Kirish Ro'yxatdan o'tish
26/12 17:30 Manchester Siti - Everton
26/12 20:00 Bornmut - Kristal Pelas
26/12 20:00 Chelsi - Fulhem
26/12 20:00 Nyukasl - Aston Villa
26/12 20:00 Nottingem Forest - Tottenhem
26/12 20:00 Sautgempton - Vest Xem
26/12 22:30 Vulverhempton - Man. Yunayted
27/12 01:00 Liverpul - Lester

Olimpiya o‘yinlari afsonalari: Barcha davrlarning eng yaxshi sportchisi — Larisa Latinina

Olimpiya o‘yinlari afsonalari: Barcha davrlarning eng yaxshi sportchisi — Larisa Latinina

Baho:
+ | -1

2014 yilda Tailandning poytaxti Bangkok shahrida Milliy olimpiya qo‘mitalarining assosiasiyasi (ANOC) tarixda birinchi marta buyuk Olimpiyachilar uchun ta’sis etgan mukofoti – sport “Oskar”ini tantanali topshirish marosimini o‘tkazdi. Bu “Oskar” “Barcha davrlarning eng yaxshi sportchi ayoli” – Larisa Latininaga topshirildi.

Larisa Semenovna Latinina – sport gimnastikasi bo‘yicha to‘qqiz karra Olimpiya o‘yinlari chempioni, shaxsiy va jamoaviy musobaqalarda ko‘p marta jahon va Yevropa chempioni bo‘lgan eng yorqin va mashhur atlet. 2012 yilga qadar u sport tarixida Olimpiya o‘yinlarida eng ko‘p medal (9 ta oltin, 5 ta kumush va 4 ta bronza) olgan gimnastikachi hisoblanardi.

Latinina 1934 yil 27 dekabrda Ukrainaning Xerson shahrida tug‘ilgan. Otasi Ikkinchi jahon urushi yillarida Stalingraddagi janglar paytida halok bo‘lgan. Larisa kunduzi farrosh, kechasi o‘t yoquvchi bo‘lib ishlashga majbur bo‘lgan onasi bilan fashistlar okkupasiyasining butun dahshatini boshidan o‘tkazishgan.

Qiz yoshligidan balerina bo‘lishni orzu qilgan. Shaharda Xalq ijodiyoti uyida xoreografiya studiyasi ochilishi bilan onasi ishlab topgan hamma pulini sarf qilib, qizini balet to‘garagiga bergan. Ammo ko‘p o‘tmay, ushbu studiya yopilib qolganidan keyin 5-sinfda o‘qiyotgan Larisa maktabidagi gimnastika seksiyasiga qatnay boshlagan. Bu yerda uni birinchi treneri Mixail Sotnichenko qarshi oldi.

1950 yilda gimnastikachi qiz birinchi sport razryadi normativini bajargan va Ukraina maktab o‘quvchilarining terma jamoasi tarkibida Qozonda o‘tkazilgan Butunittifoq birinchiligida ishtirok etgan. O‘ninchi sinfda o‘qiyotganida esa sport ustasi bo‘lgan.

1953 yilda o‘rta maktabni oltin medal bilan tugallagan Larisa Latinina Kiyevdagi politexnika institutiga o‘qishga kirgan va Aleksandr Semyonovich Mishakov boshchiligida mashqlarini davom ettirdi. Butunittifoq mashq yig‘inlarida saralash sinovlaridan muvaffaqiyatli o‘tgan gimnastikachi qiz Buxarestda bo‘lgan Butunjahon yoshlar va studentlarning festivalida dastlabki oltin medallarini qo‘lga kiritdi. U o‘sha paytda Kiyevdagi “Burevestnik” ko‘ngilli sport jamiyati sportchisi bo‘lgan.

Larisa ikkinchi kursda o‘qiyotganida politexnika institutidan Kiyev davlat jismoniy tarbiya institutiga o‘tgan. Bu unga o‘qishni turli darajadagi sport musobaqalarida faol ishtirok etish imkoniyatini yaratdi. 1954 yilda Rimda o‘tkazilgan gimnastika bo‘yicha jahon chempionatida Ittifoq terma jamoasi g‘olib bo‘lgan va ushbu jamoa safida bo‘lgan Larisa Latinina jahon chempionatining birinchi oltin medalini qo‘lga kiritdi.



1956 yil u Melburnda Olimpiadaning dastlabki oltin medallari sohibi bo‘lgan. 1956 va 1960 yillarda jahon chempionatlarining mutlaq g‘olibi, jamoaviy birinchilik hamda erkin mashqlar bo‘yicha Olimpiada chempioni hisoblanadi. Larisa Latinina uchta Olimpiadada erkin mashqlarda ketma-ket oltin medallarni qo‘lga kiritgan jahonda yagona gimnastikachidir. Shunigdek, u 1957 va 1961 yillardagi Yevropa birinchiliklarining mutlaq chempionidir.

Sportchilik faoliyati tugaganidan keyin Larisa Latinina mamlakat terma jamoasining katta murabbiyi bo‘lib ishlagan. Uning Larisa Petrik, Elvira Saadi, Lyudmila Turishcheva, Olga Korbut, Nelli Kim kabi mashhur shogirdlari bo‘lgan. Larisa Latininaning mo‘’jizaviy terma jamoasi (jahonda uni shunday nomlashgan) uchta Olimpiada – 1968 yilda Mexikodagi, 1972 yilda Myunxendagi va 1976 yilda Monrealdagi musobaqalar chempioni bo‘ldi. Shu tariqa Larisa Latinina mamlakat terma jamoasiga 10 yil davomida murabbiylik qildi.

Mashhur gimnastikachi Moskvadagi “Olimpiada-80” tashkiliy qo‘mitasining a’zosi, “Jismoniy tarbiya va salomatlik” sahovat jamg‘armasi direktorining o‘rinbosari, “Gefest” Rossiya-Germaniya qo‘shma korxonasi direktorining o‘rinbosari vazifalarida ishlagan.



Keyingi yillarda u Rossiya Sportchilar ittifoqining jamoatchilik rahbarlaridan biri bo‘lgan. Ayni paytda Rossiya Olimpiya chemionlari uyushmasida faol ish olib bormoqda.

Larisa Latinina “Rossiya Federasiyasi jismoniy tarbiya xizmat ko‘rsatgan xodimi” kabi ko‘pgina orden va medallar bilan taqdirlangan.

1991 yilda unga buyuk xizmatlari uchun Xalqaro Olimpiya qo‘mitasining kumush Olimpiya ordeni topshirilgan.

Manba: olympic.uz
Kiritildi: 11:30, 28.05.2020.
O'qildi: 2489 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.