"Inter"ning urugvaylik himoyachisi Diyego Godin yana bir mavsum jamoada qolishi mumkin.
Italiya matbuotining xabariga ko‘ra, futbolchi uchun hozircha qulay taklif yo‘q, shu sababli yana bir mavsum "neradzurrilar" safida qolishga tayyor.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq "Inter" moliyaviy inqiroz sababli Godin bilan xayrlashishga tayyor ekanligini ma’lum qilgandi.