Kirish Ro'yxatdan o'tish
22/12 00:45 Lechche 1-2 Lasio
22/12 01:00 Barselona 1-2 Atletiko
22/12 16:30 Roma 5-0 Parma
22/12 18:00 Valensiya 2-2 Alaves
22/12 19:00 Fulhem 0-0 Sautgempton
22/12 19:00 Lester 0-3 Vulverhempton
22/12 19:00 Man. Yunayted 0-3 Bornmut
22/12 19:00 Everton 0-0 Chelsi
22/12 19:00 Venetsiya 2-1 Kalyari
22/12 20:15 Real Madrid 4-2 Sevilya
22/12 21:30 Tottenhem 3-6 Liverpul
22/12 22:00 Atalanta 3-2 Empoli
22/12 22:30 Leganes 2-5 Vilyarreal
22/12 22:30 Las-Palmas 1-0 Espanyol
23/12 00:45 Monsa 1-2 Yuventus
23/12 01:00 Betis 1-1 Rayo Valyekano
23/12 22:30 Fiorentina - Udineze
24/12 00:45 Inter - Komo

Siyosatchiga aylangan futbolchilar: Omadsizlar klubi (3-qism)

Siyosatchiga aylangan futbolchilar: Omadsizlar klubi (3-qism)

Baho:
+ | -

Futbolchilik ko‘plab boshqa soha va kasblardan faoliyatning erta yakunlanishi bilan farq qilishi hech kimga sir emas. Hamma Zlatan Ibrahimovich emaski, deyarli 40 yoshda ham top klublar e’tiborida qolaversa. Odatda futbolchi maydondagi harakatlariga nuqta qo‘ygach futbol atrofida qolishda davom etaveradi.

"Butsasini mixga ilgan"lar uchun murabbiylik eng ko‘p uchraydigan tanlovlardan biri. Ammo, shundaylar borki o‘zlarini boshqa juda qiziq aplualarda sinab ko‘radi. Masalan -- siyosatda. Bugun shunday futbolchilar haqida yozmoqchiman.

Avvalambor o‘zini siyosatga urgan to‘pteparlarni ikkiga bo‘lish kerak. Muvaffaqiyatga erishganlar va omadsizlar. Dastlab, o‘zini bir muncha siyosatdon sifatida sinab, keyin bu pozisiyadan chekinganlar haqida to‘xtalsak.

6. Pele

Ziko haqida qisqacha to‘xtalganimizda Pele undan so‘ng Sport ishlari vaziri bo‘lgani haqida aytgandim. Futbolchilik davrida erishgan mashhurlik bilan bundan ortig‘ini ham kutsa bo‘lardi, albatta. Boisi, 70-80 yillarda va undan keyin ham Pele -- Braziliyada eng ko‘p tilga olinadigan nom edi. Uni mamlakatning bo‘lajak prezidenti sifatida ko‘radiganlar kam emasdi, hatto. Biroq, Edson Nasimentu futbolni tugatiboq o‘zini siyosatga urmadi. Avval biznes bilan shug‘ullandi.

1995 yilda esa korrupsiyaga qarshi ayovsiz kurash va’dalari bilan Sport vaziri lavozimini egalladi. U bunda birmuncha muvaffaqiyatlarga ham erishdi. Mahalliy ekspertlar aynan Pele olib borgan tozalash ishlari sabab keyinchalik futbolda yana bir "oltin avlod" bo‘y ko‘rsatganini e’tirof etishadi. Biroq, tashabbus o‘z sohibining boshiga yetadi, deganlaridek, Pelening o‘zi ham keyinchalik korrupsiyaga aloqadorlikda ayblandi. Garchi amalda hech narsa isbotini topmagan bo‘lsada, u vazir sifatidagi faoliyatini yakunlashga majbur bo‘ldi.

Pele haligacha Braziliyadagi eng nufuzli shaxslardan biri bo‘lib qolmoqda. U endilikda salomatligi bois siyosat bilan faol shug‘ullanmasada uning qo‘llovi yoki boshqacha aytsak, "oq fotiha"si ko‘plab zamondosh siyosatchilar uchun tabarruk sanaladi.

7. Kaxa Kaladze

Gruziya -- hozir yurtimizda ham ushbu mitti va ayni vaqtda ijtimoiy-iqtisodiy jihatdan aytarli muvaffaqiyatlarga erishgan mamlakatga qiziqish yuqori.  Bu mamlakatdagi tizim haqida gap ketganda mashhur blogerlarimizning og‘zidan bol tomadi. Buning asoslari yetarlicha.

Ochiq va shaffof iqtisod-u siyosat, koruppsiya va jinoyatchilikka keskin toqatsiz muhit hamda qonun ustivorligining qat’iy amalda ekani -- Gurjiston o‘lkasini ildamlatayotgan faktorlar.

Mamlakat siyosiy hayotida turli soha vakillari faol. Jumladan sportchilar, xossatan futbolchilar. Kaxaber Kaladze ular orasidagi eng mashhuridir.

Gruziyada hammasi avvaldan shunday bo‘lmagan. Sobiq Ittifoq tarkibida bo‘lgan barcha mamlakatlar singari bu yerda ham 90-yillarda so‘nggi so‘zni ko‘pincha hukumat vakillari emas, jinoyat olami unsurlari aytishardi. 2001 yilda Kaladzelar oilasida mudhish voqea yuz bergan. Kaxaberning ukasi Levan o‘g‘rilab ketildi. Jinoyatchilar 600 ming dollar miqdorida pul talab qilishdi. Ba’zi ma’lumotlarga ko‘ra, to‘da aytilgan mablag‘ni olgach ham o‘z so‘zida turmagan. Levan dom-daraksiz yo‘qoldi. Faqatgina 2005 yilda uning jasadi topildi.

Bu voqea Kaxani o‘zgartirib yubordi. Avvaliga hatto, passportini o‘zgartirmoqchi, Gruziyani butunlay tark etmoqchi bo‘ldi u. Biroq, o‘zini qo‘llab-quvvatlab turgan minglab muxlislar haqqi hurmati oyoqda qoldi. Futbol o‘ynadi. "Milan"da uni hali-hamon iliq taassurotlar bilan eslashadi.

Futbolchilikdan so‘ng ijtimoiy faol pozisiyani ushlagan Kaladze "Gruziya orzusi" muholifat harakati a’zosiga aylandi. 2012 yilda parlament a’zosi etib saylandi. Shu yili Bosh vazir o‘rinbosari, Energetika vaziri rutbasini ham qabul qilib oldi. To 2017 yilgacha ortiqcha siyosiy dog‘larsiz bu lavozimda ishlagan Kaxaber shu yili mamlakat poytaxti Tbilisi merligiga o‘tkazilgan saylovlarda g‘olib chiqib yangi lavozimni qabul qilib oldi. U bugungacha Tbilisi uchun javobgar sifatida ishlab kelmoqda.

To‘rtinchi qismda gap Vengriya Bosh vaziri Viktor Orban va Liberiya prezidenti Jorj Vea haqida boradi.

Orif Tolipov

Manba: https://t.me/tolipovuz
Kiritildi: 09:22, 18.05.2020.
O'qildi: 3958 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.