Kirish Ro'yxatdan o'tish
01/03 00:45 Inter 2-0 Jenoa
01/03 01:00 Real Ovyedo 0-1 Atletiko
01/03 16:30 Cremonese 0-2 Milan
01/03 18:00 Elche 2-2 Espanyol
01/03 19:00 OKMK 0-1 Bunyodkor
01/03 19:00 Fulhem 2-1 Tottenhem
01/03 19:00 Man. Yunayted 2-1 Kristal Pelas
01/03 19:00 Sassuolo 2-1 Atalanta
01/03 19:00 Brayton 2-1 Nottingem Forest
01/03 19:15 Nasaf 1-0 Xorazm
01/03 20:15 Valensiya 1-0 Osasuna
01/03 21:30 Arsenal 2-1 Chelsi
01/03 22:00 Torino 2-0 Lasio
01/03 22:30 Betis 2-2 Sevilya
02/03 00:45 Roma 3-3 Yuventus
02/03 01:00 Jirona 1-2 Selta
02/03 22:30 Piza - Bolonya
03/03 00:45 Udineze - Fiorentina
03/03 01:00 Real Madrid - Xetafe

«Tottenhem» vakili: «APLda mavsumning bekor qilinishi klublar uchun falokatli bo‘ladi»

«Tottenhem» vakili: «APLda mavsumning bekor qilinishi klublar uchun falokatli bo‘ladi»

Baho:
+ | -

«Tottenhem» klubining sharqiy Yevropa va MDH mamlakatlaridagi maxsus vakili Roman Dubov koronavirus sabab to‘xtab qolgan Angliya chempionatining davom ettirilishi qanchalik muhim ekani haqida gapirdi.

«Yaqinda Buyuk Britaniyada The Athletics nashri taxminiy yo‘qotishlarni hisoblab chiqdi. Hozirda telehuquqlardan yo‘qotiladigan pulning o‘zi 762 million funtni tashkil qilmoqda. Shuningdek, o‘yin kunlaridan tushadigan 250 million, tijorat hamkorliklaridan keladigan 200—250 million qo‘shilsa raqam 1,3 milliard funtni tashkil qilmoqda. Agar chempionat oxirigacha o‘ynab qo‘yilmasa bu APL klublari uchun falokat bo‘ladi.

Biroq bu oldindan ma’lum bo‘lgan va to‘g‘ridan-to‘g‘ri yo‘qotiladigan pullar. Aprel va may oylarida klublar kelasi mavsum daromad manbalarini ko‘rib chiqadi, homiy va hamkorlar soni hisoblab chiqiladi. Mazkur yo‘qotishlarni hozircha tasavvur qilish qiyin. Mavsum yakunlanmay qolsa zararlarni qoplashning iloji bo‘lmaydi. Klublar mavsum davomida maoshlarga 1,9 milliard sarflaydi. Futbolchilar maoshi 30 foizga qisqargan taqdirda ham bu APLni qutqarib qololmaydi.

«Bornmut», «Vulverhempton» yoki «Norvich» kabi byudjeti kamtarona klublar daromadining 90 foizi telehuquqlar savdosidan keladi. Umuman ko‘plab klublar byudjeti TV-translyasiyalarga bog‘liq. Faqatgina kuchli oltilik jamoalari («Tottenhem», «Liverpul», «Manchester Yunayted», «Manchester Siti», «Chelsi», «Arsenal») bundan mustasno. Masalan «Tottenhem»da TV-shartnomalar umumiy daromadning 50 foizini tashkil etadi. Oltilikdan tashqari jamoalarda esa bu ko‘rsatkich 70—85 foizga teng. Agar bu pullar bo‘lmasa ko‘p jamoalar og‘ir ahvolga tushib qoladi.

Shu sabab chempionat joriy mavsumi oxirigacha o‘tkaziladi. Savol u qanday ko‘rinishda o‘tkazilishida. Balki, faqat televideniyeni o‘ylab, tomoshabinlarsiz bo‘lib o‘tar. O‘shanda hech bo‘lmasa 760 million funtni qutqarib qolish mumkin. Hozirda o‘yinlarni London va Midlendsdagi yopiq hududlarda o‘tkazish masalasi ko‘rilyapti. Jamoalar har uch kunda bir marta o‘yin o‘tkazadi va chempionatni bir oy ichida tugatishga harakat qilishadi», — deydi rossiyalik mutasaddi.

Manba: daryo.uz
Kiritildi: 17:34, 15.04.2020.
O'qildi: 1873 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.