Kirish Ro'yxatdan o'tish
22/12 00:45 Lechche 1-2 Lasio
22/12 01:00 Barselona 1-2 Atletiko
22/12 16:30 Roma 5-0 Parma
22/12 18:00 Valensiya 2-2 Alaves
22/12 19:00 Fulhem 0-0 Sautgempton
22/12 19:00 Lester 0-3 Vulverhempton
22/12 19:00 Man. Yunayted 0-3 Bornmut
22/12 19:00 Everton 0-0 Chelsi
22/12 19:00 Venetsiya 2-1 Kalyari
22/12 20:15 Real Madrid 4-2 Sevilya
22/12 21:30 Tottenhem 3-6 Liverpul
22/12 22:00 Atalanta 3-2 Empoli
22/12 22:30 Leganes 2-5 Vilyarreal
22/12 22:30 Las-Palmas 1-0 Espanyol
23/12 00:45 Monsa 1-2 Yuventus
23/12 01:00 Betis 1-1 Rayo Valyekano
23/12 22:30 Fiorentina - Udineze
24/12 00:45 Inter - Komo

Ivan Solovyov: «Muxlislar tufayli «Navbahor»ni tashlab keta olmadim»

Ivan Solovyov: «Muxlislar tufayli «Navbahor»ni tashlab keta olmadim»

Baho:
+ | -

Rossiyalik futbolchi Ivan Solovyov 2019 yildan beri «Navbahor» sharafini himoya qilib kelmoqda. Yarim himoyachi qanday qilib Namaganga kelgani, O‘zbekistondagi faoliyati haqida "Sport ekspress"ga bergan intervyusida gapirib berdi.

— Nima uchun o‘tgan yili Rossiya chempionatida "Sochi" safida o‘ynash imkoniyatiga ega bo‘la turib, O‘zbekistonga yo‘l oldingiz?
— Barchasi birdaniga yuz berdi. Ta’til paytida havaskorlar o‘rtasidagi musobaqada ishtirok etish uchun bordim. U yerda «Navbahor» futbolchisi Igor Golbanni ko‘rib qoldim. U Sochida tug‘ilgan. U menga: "Men bilan yur, O‘zbekistonga boramiz, u yerda faoliyatingni davom ettirasan. Bosh murabbiy — Andrey Kanchelskis", dedi.

Men esa unga hazillashib: "ketdik", dedim. U esa taslim bo‘lmadi va davom etdi: "Kelishdik, bir haftadan so‘ng rasmiylashtirish uchun jamoa boshlig‘i keladi". Hazil-hazil bilan men O‘zbekistonga ketib qoldim. "Sochi" bosh murabbiyi Tochilin meni qo‘yib yuborishni istamagan edi, ammo klubda mening taqdirim haqida unchalik tushunarli bo‘lmagan gap-so‘zlar bor edi. Boz ustiga, jamoa Rossiya premyer-ligasiga chiqish niyati borligi hech kim gapirmagan edi. Shu bois, O‘zbekistonga ketishga qaror qildim.

Eng kulgilisi hammasi «Navbahor»ga kelganimda ma’lum bo‘ldi: meni ko‘rikka taklif qilishgan ekan. Shu bois, muzokaralar oson kechmadi. Ortga qaytib ketmoqchi edim, ammo oraga Kanchelskis aralashdi. U rahbariyatga meni olib qolish kerakligini aytdi.

— Hech bo‘lmasa, O‘zbekistonda moliyaviy tomon yutdingizmi?
— Ha, albatta.

— Qancha?
— Birinchi shartnoma bir yilga tuzilgan edi. Ushbu qishda yaxshilangan shartnoma imzoladim. O‘zbekiston chempionati yetakchi jamoalaridan biri men o‘z safiga chorladi. U yerdagi maoshim yanada ko‘proq bo‘lishi mumkin edi. Ammo men «Navbahor»ni tashlab keta olmadim. Muxlislarning mehrini boshqa hech qayerda his qilmaganman. Umuman olganda, O‘zbekistondagi eng kuchli muxlislik Namanganda. Kuchli jamoalarga qarshi o‘yinlarda stadionga 20 ming ishqiboz keladi. Bundan tashqari, jamoada o‘zimni yaxshi his qilyapman. Klubga sadoqat namoyish qilib, boshqa joyga ketmadim.

— Muxlislar mehri nimada aks etadi?
— Barcha narsada. Muxlislar hamisha men bilan yonma-yon. Shahar bo‘ylab yursang, oshga, mehmonga taklif qilishadi.

— Borasizmi?
— Yo‘q. Bu borada kamtarona yo‘l tutaman. Bo‘sh vaqtimni bazada o‘tkazaman.

— Til borasida muammo yo‘qmi?
— Normal hayot kechirish uchun rus tili yetarli.

— Oilangizni O‘zbekistonga olib bordingizmi?
— Yo‘q. O‘g‘lim yosh, uni o‘zi ko‘nikkan sharoitdan boshqa sharoitga olib borishni istamadik. Bu yerda menga yetishmayotgan yagona narsa — bu oilam.

— «Navbahor» o‘tgan yili jadvalda 8-o‘rinni egalladi. Bu klub ishtirokiga yarasha natija bo‘ldimi?
— Yo‘q. Biz uchinchi o‘rinda borayotgan edik, ammo jamoa o‘ta qo‘pol xatoga yo‘l qo‘ydi — Kanchelskisni iste’foga chiqardi. Juda g‘alati qaror. Bundan tashqari, jamoada futbolchilar yetishmas edi, deyarli bitta tarkib bilan o‘ynayotgan edik. Bularning barchasi natijamizga ta’sir qildi va pastga tushib ketdik. Baxtimizga, Kanchelskisni ortga qaytarishdi. Ajoyib murabbiy. Ushbu mavsumda yaxshiroq ishtirok etamiz, deb umid qilaman.

— Rahbariyatni bu qadar ochiq tanqid qilishdan qo‘rqmaymizmi?
— Axir bu haqiqat. Barcha mening pozisiyamni biladi. Laganbardorlik qilishni yoqtirmayman. Men o‘z fikrimni bildirish huquqiga egaman.

— O‘zbekiston chempionati saviyasini qanday baholaysiz?
— Yetakchi jamoalar Rossiya premyer-ligasida ishtirok eta olishlari mumkin. Qolganlar — FNL darajasida.

— Chempionatda tanaffus yuzaga kelgan. Nima uchun Vataningizga qaytmadingiz?
— Qo‘yib yuborishmadi. Legionerlar mamlakatda qolishni aytishdi. Shu bois, klub bazasida yashayapman, mavsum davom ettirilishini kutyapman. Rossiyadagidan ertaroq boshlasak kerak. O‘zbekistonda koronavirus bilan bog‘liq vaziyat u qadar yomon emas. Qo‘shni Tojikistonda o‘yinlar muxlislarsiz o‘tkazilyapti. Tomoshabinlarsiz o‘yin — o‘rtoqlik o‘yinidek gap. Men buni tushunmayman.

Manba: www.sport-express.ru
Kiritildi: 21:51, 15.04.2020.
O'qildi: 3581 marta.
Fikrlar: 2 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.