Kirish Ro'yxatdan o'tish
13/05 00:30 Osasuna 1-2 Atletiko
13/05 22:00 Espanyol 2-0 Atletik Bilbao
13/05 22:00 Vilyarreal 2-3 Sevilya
14/05 00:00 Manchester Siti 3-0 Kristal Pelas
14/05 00:30 Alaves - Barselona
14/05 00:30 Xetafe - Malyorka
14/05 22:00 Valensiya - Rayo Valyekano
14/05 23:00 Jirona - Real Sosyedad
15/05 00:30 Real Madrid - Real Ovyedo
16/05 00:00 Aston Villa - Liverpul

Qirg‘iziston terma jamoasi sobiq futbolchisi 30 yoshida vafot etdi

Qirg‘iziston terma jamoasi sobiq futbolchisi 30 yoshida vafot etdi

Baho:
+ | -
Bo'lim: OSIYO / Futbolchilar
Rukn: Yangiliklar

Qirg‘iziston terma jamoasining sobiq futbolchisi Rustam Zokirov 15 aprel kuni shifoxonada vafot etdi. Bu haqda OFK matbuot xizmati ma’lum qildi.

10 aprel kuni operasiyadan chiqqan 30 yoshli futbolchiga qon quyish zarurligi ma’lum qilingandi. Qirg‘iziston futbol ittifoqi Zokirovning ahvoli og‘irligini ma’lum qilgan va muxlislarni donorlik qilishga chaqirgandi.

Rustam mashhur futbolchi va murabbiy Ne’matjon Zokirovning o‘g‘li edi.

Rustam Zokirov faoliyati mobaynida «Abdish-Ata» (Kant) va «Alg‘a» (Bishkek) klublarida to‘p surgan. Kantliklar safida bir necha bor Qirg‘iziston chempionligi va sovrindor o‘rinlarni qo‘lga kiritgan. Uch marta mamlakat Kubogida zafar quchgan.

Zokirov 2010 yilda faoliyatini tugatgan. Avvalroq «Ilbirs» yoshlar jamoasida murabbiy sifatida ishlagandi.

Manba: daryo.uz
Kiritildi: 07:36, 17.04.2020.
O'qildi: 3264 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик