Kirish Ro'yxatdan o'tish
03/03 00:45 Udineze 3-0 Fiorentina
03/03 01:00 Real Madrid 0-1 Xetafe
04/03 00:30 Bornmut 0-0 Brentford
04/03 00:30 Everton 2-0 Byornli
04/03 00:30 Lids 0-1 Sanderlend
04/03 01:15 Vulverhempton 2-1 Liverpul
04/03 23:00 Rayo Valyekano - Real Ovyedo
05/03 00:30 Aston Villa - Chelsi
05/03 00:30 Fulhem - Vest Xem
05/03 00:30 Brayton - Arsenal
05/03 00:30 Manchester Siti - Nottingem Forest
05/03 01:15 Nyukasl - Man. Yunayted

«Lill» prezidenti Fransiya chempionatidagi o‘rinlarni aniqlashning ilmiy uslubini taklif qildi

«Lill» prezidenti Fransiya chempionatidagi o‘rinlarni aniqlashning ilmiy uslubini taklif qildi

Baho:
+ | -

«Lill» prezidenti Jerar Lopes muddatidan oldin yakunlangan Fransiya chempionatidagi o‘rinlarni aniqlashda ilmiy uslubdan foydalanish taklifini berdi.

«Nazarimda, mavsum muddatidan avval bekor qilingani uchun uni hozirgi holatida qabul qilib bo‘lmaydi. Biz o‘rganib chiqdik: so‘nggi 10 yilda oxirgi 10ta tur davomida 71% jamoalar o‘z o‘rinlarini o‘zgartirishgan. Kafolat beraman, agar mavsum davom ettirilganida biz Chempionlar ligasi yo‘llanmasini qo‘lga kiritgan bo‘lar edik. Ushbu to‘xtalish tufayli klublarning kimga qarshi, uydami yoki safardami, yoxud mavsumning qaysi paytida o‘ynaganini inobatga olmaydi. Masalan, Biz «PSJ»ga qarshi 2 marta o‘ynaganmiz. Bizdan 1 ochko oldinda borayotgan «Renn» esa faqat bir marta. Bu adolatdanmi?

Men yakuniy o‘rinlarni shakllantirishda ilmiy uslubdan foydalanishni taklif qilaman. Ushbu mavsumdagi 28ta tur o‘yinlarini uyda va safarda qo‘lga kiritilgan natijalar nuqtai nazaridan tahlil qilib, buni qolgan 10ta turga joriy qilib, yakuniy natijani yuzaga keltirish mumkin», — dedi Lopes "Daily Mail" nashriga bergan intervyusida.

Ma’lumot o‘rnida. Fransiya chempionati to‘xtatilgan paytda "Lill" 49 ochko bilan 4-o‘rinni egallab turgan edi. Bu o‘rin esa Yevropa ligasiga yo‘llanma beradi. Chempionlar ligasiga yo‘llanma beradigan 3-pog‘onani "Renn" 50 ochko bilan band etib turibdi.

Manba: sport24.ru
Kiritildi: 15:00, 30.04.2020.
O'qildi: 3505 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.