Kirish Ro'yxatdan o'tish
22/12 00:45 Lechche 1-2 Lasio
22/12 01:00 Barselona 1-2 Atletiko
22/12 16:30 Roma 5-0 Parma
22/12 18:00 Valensiya 2-2 Alaves
22/12 19:00 Fulhem 0-0 Sautgempton
22/12 19:00 Lester 0-3 Vulverhempton
22/12 19:00 Man. Yunayted 0-3 Bornmut
22/12 19:00 Everton 0-0 Chelsi
22/12 19:00 Venetsiya 2-1 Kalyari
22/12 20:15 Real Madrid 4-2 Sevilya
22/12 21:30 Tottenhem 3-6 Liverpul
22/12 22:00 Atalanta 3-2 Empoli
22/12 22:30 Leganes 2-5 Vilyarreal
22/12 22:30 Las-Palmas 1-0 Espanyol
23/12 00:45 Monsa 1-2 Yuventus
23/12 01:00 Betis 1-1 Rayo Valyekano
23/12 22:30 Fiorentina - Udineze
24/12 00:45 Inter - Komo

«Qizilqum»da 11 yildan beri ishlayotgan ma’mur bilan suhbat

«Qizilqum»da 11 yildan beri ishlayotgan ma’mur bilan suhbat

Baho:
+ | -1

18 yoshidan buyon “Qizilqum“ jamoasida ma’mur lavozimida faoliyat yuritayotgan Sherzod Toshev bilan futbolga kirib kelishi, o‘zbek futboli, MTJ va boshqa bir qator mavzularda suhbatlashdik.

— Futbolga kirib kelishingiz qanday yuz bergan?
— Futbolga bolaligimdan qiziqishim borligi sababli 9 yoshimda rahmatli Viktor Ivanovich Tunyakin qo‘lida mazkur sport turining sir-asrorlarini o‘rgana boshlaganman, Zarafshon shahridagi «Progress» o‘yingohida mashg‘ulot o‘tkazar edik o‘shanda. So‘ngra 15 yoshimda «Qizilqum» internat futbol maktabi ochilgach, Rogovanov Vitaliy Anatolevich menga murabbiylik qila boshlagan. Futbolga kirib kelishimda aynan ushbu ikki shaxs katta rol o‘ynagan.

— Boshida niyatingiz futbolchi bo‘lgan bo‘lsa, nega ma’murlik kasbini tanladingiz?
— 2008 yilda biz, ya’ni 1991 yilda tug‘ilgan bolalar «Qizilqum» o‘rinbosarlar jamoasiga o‘tish uchun nazorat bellashuvlarida o‘zimizni yaxshi ko‘rsatib, klub bilan shartnoma imzolashga kelganimizda, jamoaning o‘sha damdagi murabbiyi Vitaliy Anatolyevich meni oldimga kelib: «Sen meni yonimda ishlab yur, tashkiliy ishlarda ancha yaxshisan» degandi. Futbolni ichida yursam bas edi, futbolchi yoki ma’mur bo‘lishim katta ahamiyatga ega emasdi. Chunki futbolni chin yurakdan yaxshi ko‘rardim. Keyin esa murabbiy bu so‘zlarni bejizga aytmagan bo‘lsa kerak, deb hisoblab, o‘rinbosarlar jamoasida ma’mur sifatida ish boshlaganman.

— «Qizilqum»da 11 mavsumdan buyon faoliyati yuritib kelmoqdasiz. Mazkur jamoa yillar mobaynida qanday rivojlanib keldi?
— 2010 yilda «Qizilqum» darvozabonlar murabbiyi Baxtimurod Xayriddinov chaqirib, bosh murabbiy Rustam Zabirovning oldiga asosiy jamoaga ko‘chirilishim masalasi bo‘yicha olib kirgandi. «Qizilqum» PFK ma’muri bo‘lganimdan so‘ng, taxminan bir oycha vaqt mobaynida o‘zimga kelolmaganman. Chunki 18 yoshli bola uchun bu katta natija va shu bilan birga mas’uliyatli vazifa ham edi.

11 yil ko‘zga kam vaqt bo‘lib ko‘rinsada, har bir yil o‘sish davridek o‘tdi, zinapoyaga o‘xshab tepaga intilib bormoqdamiz. Yil sayin kishi professionallashib boraveradi.

Baribir eng katta o‘zgarish 2013 yil iyul oyida sodir bo‘lgan. Jamoa Zarafshondan Navoiy viloyati markazi Navoiy shahriga ko‘chirilgan. O‘shanda biroz xavotirda bo‘lganman. «Qabul qilisharmikan yana?» «Baribir hamma joyni o‘zini odamlari bor, borsam ish topilarmikan?», «Yig‘ishtirganim ma’quldir?» degan o‘ylar boshimdan o‘tgan. O‘sha payt, ustiga-ustak, Ravshan Haydarov ham «Dinamo» klubi bosh murabbiyi sifatida meni Samarqandga taklif qilgan. Ota-onam va akamdan maslahat so‘rab, bir kundan so‘ng Navoiyga borganman. Hamidjon Aktamov yaxshi kutib olib, yangi rahbar sifatida maqsad va rejalarini tushuntirib o‘tgan.

— Futbol mutasaddilariyu, futbolchilarga eng ko‘p nimalar salbiy ta’sir o‘tkazadi?
— Futbolda eng kichik detal ham qimmatga tushishi mumkin. Futbol mutasaddilari va futbolchilarga yomon ta’sir qiladigan narsa bu – muxlislar. Menga qolsa, 50-100 nafar chin muxlisni o‘yin payt stadionga kiritardimda, qolganiga darvozani yopardim. To‘g‘ri, jamoa yutqazsa, kishi xafa bo‘ladi, lekin bu futbol, bu hayot. Har doim ham yutishni iloji yo‘q. Angliya, Ispaniya, Italiyada muxlislar jamoalari mag‘lub bo‘lgan bo‘lsa ham olqishlashadi, chunki ular ushbu natija keyingi o‘yinga ta’sir o‘tkazmasin deb xavotir olishadi. Odamni og‘zidan chiqayotgan bir og‘iz shirin so‘z ko‘p narsani belgilab beradi.

— O‘zbek futboli hozir qay ahvolda?
— O‘zbek futboli hozir o‘sish davrida. Xuddiki, maktab o‘quvchisi oliy ta’lim muassasasiga imtihon topshirayotgan vaziyatdek. Bizda professional yondashuv, moliyalashtirish, o‘qimishli futbol mutasaddilari – hammasi bor, faqat bularga vaqt kerak. Moskva ham birdan qurilmagan, axir.

— Milliy terma jamoamizga JCH saralash bahslarida nima(lar) etishmaydi?
— Birinchi navbatda, yuqorida aytib o‘tganimdek, muxlislar tomonidan qo‘llab-quvvatlash juda katta ahamiyatga ega. Bir narsani esdan chiqarish kerak emas, bu bizning yurtimiz sha’ni, buning uchun barchamiz qayg‘uramiz. Yutgan paytimiz qanday xursandchilik qilsak, yutqazgan paytimiz ham shunday yelkama-elka turmoqligimiz lozim.

— Termamizga chet ellik mashhur murabbiy kelgani yaxshimi yoki mahalliy mutaxassismi?
— Chet ellik murabbiy kelgani yaxshi, lekin uzoqroq muddatga kelishini lozim deb bilaman. Misol uchun, Ektor Kuper. U argentinalik, lekin bizning futbolchilarni hammasi Messi emasku. Hamma narsaga vaqt kerak, sekin-sekin, bosqichma-bosqich rivojlanish kerak. Bizda esa ahvol butkul boshqacha. Agar xorijlik murabbiy 5ta o‘yin yutib, 4ta yutqazsa – «Bo‘ldi kerak emas endi u, yaxshi boshqara olmadi» deymiz. Unaqada futbol rivojlanmaydi.
Lekin o‘zbek murabbiylari ham boshqalardan qolishmaydi. Baribir barchaga ham eng avvalo muddat va qo‘llab-quvvatlash zarur. Ushbu ikki narsa bilangina tepaga chiqa olamiz.

— «Qizilqum» PFKdagi faoliyatingiz davomida siz uchun eng yodda qolarli uchta uchrashuv qaysi bo‘lgan? Va nega?
— Barcha o‘yinlar o‘ziga xos bir nimasi bilan yodda qoladi, lekin eng esda qolarlisi 2010 yilgi Toshkentning «Bunyodkor» klubi ustidan qozonilgan g‘alaba (1:0) bo‘lgan. Chunki o‘shanda qaldirg‘ochlarning tarkibi O‘zbekiston milliy terma jamoasi o‘zagi bo‘lgan. Keyin esa 2013 yilgi mavsumda «Lokomotiv» qarshi kechgan bahsdagi qozonilgan ajoyib g‘alaba (1:0) ham boshqacha tatigan. Yana 2016 yilgi «Paxtakor» bilan kechgan uchrashuvni yodga olmay iloj yo‘q. 2:2 bo‘lgan o‘sha o‘yinda. Stadionda anshlag kuzatilgan. 12500 ta muxlis ketadigan o‘yingohga 19600 ta odam kirgan. Qoyil...

— Futboldan boshqa nimalarga qiziqasiz? Futbol sport turi siz uchun begona bo‘lganida, kim bo‘lar edingiz?
— Agar futbolni qo‘lini tutmaganimda og‘ir atletikachi bo‘lardim, chunki qonda bor. Yoshligimda ham tosh ko‘tarib, ko‘p shug‘ullanganman. Ammo baribir hayotimni futbolsiz tasavvur qilolmayman.

— Superligamizda faoliyat yuritayotgan ma’murlar, ya’ni hamkasblariz orasida eng yaxshilari kimlar?
— To‘g‘risi ma’murni yomoni bo‘lmaydi (kuladi). Futbolchilar bir-birlari bilan qanday aloqada bo‘lsa, biz ma’murlar ham shundaymiz. Ochig‘i, Superligadagi barcha ushbu soha vakillarini hurmat qilaman va har biridan o‘zimga kerakli narsalarni o‘rganaman. «Paxtakor»dan Shoyunus Shoqodirov, Alisher Toirov, «Qo‘qon-1912»dan Mamur Mansurov, «Loko»dan Ulug‘bek Usmonxodjayev, «Bunyodkor» futbol klubidan Botir Parpiyev, Toxir Solixov, «So‘g‘diyona» jamoasidan Jamshid Muxitdinov, «Metallurg»dan Ravshan Begmatov, Jamshid Mirabdullayev, «AGMK» futbol klubidan Sherzod Yunusov, «Andijon» jamoasidan Maruf To‘raqulov, «Buxoro»dan Ilhom Umurov, «Neftchi»dan esa Zohid Gafurov – bular men uchun o‘zgacha odamlar.

— Siz bilan birga ishlagan futbolchilardan ramziy terma jamoa tuzing...
— Darvozada: Erkin Jabborov,
himoyachilar: Sherali Jo‘rayev, Fayzulla Qambarov, Georgi Kvesiyeshvili, Salim Mustafoyev,
yarim himoyachilar: Muhsinjon Ubaydullayev, Alisher Sanoyev (s), Ilhom Yunusov,
hujumchilar: Artur Gevorkyan, Elguja Grigalashvili va Bahriddin Vahobov.

Men bilan birga ishlagan hamma futbolchi men uchun qadrli.

— Sherzod aka, samimiy suhbat uchun sizga katta rahmat, kelajakdagi ishlarizga omad va zafarlar tilab qolamiz.
— Sizlarga ham omad yor bo‘lsin. Rahmat.

Mirjalol TEMIROV suhbatlashdi.
"Qizilqum" PFK matbuot xizmati:

Manba: fcqizilqum.uz
Kiritildi: 07:57, 19.04.2020.
O'qildi: 2456 marta.
Fikrlar: 2 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.