Kirish Ro'yxatdan o'tish
21/03 00:45 Jenoa 0-2 Udineze
21/03 01:00 Bornmut 2-2 Man. Yunayted
21/03 01:00 Vilyarreal 3-1 Real Sosyedad
21/03 17:45 Brayton 2-1 Liverpul
21/03 18:00 Elche 2-1 Malyorka
21/03 19:00 Parma 0-2 Cremonese
21/03 20:00 Manchester Siti - Kristal Pelas
21/03 20:00 Fulhem 3-1 Byornli
21/03 20:15 Espanyol 1-2 Xetafe
21/03 22:00 Milan 3-2 Torino
21/03 22:30 Everton 3-0 Chelsi
21/03 22:30 Levante 4-2 Real Ovyedo
21/03 22:30 Osasuna 1-0 Jirona
22/03 00:45 Yuventus 1-1 Sassuolo
22/03 01:00 Lids 0-0 Brentford
22/03 01:00 Sevilya 0-2 Valensiya
22/03 16:30 Komo 5-0 Piza
22/03 17:00 Nyukasl 1-2 Sanderlend
22/03 18:00 Barselona 1-0 Rayo Valyekano
22/03 19:00 Atalanta - Verona
22/03 19:00 Bolonya - Lasio
22/03 19:15 Aston Villa - Vest Xem
22/03 19:15 Tottenhem - Nottingem Forest
22/03 20:15 Selta - Alaves
22/03 22:00 Roma - Lechche
22/03 22:30 Atletik Bilbao - Betis
23/03 00:45 Fiorentina - Inter
23/03 01:00 Real Madrid - Atletiko

Boks tarixidan muhim faktlar

Boks tarixidan muhim faktlar

Baho:
+ | -
Bo'lim: SPORT / Sport turlari / Boks
Rukn: Yangiliklar

1867 yili jurnalist, havaskor sportchilar klubi a’zosi Jon Grexem Chembers o‘sha davrda London chempionati uchun bir qator qoidalar ishlab chiqdi. Uni Jon Sholto Duglas, ya’ni Kuinsberri 9-markizi qo‘llab-quvvatlagan. O‘shandan beri ushbu qoidalar uning nomi bilan bog‘lanib keladi.

Demak, Kuinsberri markizi qoidalari bilan tanishamiz (1867 yil).

U 12 banddan iborat edi:

— jang 24 futlik kvadrat maydonda o‘tkazilishi lozim;

— bo‘g‘ish, tanasi bilan raqibni itarib yuborish, oyog‘idan chalish, bosh bilan zarba berish, tirsak va tizza bilan zarba berishlar taqiqlanadi;

— har bir raund uch daqiqadan, bir daqiqalik tanaffus bilan davom etadi;

— agar bokschilardan biri yiqilsa, 10 soniya ichida birovning yordamisiz o‘rnidan turishi lozim bo‘ladi. Bu vaqtda raqib o‘z burchagi tomon borishi kerak. Yiqilgan bokschi o‘rnidan turganidan so‘ng jang davom ettiriladi. Agar 10 soniya ichida bokschi jangni davom ettira olmasa, hakam unga mag‘lubiyat yozadi;

— kanatlarga osilib olgan bokschi yiqilgan deb hisoblanadi;

— sekundantlar yoki boshqa kimdir raundlar vaqtida ringga chiqishi mumkin emas. Bokschilardan tashqari faqat referi ringda bo‘lishi mumkin;

— bokschilar charmli, yaxshi sifatli, bir hil vaznga ega qo‘lqoplarda jang qilishi lozim;

— agar qo‘lqop yirtilib ketsa yoki foydalanib bo‘lmaydigan holga kelsa referining talabiga ko‘ra u almashtirilishi lozim;

— tizzasi yerga tekkan bokschi yiqilgan deya hisoblanadi;

— poshnasi bor oyoq kiyimlardan foydalanish taqiqlanadi;

— jang bokschilardan birining g‘alabasi bilan yakunlanadi (agar bokschilarga pul tikkanlar rozi bo‘lsa durang ham bo‘lishi mumkin);

— boshqa holatlarda "London ringi mukofoti qoidalari"dan foydalanish;

O‘sha vaqtgacha boks qoidalari biroz boshqacharoq bo‘lgan. Albatta o‘sha vaqtdan buyon ba’zi qoidalarda biroz o‘zgarishlar bo‘lgan. Lekin, ko‘rib turganingizdek, bugungi boks qoidalarining asosi 1867 yilda ishlab chiqilgan ekan.

O‘zbekiston boks federasiyasi matbuot xizmati

Manba: https://t.me/boxinguzbekistan
Kiritildi: 11:56, 15.04.2020.
O'qildi: 2551 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик