Kirish Ro'yxatdan o'tish
14/03 00:45 Torino 4-1 Parma
14/03 01:00 Alaves 1-1 Vilyarreal
14/03 18:00 Jirona 3-0 Atletik Bilbao
14/03 19:00 Inter 1-1 Atalanta
14/03 20:00 Sanderlend 0-1 Brayton
14/03 20:00 Byornli 0-0 Bornmut
14/03 20:15 Atletiko 1-0 Xetafe
14/03 22:00 Napoli 2-1 Lechche
14/03 22:30 Chelsi 0-1 Nyukasl
14/03 22:30 Arsenal 2-0 Everton
14/03 22:30 Real Ovyedo 1-0 Valensiya
15/03 00:45 Udineze 0-1 Yuventus
15/03 01:00 Vest Xem 1-1 Manchester Siti
15/03 01:00 Real Madrid 4-1 Elche
15/03 16:30 Verona - Jenoa
15/03 18:00 Malyorka - Espanyol
15/03 19:00 Nottingem Forest - Fulhem
15/03 19:00 Man. Yunayted - Aston Villa
15/03 19:00 Kristal Pelas - Lids
15/03 19:00 Piza - Kalyari
15/03 19:00 Sassuolo - Bolonya
15/03 20:15 Barselona - Sevilya
15/03 21:30 Liverpul - Tottenhem
15/03 22:00 Komo - Roma
15/03 22:30 Betis - Selta
16/03 00:45 Lasio - Milan
16/03 01:00 Real Sosyedad - Osasuna

«Qizilqum» Qo‘qondagi o‘yinning so‘nggi daqiqalarida 3ta to‘p o‘tkazdi

«Qizilqum» Qo‘qondagi o‘yinning so‘nggi daqiqalarida 3ta to‘p o‘tkazdi

Baho:
+ | -

Bugun Qo‘qondagi “Markaziy” stadionda Coca Cola superligasining 5-turidan o‘rin olgan "Qo‘qon-1912" - "Qizilqum" jamolari o‘rtasidagi uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. O‘yindan oldin yurtimizdagi sanitariya-gigiyena qoidalariga muvofiq Qo‘qondagi "Markaziy" stadioni hamda barcha inventarlar  to‘liq dezinfeksiya qilindi.

Uchrashuv futbolchilarimizning faolligi bilan boshlanganiga qaramay, birinchi bo‘limda hisobni ochish hech kimga nasib etmadi. Bugungi uchrashuvda Baxtiyor Ashurmatov o‘tgan o‘yinga nisabtan tarkibda o‘zgarishlarga qo‘l urgan. Darvozani Botirali Ergashevga ishonib topshirdi.

12-daqiqada himoyachilarmizining maydon markazidagi qo‘pol xatosidan keyin Doniyor Usmonov mezbonlar darvozasini nishonga olishga urindi. To‘p darvoza ustuni oldidan o‘tib ketdi... Oradan bir daqiqa o‘tib Murod Xolmuhammedovning jarimadan uzatib bergan to‘pini Rayevas raqib darvozaga yo‘llashga harakat qildi. Ushbu vaziyatda raqib posboni to‘pni egallab oldi.

23-daqiqada futbolchilarimizda yaxshi imkoniyat yuzaga keldi. Otabek Haydarovning yaqin masofadan yo‘llagan zarbasiga raqib himoyachisi to‘g‘anoq bo‘ldi. 36-daqiqada mezbonlar yana bir xavfli hujum tashkil etishdi. Bu safar Filip Rayevasning jarima maydonchasiga kirar-kirmas yo‘llagan kuchli zarbasi noaniq chiqdi.
44-daqiqada Otabek Haydarov juda qulay imkoniyatdan foydalana olmadi. Uning zarbasini Makosin mahorat ko‘rsatib qaytarib qoldi. Tanaffusga jamoalar nursiz durang bilan chiqib ketishdi.

Ikkinchi bo‘limni ham "Qo‘qon-1912" futbolchilari faol tarzda boshlashdi. 62-daqiqada ular hisobni ochishga muvaffaq bo‘lishdi. Jarimadan uzatilgan to‘pni Otabek Haydarov darvozaga to‘g‘irlab qo‘ydi.

66-daqiqada Abduhamidov qulay imkoniyatdan foydalana olmadi. Jarima maydonchasi ichida raqib himoyachisi undan biroz ildamroq harakat qildi. 77-daqiqada Suhrob Berdiyevning zarbasi raqib futbolchisiga tegib maydonni tark etdi.

87-daqiqada navoiyliklar jarima maydonchasi ichida Abduhamidovni qo‘pollik bilan to‘xtatib qolishdi. Bosh hakam penalti belgiladi. Murod Xolmuhammedov penaltini aniq amalga oshirdi.

89-daqiqada qo‘qonliklar hisobni yirik ko‘rinishga olib kelishdi. Aleksandr Merzlyakovning yerlatib yo‘llagan zarbasi darvoza to‘riga borib tushdi. Hakam tomonidan qo‘shib berilgan daqiqalarda Sobit Sindarovning uzoq masofadan yo‘llagan kuchli zarbasi darvozaning to‘qqizligiga borib tushdi. Shu tariqa, "Qo‘qon-1912" yirik g‘alabani qo‘lga kiritdi.

Coca Cola superligasi, 5-tur
"Qo‘qon-1912" - "Qizilqum" - 4:0 (0:0)
Gollar: Otabek Haydarov (62), Murod Holmuhammedov (87-pen), Aleksandr Merzlyakov (89), Sobit Sindarov (90+3).
“Qo‘qon-1912”: 1. Botirali Ergashev, 3. Boburjon Akbarov, 9. Suhrob Berdiyev (22. Muhammadanas Hasanov- 90), 10. Quvondiq Ro‘ziyev (99. Bek Abdullayev-90), 11. Otabek Haydarov (20. Iqboljon Malikjonov -74), 13. Sardorbek Azimov (4. Sobit Sindarov-46), 15. Oybek Rustamov, 23. Aleksandr Merzlyakov, 33. Ivan Yosovich, 69. Filip Rayevas (19. Xamidillo Abduxamidov-46), 70. Murod Holmuhammedov.
“Qizilqum”: 22. Artyom Makosin, 8. Ruslan Margiyev, 10. Alisher Sanoyev, 11. Qadamboy Nurmetov (5. Abdi Beshimov-65), 14. Fayzulla Qambarov, 17.Salim Mustafoyev, 23. Sherali Jo‘rayev (Sunnatilla Abdullajonov-85), 25. Azizbek Usmonov (Vezirgeldi Ilyasov-85), 29. Makkartni Naveseb , 75. Oleg Tolmasov, 94. Doniyor Usmonov (99. Doston Ibragimov-65).
Bosh xakam: Vadim Agishev, Rishat Nugmonov, Hasan Nabiyev, Akmal Rahimov.
Nazoratchi: Baxtiyor Tog‘ayev.
Komissar: Jahongir Rahmatullayev.

Manba: kokand1912.uz
Kiritildi: 21:11, 19.06.2020.
O'qildi: 3504 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.