Kirish Ro'yxatdan o'tish
22/05 23:45 Fiorentina 1-1 Atalanta
23/05 21:00 Bolonya - Inter
23/05 23:45 Lasio - Piza
24/05 00:00 Betis - Levante
24/05 00:00 Jirona - Elche
24/05 00:00 Xetafe - Osasuna
24/05 00:00 Malyorka - Real Ovyedo
24/05 00:00 Real Madrid - Atletik Bilbao
24/05 00:00 Valensiya - Barselona
24/05 00:00 Alaves - Rayo Valyekano
24/05 00:00 Selta - Sevilya
24/05 00:00 Espanyol - Real Sosyedad
24/05 18:00 Parma - Sassuolo
24/05 20:00 Brayton - Man. Yunayted
24/05 20:00 Byornli - Vulverhempton
24/05 20:00 Kristal Pelas - Arsenal
24/05 20:00 Fulhem - Nyukasl
24/05 20:00 Liverpul - Brentford
24/05 20:00 Manchester Siti - Aston Villa
24/05 20:00 Nottingem Forest - Bornmut
24/05 20:00 Sanderlend - Chelsi
24/05 20:00 Tottenhem - Everton
24/05 20:00 Vest Xem - Lids
24/05 21:00 Napoli - Udineze
24/05 23:45 Torino - Yuventus
24/05 23:45 Verona - Roma
24/05 23:45 Cremonese - Komo
24/05 23:45 Lechche - Jenoa
24/05 23:45 Milan - Kalyari
25/05 00:00 Vilyarreal - Atletiko

Xayrulla Hamidov maqolasi: «Turk ertagi»

Xayrulla Hamidov maqolasi: «Turk ertagi»

Baho:
+ | -

20 aprel: “Lids” – “Galatasaroy”

Ha, aynan shu jamoalar o‘rtasidagi tarixiy uchrashuv. 2000 yilgi UYEFA kubogi yarim finali, javob bahsi.

“Lids Yunayted”ning oltin davri, “Galatasaroy”ning ham.

Lidsliklar boshqa yurtlarda ham muxlislariga ega bo‘lib, tarkibining yoqimtoyligi bilan Yevropani zabt eta boshlagandi. Biroq, yarim finalda uning qarshisida bu masalada ingliz klubiga yetarlicha bosh og‘riq bo‘ladigan Istanbul klubi chiqib qoldi. “Galatasaroy”ning o‘sha davr tarkibi ham zo‘r edi. Mahalliy yigitlar ham, George Xadji kabi legionerlari ham.

Birinchi o‘yin Istanbulda o‘tgan, unda turklar 2:0 hisobida g‘alaba qozonganishgan. Tabiiyki, javob o‘yinida agar “Galatasaroy” gol ursa, “Lids” ertagi tugardi. Shunday bo‘ldi ham.

Hoqon Shukurga nisbatan ishlatilgan qo‘pollik penalti bilan tugadi. Hadji hisobni ochdi.

Bakke tomonidan berilgan javob stadionga to‘planganlarni sal bo‘lsa ham tinchlantirdi. Biroq, Hoqon tanaffusga chiqish arafasida yana “Galatasaroy”ni oldinga olib chiqqani yodimizda. Bakkening yana bir goli “Lids” stadioniga kelgan 40 mingga yaqin ishqibozni o‘yindan rozi qildi, xolos.

Bu ikki klub o‘rtasidagi to‘qnashuv katta janjallar bilan esga olinadi. Muxlislar o‘rtasidagi to‘qnashuv, ikki odamning vafoti. Turklarni Angliyaga qo‘yilmagani. “Galatasaroy” aynan shu bahsda g‘alaba qozongach, finalda ham tumanli Albionning boshqa jamoasi mag‘lub etilishi mumkinligiga ishona boshlagandik o‘shanda. U voqea ham sodir bo‘ldi.

“Galatasaroy” penaltilar seriyasida “Arsenal”ni yer tishlatdi. UYEFA kubogi Istanbulga ravona bo‘ladigan oqshomga hali sal bor. Asr avvalidagi turk ertagining boshlanishi esa, aynan bugungi sanaga borib taqaladi.

Xayrulla Hamidov.

Manba: @xayrulla_hamidov

Лидс - Галатасарой 2:2
2000 йил, 20 апрель.
УЕФА кубоги ярим финал жавоб ўйини.

"Арсенал", энди сен тайёрлан!

Kiritildi: 06:12, 20.04.2020.
O'qildi: 4465 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик