Kirish Ro'yxatdan o'tish
23/04 00:00 Sevilya 2-1 Malyorka
23/04 20:30 O‘zbekiston 3-0 Vyetnam
23/04 20:30 Kuvayt 2-1 Malayziya
24/04 00:00 Arsenal 5-0 Chelsi
24/04 12:00 Tojikiston - Afg‘oniston
24/04 14:00 Eron - Qirg‘iziston
24/04 16:00 Tailand - Iroq
24/04 19:00 O‘zbekiston - Vyetnam
24/04 22:00 Loryan - PSJ
24/04 23:45 Vulverhempton - Bornmut
25/04 00:00 Kristal Pelas - Nyukasl
25/04 00:00 Man. Yunayted - Sheffild Yunayted
25/04 00:00 Everton - Liverpul
25/04 00:00 Monako - Lill
25/04 00:00 Marsel - Nissa
26/04 00:00 Brayton - Manchester Siti

“Oltin to‘p”ni eng yosh qo‘lga kiritgan futbolchi kim? (Top 5)

“Oltin to‘p”ni eng yosh qo‘lga kiritgan futbolchi kim? (Top 5)

Baho:
+ | -

Stadion.uz futbolchilar o‘rtasidagi eng nufuzli sovrin – “oltin to‘p”ni boshqalardan ertaroqqo‘lga kiritgan futbolchilar bilan tanishtirib o‘tadi.

5-o‘rin. Oleg Bloxin 23 yosh (1 oy 25 kun)

 

Ukraina futbolining tirik afsonasi va Sobiq Ittifoq futbolining super yulduzi Oleg Bloxin 23 yoshidayoq “oltin to‘p”ni qo‘lga kiritganidan xabaringiz bormi?

“Dinamo Kiyev” jamoasi hujumchisi uchun 1975 yil juda omadli keladi. Avvaliga Ittifoq chempionligi qo‘lga kiritilgan bo‘lsa, oradan 3 oy o‘tib kiyevliklar UEFA super kubogida “Bavariya”ni ikki uchrashuv natijasiga ko‘ra 3:0 hisobida mag‘lub etib Yevropaning mutloq tengsiz klubiga aylanadi. E’tiborlisi shundaki, o‘sha final uchrashuvidagi 3 ta golni ham Oleg Bloxin o‘z hisobiga yozib qo‘yadi. Yil so‘ngida ukrainalik futbolchi “oltin to‘p”ga loyiq ko‘riladi.

Unga qadar Ittifoqdan faqat Lev Yashingina bu sovringa loyiq topilgan edi.

4-o‘rin. Jorj Best 22 yosh (7 oy 2 kun)

 

“Manchester Yunayted” afsonasi Jorj Best ham o‘z vaqtida dunyoning eng kuchli futbolchisi deb e’tirof etilgan. 1968 yil Best o‘z faoliyatidagi birinchi va so‘nggi katta sovrinni qo‘lga kiritadi.

Tan olish lozim, Jorj uchun 1968-yil chinakamiga omadli kelgan edi. Yarim himoyachi bo‘lishiga qaramay 32 ta gol kiritgan futbolchi “qizil iblislar”ning Yevropa chempionlar kubogini qo‘lga kiritishida katta ko‘mak beradi.

Achinarlisi shundaki, “oltin to‘p”ni qo‘lga kiritgach, Jorj o‘z ustida ishlashdan to‘xtab qoldi va uning karyerasi pastga qulashni boshladi. Qahramonimiz 1968-yil o‘z faoliyatining cho‘qqisiga chiqqan bo‘lsada 1984-yildaginafaoliyatiniyakunladi. Best o‘zining so‘nggi mavsumlarida yiliga 3 ta jamoa o‘zgartirgan bo‘lsada, so‘nggi golini 1981-yil kiritgan.

LionelMessi 22 yosh (5 oy 7 kun)


 

Leo o‘zining birinchi “oltin to‘p”ini qo‘lga kiritganiga ham  10 yildan oshdi. Futbolchi 2009-yilda tengsiz deb topilganida, hech kim Leo yana 5 bor ushbu sovringa ega chiqishini taxmin ham qilmagan bo‘lsa kerak.

2009-yilda Messi“Barselona” bilan 4 ta musobaqada g‘olib chiqadi. Ayniqsa, YECHL finalidagi Leoning o‘yini barchani hayratda qoldirdi. O‘sha uchrashuv butun futbol olamiga“Messimania”ning debochasi vazifasini o‘tab berdi.

Shu o‘rinda qiziq fakt. Shu kunga qadar birorta klub “Barselona” 2009-yilda amalga oshirgan ishni ( bir yil davomida 6 ta sovrin) qaytara olmadi.

Maykl Ouen 22 yosh ( 4 kun)

 

21 asrning ilk yillarida Maykl to‘xtatib bo‘lmas gol mashinasiga aylangani ko‘pchilikning yodidan ko‘tarilmagan bo‘lsa kerak. Ouen 2001-yilda ilk bor bu sovringa ega chiqqanida, ko‘pchilik ingliz futbolchisining bu oxirgi katta yutug‘ibo‘lishini taxmin ham qilmagan bo‘lsa kerak...

Aslida Ouen 1998-yilda ham “oltin to‘p” uchun kurash olib borgan biroq, yakunda Ronaldo, Zidan va Davor Shukerlarga imkoniyatni boy beradi.

Ronaldo 21 yosh ( 3 oy 5 kun)

 

Shu kunga qadar Ronaldo “oltin to‘p”ni 21 yoshda qo‘lga kiritgan yagona futbolchi bo‘lib turibdi. Undan avval ham, keyin ham bu tryukni hech kim qaytara olmadi.

Tan olish lozim, 1997-yilda so‘yloq “daxshatli” mavsumni o‘tkazgan edi. “Barselona” safida 49 ta o‘yinda maydonga tushgan hujumchi 47 bor raqib darvozalarini ishg‘ol qiladi va jamoasi Ispaniya Super kubogi va Kubok egalari kubogida zafar quchishiga turtki bo‘ladi.

Eng muhimi, o‘sha mavsumdan so‘ng, butun dunyo yangi super yulduzning paydo bo‘layotganidan xabar topadi. To‘g‘ri, “so‘yloq” keyinchalik jarohatlar sababli o‘z tezligini yo‘qotib qo‘yadi, biroq bu 2002-yilda unga yana bir bor “oltin to‘p”ni qo‘lga kiritishiga to‘sqinlik qilmaydi.

Manba: Stadion.uz
Kiritildi: 21:31, 29.05.2020.
O'qildi: 15378 marta.
Fikrlar: 3 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.