini (2 rapira va 1 sablya), 2 ta hakamlik kursi va sport xavfsizligi bo‘yicha 1 ta kursni tugatib, AQSHdagi Virginiya universitetida dars bera boshladim. Shundan so‘ng 2018 yildan Paragvayga kelib rapira va sablya bo‘yicha murabbiylik qildim. Qizlar jamoasi bilan jahon chempionatida 45-natijani qayd etdik. Shu yil oktyabrda rapira bo‘yicha yana bir murabbiylik kursini tugatib Italiyaga qaytdim.

Hozir O‘zbekistondaman va kelajak uchun rejam – jamoamni professional qilib shakllantirish. Menga o‘z ustida ishlayotgan, mehnat qilayotgan sportchilarni shug‘ullantirish yoqadi. Bunday mehnat bilan sportchi yakunda dunyodagi istalgan jamoa va qilichbozga qarshi chaqiruv tashlay oladi.

– O‘zbekiston terma jamoasi bilan ishlashga qanday rozi bo‘ldingiz? O‘z ishingizdan mamnunmisiz?
– Bir kuni Vitaliy Logvin (o‘zbekistonlik afsonaviy rapirachi, Panamerika qilichbozlik konfederasiyasining amaldagi prezidenti, FIE Ijroqo‘m vakili) meni O‘zbekistonga kelib seminar o‘tishni so‘radi. Men rozi bo‘ldim va O‘zbekistonda ishlash menga yoqqani uchun shu yerda qoldim. Bu o‘z oldiga katta motivasiya va ambisiya qo‘ygan murabbiy uchun, professional mutaxassis ekanligini isbotlash uchun ajoyib vazifa. Kelajakda O‘zbekistonda rapira bo‘yicha kuchli jamoa shakllantirishni niyat qilganman. Qachonki yaxshi natijalar ko‘rsatganingizda o‘z ishingizdan mamnun bo‘lasiz. Hozir esa bir-birimizni hurmat qilgan holda mehnat qilyapmiz.

– O‘zbek rapirachilarning Olimpiadaga ilinishi nega qiyin?
– Bilmadim. Men O‘zbekistonga yetti oy oldin kelganman. Doimgidek kelajakka nazar solaman va unda Olimpiya o‘yinlari asosiy maqsadlarimdan biri bo‘lib turibdi.

– Jamoani tayyorlashingizda oldingizga qanday vazifalar qo‘yilgan?
– Oldimga bir qator vazifalar qo‘yilgan: o‘smirlar, yoshlar va kattalar terma jamoalaridagi qilichbozlarni jismoniy, texnik va taktik tomondan rivojlantirish, ularning xalqaro maydondagi natijalarini yaxshilash. Shuningdek, menga 3 nafar yosh va aqlli hamrohlarim oyoq bilan ishlash, chigalyozdi mashqlar paytida yaqindan yordam berib kelishadi. Biz bir jamoa bo‘lib professionallarcha ishlayapmiz va yuzaga keladigan har qanday vaziyatdan chiqishga, muammolarni hal qilishga tayyormiz.

Manba: olympic.uz
Kiritildi: 23:46, 30.03.2020.
O'qildi: 2759 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.