Kirish Ro'yxatdan o'tish
17/02 00:45 Kalyari 0-2 Lechche
17/02 01:00 Jirona 2-1 Barselona
17/02 15:00 Seul 2-2 Sanfrechche Xirosima
17/02 15:00 Matida Zelviya 3-2 Chengdu Rongcheng
17/02 17:15 Buriram Yunayted 2-0 Shanghai Shenhua
17/02 17:15 Johor Dorul Ta'zim 1-0 Vissel Kobe
17/02 21:00 As-Sadd 1-4 Al-Ittihod
17/02 21:00 Al-G‘arafa 0-2 Traktor
17/02 22:45 Galatasaroy 5-2 Yuventus
18/02 01:00 Benfika 0-0 Real Madrid
18/02 01:00 Monako 1-0 PSJ
18/02 01:00 Borussiya D 0-0 Atalanta

AGMK jamoasi katta tanaffusdan keyin mashg‘ulot o‘tkazdi

AGMK jamoasi katta tanaffusdan keyin mashg‘ulot o‘tkazdi

Baho:
+ | -
Bo'lim: O'ZBEK FUTBOLI
Rukn: Yangiliklar

Karantin tufayli deyarli ikki oydan ko‘proq vaqtni uyda o‘tkazgan va yakka tartibda shug‘ullanib turgan AGMK futbolchilari bugundan klub qarorgohiga yig‘ilishdi.

Mirjalol Qosimov boshchiligidagi murabbiylar shtabi futbolchilarga mashg‘ulot o‘tkazishidan oldin jamoa bosh shifokori Islom Abayev tomonidan yana bir bor tibbiy nazoratdan o‘tkazilgan futbolchilar kunning ikkinchi yarmida qarorgohdagi maydonda shug‘ullanishdi. Qayd etish kerakki, mashg‘ulot tegishli sanitariya qoidalari, normalari va gigiyena normativlariga qat’iy amal qilgan holda o‘tkazildi.

Shu tariqa jamoaviy mashg‘ulotlarni uzoq kutgan va yashil maydon hamda jamoaviy muhitni sog‘ingan AGMK futbolchilari tartib qoidaga amal qilgan holda a’lo kayfiyatda bugungi qizg‘in o‘tgan mashg‘ulotni yakunlashdi.

Eslatib o‘tamiz, AGMK jamoasi yig‘in o‘tkazishdan avval SSV huzuridagi SEOAga qarashli Olmaliq shahri SEOM xodimlari tomonidan Covid-19ga test tahlillarini topshirishdi va hech kimda koronavirus infeksiyasi aniqlanmadi.

Manba: АГМК матбуот хизмати
Kiritildi: 08:12, 02.06.2020.
O'qildi: 1569 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.