Kirish Ro'yxatdan o'tish
08/09 00:30 Elche 2-3 Real Sosyedad
08/09 21:45 Bryugge 2-3 Aston Villa
08/09 21:45 AEK 1-0 LASK
08/09 23:59 Real Madrid 2-1 Inter
08/09 23:59 Portu 0-2 Manchester Siti
08/09 23:59 Borussiya D 3-2 Vilyarreal
08/09 23:59 Lill 2-3 Betis
09/09 18:30 OKMK - Paxtakor
09/09 19:00 Neftchi - Surxon
09/09 20:00 Nasaf - Bunyodkor
09/09 21:45 Barselona - Feyenoord
09/09 21:45 Shtutgart - Viking
09/09 23:59 Liverpul - Atletiko
09/09 23:59 Napoli - Arsenal
09/09 23:59 PSJ - Sporting
09/09 23:59 Sporting - Galatasaroy
10/09 19:00 Dinamo - Qizilqum
10/09 19:00 Andijon - Qo‘qon-1912
10/09 20:00 Xorazm - So‘g‘diyona

"Zomin" futbol klubi stadioni ko‘zdan kechirildi (fotojamlanma)

"Zomin" futbol klubi stadioni ko‘zdan kechirildi (fotojamlanma)

Baho:
+ | -

O‘zPFL stadionlarni qabul qilish bo‘yicha ishchi guruhi Pro-liga ishtirokchisi bo‘lgan "Zomin" futbol klubi stadionini borib ko‘zdan kechirdi. Ayni vaqtga qadar maydon maysasi, yugurish yo‘lagi, tablo va 4300 nafar muxlisga mo‘ljallangan tribuna tayyor holatga keltirilgan.

Shuningdek, 200 ta SIP toifasidagi o‘rindiqlar o‘rnatilishi rejalashtirilgan. Bundan tashqari, ikkita kiyim almashtirish, hakamlar va komissar xonalari kerakli jihozlar bilan ta’minlanadi.

Ishchi guruh tomonidan media tribuna, IIV xodimlari uchun maxsus joy belgilab berildi. Stadion yoritish tizimi uchun Superliga klublari bilan ancha yillardan buyon hamkorlik qilib keladigan "Phillips" kompaniyasi yoritgichlarini o‘rnatish ishlari boshlangan.

Qayd etish joiz, maydon maysasi malakali mutaxassislar nazoratida yetishtirilgan va ayni damda stadion maysasi qoniqarli holatda.

Qolaversa, hozirda tabiiy va sun’iy qoplamaga ega bo‘lgan klub bazasi qurish rejalashtirilgan bo‘lib, bu ishlarni amalga oshirishda "Nasaf" akademiyasi bazasini o‘rganib chiqish bo‘yicha tavsiyalar berildi.

Manba: pfl.uz
Kiritildi: 17:00, 27.05.2020.
O'qildi: 5432 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик