Stadion.uzfutbol olamidagi eng noodatiy va tarixiy voqealarni yodga oladi.
Istanbul va Barselonadagi Chempionlar ligasi final uchrashuvlari barchamizning yodimizdan ko‘tarilmagani aniq. Bugun ushbu voqealardan-da mashhurroq va yodda qolarli voqealarga qisqacha to‘xtalib o‘tadi.
“Bir qo‘lli Jahon Chempioni”
Ektor Kastro haqida eshitmagan bo‘lsangiz, ajab emas. Qahramoniz 1930-yilda o‘tkazilgan JCH g‘olibi, Olimpiada oltin medali egasi, ikki karra Amerika chempionati g‘olibi sanaladi. Aslida uning futbol tarixida qolishi bu sovrinlar bilan bog‘liq emas. Qahramonimiz 13 yoshida baxtsiz hodisa sababli bir qo‘lining yarmidan judobo‘lganiga qaramay, professional futbolchi bo‘lish fikridan qaytmaydi. Urugvayning g‘olibligi yakunlangan JCHdagi ilk golni kiritgan Ektor Kastro butun musobaqa davomida yana bir bor gol kiritadi va Mundialda g‘olib chiqadi. Butun faoliyati davomida “El Manco” (bir qo‘lli) laqabi bilan harakat qilgan futbolchi bugungi ro‘yxatimizda bo‘lishga haqli!
Tofik Bahromov – JCH-1966
Bu voqeaga 50 yildan oshib ketgan bo‘lsada, bahsli vaziyat o‘z yechimini topganicha yo‘q. 1966-yilda Angliyada bo‘lib o‘tgan JCH final uchrashuvida Jefri Xerrest Angliyaga g‘alaba taqdim etgan golni darvozaga kiritadi. Zarbadan so‘ng to‘pdarvozaning yuqori to‘siniga tekkach, darvoza chizig‘i ustidan ortga qaytadi. Shveysariyalik bosh hakam avvaliga golni inobatga olmaydi va qanot hakamidan yordam so‘raydi. Anchayin bahsli vaziyat bo‘lishiga qaramay, sobiq ittifoqlik hakam Tofik Bahromov to‘p darvoza chizig‘ini kesib o‘tganini hakamga ma’lum qiladi. Inglizlarning 4-golidan so‘ng, o‘yin taqdiri hal bo‘ladi. Bu golni Germaniyada hali hamon “Uembli-gol” deb atashadi. Rus nashrlarining ma’lum qilishicha, Bahromov umri so‘nggidagi intervyularidan birida o‘sha vaziyatga quyidagicha izoh bergan ekan: “Bu ularga Stalingrad uchun!”
Antonin Panenka
Bugungi kunda penaltidan “panenka” uslubida gol kiritish qanday bo‘lishini barchamiz yaxshi bilamiz, biroq nima uchun bu zarbani aynan “panenka” deb nomlashganinichi? 1976-yilda o‘tkazilgan Yevropa chempionatida Chexoslovakiya futbolchisi Antonin Panenka birinchi bo‘lib darvozabonlarni dog‘da qoldirish uslubini futbolga omadli tadbiq etadi. Bu uslubda qaysi super yulduz gol kiritmasin, u Panenkaning nomiga yozilaveradi.
Bir o‘yinda ikkita asr goli
Futbol tarixida eng ko‘p yodga olinuvchi uchrashuv sifatida tarixda qolgan JCH-1986 musobaqasidagi Argentina va Angliya to‘qnashuvida Maradona o‘zini eng buyuk futbolchiga aylantirgan ikkita golni kiritadi. Gollar orasidagi tafovutkatta bo‘lmasada, ularning har biri futbol olamida o‘zgacha ulkanlig kasb etgan edi.
“Uembli”dagi o‘rgimchak seyvi”
Rene Igitani futbol tarixiga ismini abadiy yozib qo‘ygan seyvni 1995-yilda Angliya va Kolumbiya o‘rtasidagi o‘rtoqlik uchrashuvida amalga oshiradi. O‘yin nursiz durang bilan yakunlanganiga qaramay, Igita birgina harakati bilan o‘sha uchrashuvni bezab bergan edik. Keyinchalik, uning seyvini “chayon zarbasi” deb atay boshlashdi. Bugungi kunga qadar hali birorta darvozabon Igita amalga oshirgan ishni uddalay olmagan.
Zidan Materassiga kalla qo‘ydi
Barcha zamonalardagi eng yaxshi futbolchilardan biri Zayniddin Zidanning so‘nggi uchrashuvi JCH-2006 musobaqasi finaliga to‘g‘ri keladi. O‘sha kuni Zidan maydonni chempion sifatida tark etishi mumkin edi, biroq u maydonni chinakam erkak sifatida tark etishni afzal ko‘rdi. U singlisi va onasiga qaratilgan haqoratga darrov javob qaytarishga qaror qildi. Oqibatda Zizu o‘z faoliyati davomida yutish kerak bo‘lgan barcha musobaqalarda zafar quchgan futbolchi bo‘lib emas, Materassini “maydonga qulatgan”i bilan barchamizning yodimizda qoldi.
Luis Suaresning o‘tkir tishlari
Urugvaylik futbolchi avval ham o‘yin davomida raqiblariga qarshi tish bilan hujum qilgan, biroq uning Kyelinini tishlab olishi mundial o‘yiniga to‘g‘ri kelib qoldi. Shu sababli, bu vaziyat FIFA va UEFA tomonidan qattiq qoralandi va hujumchi 4 oyga futboldan chetlashtirldi. Shunga qaramay, bu chetlatish unga “Liverpul”dan “Barselona”ga o‘tishi uchun to‘sqinlik qila olmadi.