Kirish Ro'yxatdan o'tish
23/12 00:45 Monsa 1-2 Yuventus
23/12 01:00 Betis 1-1 Rayo Valyekano
23/12 22:30 Fiorentina 1-2 Udineze
24/12 00:45 Inter 2-0 Komo

Arveladze Derdiyo‘qning maoshi, Adebayorning o‘xshamagan transferi va Alisher Usmonov haqida(intervyu)

Arveladze Derdiyo‘qning maoshi, Adebayorning o‘xshamagan transferi va Alisher Usmonov haqida(intervyu)

Baho:
+ | -

«Trabzonsor», «Ayaks», «Reynjers», AZ va «Levante» singari jamoalarda to‘p tepgan va ayni damda Toshkentning “Paxtakor” jamoasida murabbiy sifatida faoliyat olib borayotgan Shota Arveladze Sports.ru sayti uchun katta intervyu berdi. Ushbu intervyuni stadion.uz o‘z o‘quvchilariga ilindi.

— Qachon murabbiylikka qo‘l urishga qaror qildingiz?

— Aslida yoshligimdayoq futbolchilarga o‘shqirishga, murabbiylar bilan talashishga moyil edim. Hazil albatta, 30 dan oshganimdan so‘ng murabbiylik haqida bosh qotirishni boshladim. Tan olish lozim, Gollandiyada faoliyat olib borgan chog‘larim men o‘ynagan klubda doimo kuchli murabbiylar ishlagan. Ayniqsa, Lui Van Gal futbolchilarga turli savollar berish orqali ularning kelajakda murabbiylik potensialini aniqlab olar edi.

U sizga qanday savol bergan?

— Lui menga qaysi qanotdan yuqoridan uzatilgan paslarga bosh bilan zarba berishimga qulay deb so‘ragan. Tan olish lozim, bu haqda avval sira o‘ylamagan ekanman. Van Gal bu savol orqali meni standartlar chog‘ida qaysi pozisiyadan o‘rin olishimni belgilab bermoqchi bo‘lgan edi. Futbolchi bosh bilan zarba yo‘llayotgan chog‘da tayanadigan oyog‘i ikki xil effekt berishini uning savolidan so‘ng anglab yetganman. Shunga o‘xshash mayda detallarga e’tibor qaratish orqali Lui jamoamizning Gollandiyada mutlaq tengsiz darajaga olib chiqqan edi.

Lui yana nimalar bilan yodingizda qolgan?

— Van Gal doimo biz g‘alaba qozonsak, futbolchilar juda yomon o‘yin ko‘rsatishganini ularga uqtirishga urinar edi. Yengilsak, buning teskarisini amalga oshiradi. Eng qizig‘i shundaki, agar biz birinchi taymda ortga borayotgan bo‘lsak, tanaffusda Lui biz bilan miriqib suhbatlashar va vaziyatni yumshatishga urinar edi. Ko‘plab murabbiylar yengilayotgan shogirdlari katta maosh olayotganini pesh qilib o‘shqirishlariga futbolchilar allaqachon ko‘nikib qolgan bir paytda, bunday metodika katta naf berar edi.

“Trabzonspor” safida siz tirik afsona edingiz. Murabbiy sifatida ushbu klubga qaytish g‘alati hislar uyg‘otdimi?

— Barchamiz bizni qadrlashadigan joyda bo‘lishga intilamiz. Trabzonda meni, ukamni va oilamni juda yaxshi ko‘rishadi. Bu bir tomondan katta motivasiya bersa, ikkinchi tomondan katta ma’suliyat yuklaydi. Nima bo‘lgan taqdirda ham muxlislarga natija muhim. Afsuski, men klub tepasiga kelgan chog‘imda jamoa qarzlar botqog‘iga botib bo‘lgan edi. Futbolchilar to‘lanishi kerak bo‘lgan maoshlarning o‘zi 800 ming dollardan oshib ketgan bo‘lib, hatto klub personal xizmatchilari ham maosh olamay qo‘yishgan edi. Bunday paytda natija ko‘rsatish juda mushkil. Shunga qaramay, klub muxlislari meni aeraportga qadar kuzatib chiqishdi.

Endilikda siz “Paxtakor” murabbiyisiz. Bu qanday amalga oshdi?

 

- Men Alisher Usmonov orqali klub prezidenti Bobur Shodiyev bilan tanishib qoldim. Uning so‘zlaridan so‘ng, barchasini o‘z ko‘zim bilan ko‘rish uchun Toshkentga uchib keldim. Keyin bir necha bor muzokaralar o‘tkazish uchun ko‘rishdik vayakunda meni shartnoma imzolashga ko‘ndirdi.

Bu siz uchun ortga tashlangan qadam emasmi?

—Ortga qadam deb futbolda motivasiyani yo‘qotib qo‘yish deb tushunaman. Agar murabbiy ishlashni, o‘sishni istasa bu yomonmi? “Paxtakor”ni boshqarishim motivasiyamga ta’sir ko‘rsatmaydi. Qachonlardir “Real” yoki “Barsa”ni boshqarsam ham motivasiyam xuddi shundayligicha qoladi.

- Qishda Eren Derdiyo‘q “Paxtakor” futbolchiga aylandi. Buni qanday uddaladingiz?

—U bilan yaxshi tanish bo‘lganimga qaramay, ko‘ndirish oson bo‘lmadi. Birinchi navbatda Eren o‘z oilasi va uning havfsizligi haqida bosh qotirdi. U Turkiyada deyarli maydonga tushmay qo‘ygani bois tanlashi kerak edi. Yo biznesmen sifatida maosh olishi, yoki futbolchi sifatida faoliyatini davom ettirishi lozim. Bunday vaziyatda u “Paxtakor” bilan yangi marralarni zabt etishni istadi. Derdiyo‘q shu yo‘sinda yana terma jamoadan chaqiruv olishni istadi. O‘ylashimcha, Eren bu tanlovi orqali juda katta naf ko‘radi.

Eren yiliga 1,5 million yevro maosh olmoqda. Nima uchun Adebayorning transferi amalga oshmadi?

— Adebayor yiliga 3 million yevro maosh olmoqchi edi. Biz u bilan qizi istiqomat qiladigan Londonda uchrashdik. Keyin u sharoitlarni ko‘rish uchun Londondan Toshkentga uchib kelishini tavsiya qildim. Muzokaralar davom etdi, biroq yakunda Adebayor samolyotda uzoq vaqt uchishdan qo‘rqishini vaj qilib taklifimizni rad etdi.

“Paxtakor”ning oldiga qo‘ygan maqsadlari qanday?

— Birinchi navbatdagi maqsad OCHLda zafar quchish orqali klublar o‘rasidagi JCHda ishtirok etish. Ayni damda men bilan Gollandiya, O‘zbekiston va gruziyalik murabbiylar faoliyat olib bormoqda. Biz ular bilan birgalikda jamoaning poydevorini qurdik va o‘yin falsafamizni yaratdik.

Siz ancha oldin o‘zbek futbolchilari orzu qilishni bilmaydi,degan edingiz?!

— Ular nima uchun Yevropada to‘p surishni orzu qilmaydi deganimni nazarda tutyapsiz shekilli. Agar siz Gruziyadagi bolalardan qaysi klubda to‘p surishni orzu qilishini so‘rasangiz, ular darrov Yevropa grandlarini nomini sanab ketadi. O‘zbek futbolchilari esa arab klublari nomini aytishadi. Vaholanki, 35 million aholi bor davlat futbolchilari bemalol Yevropada o‘ynabketishi mumkin. Shunga qaramay, so‘nggi 3 yil ichida barchasi o‘zgardi. Futbolning sifati ko‘tarildi va yosh futbolchilar yetishib chiqishni boshladi. Misol uchun,RPLdagi eng yaxshi to‘purar ham o‘zbek.

— Sizning orzuingiz qanday?

—Futbolchi sifatida orzularimga yetishdim desam, adashmagan bo‘laman. “Dinamo Tbilisi” va Gruziya terma jamoasida to‘p tepdim. Turli rekordlar o‘rnatdim. Hozircha murabbiylik borasida o‘zim uchun orzu o‘ylab topganimcha yo‘q. Shunga qaramay, buni eplash uchun menda vaqt yetarli.

2010-yilda Dik Advokatsizni Rossiya terma jamoasi murabbiylar shtabida ko‘rmoqchi edi. Siz “Ikki davlat bir-birga juda ko‘p ozor bergan uchun hozir ishlay olmayman” deb javob bergansiz. Endi chaqiruv bo‘lsa borasizmi?

— Hozir bunday taklifni rad etaman. Haligacha bizning yerlarimizni hech kim qaytarib bergani yo‘q. 2008-yilda oilam Tbilisida edi. Qanchalar qo‘rqinchli ishlar bo‘lgani shundoqqinayodimda bor. Bunaqasini unutish oson emas. Klubda ishlash o‘z yo‘liga, biroq terma jamoa bu umuman boshqa. Men siyosatga aralashmoqchi emasman. Shunchaki bunday pallada ishlash uchun muammolar ko‘payib ketishini his etganim uchun ham barchasini rad etaman. So‘nggi bor Rossiyada 2002-yilda bo‘lgan edim. Yaqinda Moskvada bo‘ldik. Hammasi yaxshi, biroq “Spartak”ka o‘yinni boy berib qo‘yganimiz xafa qildi.

Gruziya terma jamoasini boshqarish borasida takliflar bo‘lganmi?

—Menda bir nechta takliflar bo‘lgani qaramay, barchasini turli sabablarga ko‘ra rad etganman. Birinchi bor futbolchilikni yakunlashib bilan ishga chorlashgan. O‘sha davrlarda barcha do‘stlarim terma jamoada edi. Shu sababli boshqaruvni o‘z qo‘limga olishni istamaganman. Agar murabbiylik qilishni boshlasam, barcha futbolchilarni yarim tunggacha qarta o‘ynab o‘tirishlariga chek qo‘yishim lozim edi. Vaholanki, o‘zim ham ikki yil avval ular bilan qarta o‘ynab o‘tirgan futbolchi edim. Boz ustiga, menda Lui Van Galdan kelib tushgan taklif ham bor edi. Shu sababli uning assistenti sifatida tajriba to‘plashni o‘zimga ma’qul deb topdim.

Gruziya terma jamoasida ishlashdan ko‘ra, davlat vaziri bo‘lish mushkul degan edingiz?!

—Albattada! Agar vazir bo‘lsangiz, hech kim sizni tanqid qilmaydi. G‘alati savollar bermaydi. Futbolda esa barcha birdan o‘zini mutaxassisdek his qilishni boshlaydi. Agar futbolchi gol kiritmasa, murabbiy aybdor! Qanday qilib? Axir men to‘pni uzatib berganim yoki zarba yo‘llaganim yo‘qku! Hatto maydonga ham tushmayman. Zaxira o‘rindig‘ida o‘tiraman. Shunga qaramay, har bir mag‘lubiyat yoki omadsizlik uchun aynan sizni tanqid qilishadi. Bunday atmosferada ishlash juda mushkul.

Gruziyada tez-tez bo‘lib turasizmi?

—Juda kam bo‘laman. Agar kichik tanaffus bo‘lsa darrov Istabulga oilam oldiga uchaman. Men Turkiyaga ishlash uchun kelganimda, bolalarim Turkiyadagi xorijiy maktablardan biriga bergan bo‘lar edim. Ularni maktablarida qoldirishga qaror qilganman. Shu sababli hozir ham Istabuldaman. Faqat yangi yilnigina Tbilisida o‘tkazishimiz mumkin.

Istanbulda koronavirus bilan bog‘liq vaziyat qanday?

— So‘nggi paytlarda ahvol ancha yaxshilandi. Kasallanganlar soni kamayib bormoqda. Agar ish shu tempda davom etsa, may oxirida kasallik Turkiyani to‘liq tark etadi. Shunday bo‘lsada, ko‘plab insonlar ko‘chaga chiqishni boshlay yuborgan.

Manba: sports.ru
Kiritildi: 21:48, 21.05.2020.
O'qildi: 8844 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.