"L'Equipe" gazetasi muxlislarning ovozlari natijasida Fransiya termasi tarixidagi ramziy jamoani tuzib chiqdi.
O‘quvchilarga har bir pozisiya bo‘yicha 4 nafardan o‘yinchidan birini tanlash taklif etildi. Ramziy jamoaning 9 nafari 1998 yilda jahon chempionligini va Yevro-2000 g‘olibligini qo‘lga kiritgan futbolchilardan iborat. JCH-2018 yilda g‘olib chiqqanlardan esa ikki nafari ramziy jamoadan o‘rin oldi. Bular — hujumchi Kilian Mbappe hamda bosh murabbiy – Didye Desham.
"L'Equipe" o‘quvchilari versiyasiga ko‘ra Fransiya termasi tarixidagi ramziy jamoa quyidagicha ko‘rinishda bo‘ldi:
Darvozabon: Fabyen Bartez
Himoyachilar: Lilian Tyuram, Loran Blan, Marsel Desayi, Biksant Lizarazyu
Yarim himoyachilar: Patrik Viyeyra, Zayniddin Zidan, Mishel Platini, Didye Desham
Hujumchilar: Tyerri Anri, Kilian Mbappe.