Kirish Ro'yxatdan o'tish
22/04 00:00 Brayton - Chelsi
22/04 00:30 Real Madrid - Alaves
22/04 00:30 Jirona - Betis
22/04 18:00 Surxon 2-1 Mash’al
22/04 20:15 Buxoro 0-1 Paxtakor
22/04 22:00 Elche - Atletiko
22/04 23:00 Real Sosyedad - Xetafe
23/04 00:00 Bornmut - Lids
23/04 00:00 Byornli - Manchester Siti
23/04 00:30 Barselona - Selta
23/04 19:00 Navbahor 0-1 So‘g‘diyona
23/04 19:00 Nasaf 1-3 Lokomotiv
23/04 20:15 Dinamo 1-0 OKMK
23/04 22:00 Levante - Sevilya
23/04 23:00 Rayo Valyekano - Espanyol
24/04 00:30 Real Ovyedo - Vilyarreal
24/04 19:00 Xorazm - Neftchi
24/04 19:00 Qizilqum - Qo‘qon-1912
24/04 20:15 Bunyodkor - Andijon
24/04 23:45 Napoli - Cremonese
25/04 00:00 Sanderlend - Nottingem Forest
25/04 00:00 Betis - Real Madrid

Osiyo futboli rivoji yo‘lida sheriklik ruhini yanada kuchaytirish masalalari muhokama etildi

Osiyo futboli rivoji yo‘lida sheriklik ruhini yanada kuchaytirish masalalari muhokama etildi

Baho:
+ | -
Bo'lim: OSIYO
Rukn: Yangiliklar

OFKning Janubiy va Markaziy mintaqalardagi a’zo assosiasiyalari bosh kotiblari uchun tashkil etilgan onlayn konferensiyasi o‘z ishini yakunladi. Har yili tashkil etiladigan ushbu konferensiyada bu yil OFKning mintaqaviy assosiasiyalari rahbarlari ham qatnashdi.

Jumladan, mazkur konferensiyada O‘zbekiston futbol assosiasiyasi bosh kotibi Avaz Maksumov ham ishtirok etdi.

Birinchi bor onlayn tarzda o‘tkazilgan yillik konferensiyada Osiyo futboli rivoji yo‘lida OFKga a’zo mamlakatlar futbol assosiasiyalari o‘rtasidagi sheriklik aloqalarni yanada mustahkamlash masalalari, shuningdek jahonda yuzaga kelgan vaziyatning Osiyo futboliga salbiy ta’siri va uning ijobiy yechimlari keng muhokama etildi.

Shu bilan birga, qit’a futbol uyushmasi tomonidan amalga oshiriladigan dastur, loyiha hamda tashabbuslar bo‘yicha yanada to‘liqroq ma’lumot berildi. Xususan, Konfederasiyaning tuzilmasiga yaqinda qo‘shilgan ikkita funksiya – tijorat va xavfsizlik masalalari haqida ham kerakli ma’lumotlar almashildi.

Bundan tashqari, hozirgi qiyin sharoitda ham sport va axloqiy me’yorlarni ta’minlash, kelishilgan o‘yinlarga qarshi kurashish tizimini yanada takomillashtirish zarur ekanligiga urg‘u berildi, shuningdek bolalar va yoshlarni himoya qilish ham diqqat markazida bo‘ldi.

Konferensiya Ruminiya futbol federasiyasi prezidenti (mehmon spiker) Razvan Burleanuning futbolni rivojlantirishning strategik yondashuvi to‘g‘risidagi taqdimoti bilan yakunlandi.

Endi onlayn konferensiya Sharqiy mintaqadagi bosh kotiblar uchun 11-iyun kuni bo‘lib o‘tsa, 25-iyun kuni Janubi-sharqiy zonada o‘tkaziladi. 30-iyun kuni esa yakuniy konferensiya G‘arbiy mintaqada tashkil etiladi.

Manba: ufa.uz
Kiritildi: 21:34, 06.06.2020.
O'qildi: 2074 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик