Kirish Ro'yxatdan o'tish
22/12 00:45 Lechche 1-2 Lasio
22/12 01:00 Barselona 1-2 Atletiko
22/12 16:30 Roma 5-0 Parma
22/12 18:00 Valensiya 2-2 Alaves
22/12 19:00 Fulhem 0-0 Sautgempton
22/12 19:00 Lester 0-3 Vulverhempton
22/12 19:00 Man. Yunayted 0-3 Bornmut
22/12 19:00 Everton 0-0 Chelsi
22/12 19:00 Venetsiya 2-1 Kalyari
22/12 20:15 Real Madrid 4-2 Sevilya
22/12 21:30 Tottenhem 3-6 Liverpul
22/12 22:00 Atalanta 3-2 Empoli
22/12 22:30 Leganes 2-5 Vilyarreal
22/12 22:30 Las-Palmas 1-0 Espanyol
23/12 00:45 Monsa 1-2 Yuventus
23/12 01:00 Betis 1-1 Rayo Valyekano
23/12 22:30 Fiorentina - Udineze
24/12 00:45 Inter - Komo

Siyosatchiga aylangan futbolchilar: Omadsizlar klubi (2-qism)

Siyosatchiga aylangan futbolchilar: Omadsizlar klubi (2-qism)

Baho:
+ | -

Futbolchilik ko‘plab boshqa soha va kasblardan faoliyatning erta yakunlanishi bilan farq qilishi hech kimga sir emas. Hamma Zlatan Ibrahimovich emaski, deyarli 40 yoshda ham top klublar e’tiborida qolaversa. Odatda futbolchi maydondagi harakatlariga nuqta qo‘ygach futbol atrofida qolishda davom etaveradi.

"Butsasini mixga ilgan"lar uchun murabbiylik eng ko‘p uchraydigan tanlovlardan biri. Ammo, shundaylar borki o‘zlarini boshqa juda qiziq aplualarda sinab ko‘radi. Masalan -- siyosatda. Bugun shunday futbolchilar haqida yozmoqchiman.

Avvalambor o‘zini siyosatga urgan to‘pteparlarni ikkiga bo‘lish kerak. Muvaffaqiyatga erishganlar va omadsizlar. Dastlab, o‘zini bir muncha siyosatdon sifatida sinab, keyin bu pozisiyadan chekinganlar haqida to‘xtalsak.

3. Hoqon Shukur

Jahon chempionatlari tarixidagi eng tezkor gol muallifi bo‘lgan bu turkni ko‘pchilik yaxshi eslaydi. 2002 yildagi mundialda u va uning jamoadoshlari, masalan Rushtu Rejber, Hasan Shash, Umid Davala, Ilhan Mansiz va boshqalar ozmuncha shovqin ko‘targandi deysizmi?!

Shukur futbolchilik faoliyatidan so‘ng qisqa vaqt muvaffaqiyatli tarzda siyosat maydonida ham faoliyat olib borgandi. U 2011 yilda iqtidordagi "Adolat va taraqqiyot" partiyasi faoliga aylanib, ikki yil so‘ngra mamlakat parlamentiga vakil sifatida saylandi. 2015 yilgacha barchasi yaxshi
ketayotgandi. Ammo, shu yili uni Fethullah Gyulenga aloqadorlikda ayblab lavozimlaridan ozod qilishdi. Ish hatto Shukur Turkiyani tark etishigacha borib yetdi. 2016 yildan boshlab AQSHda istiqomat qilayotgan Hoqon bugun taksi haydovchisi bo‘lib, orada kitob savdosi bilan ham tirikchilik qilib turadi.

Ha, Hoqon Shukur siyosatda yashil maydondagi kabi muvaffaqiyatli bo‘lolmadi, hozircha.

4. Andrey Shevchenko

Bu futbolchining faoliyati haqida alohida eslatib o‘tirishga hojat yo‘q, menimcha. Labonovskiy laboratoriyasi mahsuloti bo‘lgan Sheva, "Dinamo Kiyev" va "Milan"dagi o‘yinlari bilan Yevropa va o‘z-o‘zidan dunyo futbolini zabt etgan.

Bugun murabbiy sifatida Ukraina terma jamoasiga ustozlik qilayotgan Andrey 2012 yilda "Ukraina -- Vperyod" partiyasidagi ikkinchi shaxsga aylangandi. Biroq, shu yili parlament saylovlarida yetarli ovoz to‘plolmagan bu partiya keyinroq siyosiy maydondan butkul g‘oyib bo‘ldi.

Shevchenkoning o‘zi ham mamlakat siyosiy hayoti uchun o‘ta murakkab bo‘lgan 2014 yilgacha bu taloto‘plardan chiqib ulgurdi. Qrimning anneksiya qilinishi-yu, Donbass va Luganskdagi qonli to‘qnashuvlarni oddiy fuqaro va futbol kishisi sifatida qarshi oldi.

5. Mark Vilmots

Belgiya futbolining so‘nggi 30 yildagi eng mashhur nomlaridan biri bu -- Mark Vilmots. 1990-2002 yillarda futbolchi sifatida milliy jamoa libosida to‘p tepgan Mark, 2012-2016 yillarda Belgiya futboli "oltin avlod"ini murabbiy sifatida boshqardi. Lekin, orada siyosiy faoliyat ham borki, bu avvalgi va keyingisi kabi muvaffaqiyatli chiqmadi.

Ikkiminginchi yillar avvalida u mamlakat senati a’zosiga aylandi. "Islohotchilar harakati" faoli bo‘lgan Vilmotsning siyosatdan ko‘ngli tez sovudi. 2005 yilda o‘z ixtiyori bilan senatorlik maqomidan istefoga chiqdi va sevgani -- futbolga qaytdi.

Davomi keyingi postlarda...

Orif Tolipov

Manba: https://t.me/tolipovuz
Kiritildi: 09:05, 18.05.2020.
O'qildi: 3916 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.