Kirish Ro'yxatdan o'tish
04/05 00:00 Luton 1-1 Everton
04/05 00:00 Lans 2-0 Loryan
04/05 00:00 Xetafe 0-2 Atletik Bilbao
04/05 16:30 Arsenal 3-0 Bornmut
04/05 17:00 Real Sosyedad 2-0 Las-Palmas
04/05 18:00 Gavr 3-1 Strasbur
04/05 18:30 Andijon 0-1 So‘g‘diyona
04/05 19:00 Byornli 1-4 Nyukasl
04/05 19:00 Sheffild Yunayted 1-3 Nottingem Forest
04/05 19:00 Brentford 0-0 Fulhem
04/05 19:15 Real Madrid 3-0 Kadis
04/05 20:00 Monako 4-1 Klermon
04/05 21:00 Monsa 2-2 Lasio
04/05 21:30 Manchester Siti 5-1 Vulverhempton
04/05 21:30 Jirona 4-2 Barselona
04/05 22:00 Mets 2-3 Renn
04/05 23:45 Sassuolo 1-0 Inter
05/05 00:00 Brest 0-0 Nant
05/05 00:00 Malyorka 0-1 Atletiko
05/05 15:30 Kalyari 1-1 Lechche
05/05 17:00 Osasuna 0-2 Betis
05/05 18:00 Brayton - Aston Villa
05/05 18:00 Chelsi 5-0 Vest Xem
05/05 18:00 Empoli 0-0 Frozinone
05/05 18:00 Verona 2-1 Fiorentina
05/05 19:15 Selta - Vilyarreal
05/05 20:30 Liverpul - Tottenhem
05/05 21:00 Milan - Jenoa
05/05 21:30 Valensiya - Alaves
05/05 23:45 Roma - Yuventus
06/05 00:00 Rayo Valyekano - Almeriya
06/05 00:00 Sevilya - Granada
06/05 21:00 Salernitana - Atalanta
06/05 23:45 Udineze - Napoli
07/05 00:00 Kristal Pelas - Man. Yunayted
07/05 00:00 Lill - Lion

Futbol haqida olingan eng mashhur seriallar

Futbol haqida olingan eng mashhur seriallar

Baho:
+ | -

Butun futbol olami ayni damda tanaffusda ekanligidan xabaringiz bor. Barcha uyida qolgancha vaqtini maroqli o‘tkazishga harakat qilmoqda. Sport kanallari eski futbol matchlarini namoyish etayotgan bir paytda, e’tiboringizga futbol haqida suratga olingan eng mashhur seriallarni taqdim etamiz.

“Tobutga qadar Sanderlend!” (Sunderland Til I Die)

Agar Angliya futboli bilan yaxshi tanish bo‘lmasangiz, bilib oling, o‘z vaqtida “Sanderlend” ham mamlakatning birinchi raqamli jamoasi nomini uzoq vaqt o‘zida ushlab turgan. Klub 6 bor Angliya chempionligi va ikkita Angliya kubogida qo‘lga kiritishga muvaffaq bo‘lgani so‘zimizga isbot bo‘la oladi. Ayni damda, bu jamoa Angliyaning 3-divizionida o‘rtamiyona klublardan biriga aylanib qolganiga qaramay, uning muxlislari soni kamayganicha yo‘q.

“Tobutga qadar Sanderlend!” seriali mashhur “Netflix” tomonidan 2018-yilda suratga olingan bo‘lib, birinchi qismlardanoq muxlislarni ekran atrofiga mixlab qo‘yadi. Britaniyada tezda mashhur bo‘lib ketgan serialni uquvchilarga tavsiya etamiz.  Hozircha hujjatli filmning birinchi mavsumi yakunlanmay turib, “Netflix” ikkinchi mavsumni suratga olish arafasida turibdi.

“Yoki hammasi yoki hech narsa” (All of Nothing: Manchester City)

Bugungi kunda “Manchester Siti” Angliyaning eng qudratli klublaridan biriga aylanib ulgurdi. Sekin-asta dunyo arenalarini ham zabt etayotgan klub uchun “Amazon” kompaniyasi katta syujetni o‘z ichiga qamrab olgan hujjatli filmlardan iborat serial olish ishlarini yakunladi. 2018-yilda efir yuzini ko‘rgan serial asosan Gvardiola davrida klub qay darajada o‘sganini, jamoa muxlislari, o‘tmish yulduzlarini qamrab oladi.

Serialdagi bosh rolni mashhur aktyor Ben Kingsli ijro etgan bo‘lib, voqea aynan shu qahramonning tilidan so‘zlanadi. Muxlislar, jamoa afsonalari, bugungi kundagi jamoa a’zolaridan olingan intervyular bilan boyitilgan serial “shaharliklar”ga betaraf muxlislarni ham e’tiborsiz qoldirmasligi aniq. Bu serial nafaqat futbol, balki butun sport olamida katta mashhurlikka erishib bormoqda.

“Bizni uyga qaytaring: “Lids Yunayted” (Take us home: Leeds United)

Bugungi kunda o‘rtamiyona jamoaning APLning istalgan jamoasi havas qilsa azigulik o‘tmishi mavjud. Bu jamoa haqida maqola o‘qish qanchalar zavqli ekanligini inobatga olsak, serialning keng yoyilib ketishi o‘z-o‘zidan tushunarli xolat. Amazon tomonidan suratga olingan serial 6 qismdan iborat bo‘lib, unda shaxsan Rassel Krou bosh rolni ijro etgan.

Syujet Marselo Byelsaning klub tepasiga kelishi, APLga qaytishga omadsiz urinish va jamoaning ichki muhitini o‘z ichiga qamrab olishga harakat qiladi. Bu serial internet va ijtimoiy tarmoqlarda o‘tkazilgan so‘rovnomaga ko‘ra 10 ballik mezonda 8 ballni qo‘lga kiritgan. Shunday ekan, vaqt borida albatta uni tomosha qilishni maslahat beramiz.

“Serxio Ramos jasorati” (El Corazón de Sergio Ramos)

Yuqorida nomi zikr qilingan seriallarda farqli o‘laroq, bu hujjatli filmni muxlislar yaxshi kayfiyatda kutib olishgani yo‘q. Buni tushunish mushkul emas. Bugungi kunda Serhio futbol olamida eng ko‘p tanqidchiga va antimuxlisga ega personalrdan biri sanaladi. Yer sharining barcha nuqtalarida uni juda va juda yomon ko‘ruvchi “Barselona”ning ashaddiy muxlislari yetarlicha topiladi.

Vaholanki, serial o‘z ichiga Serhioning 2018-19 yillar oralig‘ida amalga oshirgan ishlari, oilasi, ota-onasi va do‘stlarini qamrab oladi. Aslida, 2018-19 Ramosning faoliyatidagi eng omadsiz mavsumlardan biri bo‘lgan, biroq serial ijodkorlari vaziyatga boshqa tomondan yondashgani sababli u juda qiziqarli va tomoshabop ko‘rinish olgan.

“Angliyada paydo bo‘lgan o‘yin” (The English Game)

Bugungi ro‘yxatimizdagi barcha seriallarni o‘z ichida jam qilishga qodir serialga alohida to‘xtalib o‘tish joiz. “Netflirc” tomonidan suratga olingan 6 qismli serial endigina ekran yuzini ko‘rdi.

Serial bosh qahramoni sifatida birinchi bo‘lib maosh olgan futbolchi Fergyus Sater tanlab olingan. Serial ijodkorlari futbolchi sportga kirib kelishidan tortib, barcha yutuqlarga erishi uchun qanday qiyinchiliklarni boshidan o‘tkazganini ochib berishga harakat qilishgan. Bundan tashqari, ushbu serial qanday qilib Britaniyada futbolga bo‘lgan mehrning paydo bo‘lishini ham namoyish etishga urunib ko‘radi. O‘ylashimcha, bu serial yuqorida nomi zikr qilinganlardan ham yaxshiroq qabul qilishini aniq. Yaqindagina muxlislarga taqdim etilgan tarixiy asarni tomosha qilishni barcha-barchaga tavsiya etamiz.

Manba: Stadion.uz
Kiritildi: 06:18, 02.05.2020.
O'qildi: 6456 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.