Kirish Ro'yxatdan o'tish
02/04 18:30 So‘g‘diyona 2-2 Qo‘qon-1912
02/04 19:00 Bunyodkor 2-0 Lokomotiv
03/04 18:00 Xorazm - Dinamo
03/04 19:00 Navbahor - Mash’al
03/04 20:15 Nasaf - Andijon
04/04 00:00 Rayo Valyekano - Elche

Habib Nurmagomedov otasining ahvoli haqida ma’lumot berdi

Habib Nurmagomedov otasining ahvoli haqida ma’lumot berdi

Baho:
+ | -

Yengil vazn toifasida UFC chempioni Habib Nurmagomedov Moskvada davolanayotgan otasi Abdulmanap Nurmagomedovning ahvoli haqida gapirdi.

«Otamning ahvoli hali ham og‘ir. U hozir ham reanimasiyada, koronavirus ortda qoldi, biroq u o‘zidan asoratlar qoldirdi.

Buyrak va yuragidagi muammolar sabab og‘ir ahvolda qolmoqda, har kuni yarim soat uning odiga kirishimga ruxsat berishmoqda. Qo‘llaridan tutyapman, u meni taniyotganini ishoralar orqali bildirmoqda.

Shifokorlar borasida xotirjamman, ular dunyodagi eng yaxshilardan biri. Bu borada hech qanday shubha yo‘q. Ularning qilayotgan mehnatiga rahmat aytaman va bu borada hammasi joyida ekanini ayta olaman.

Shunchaki vaqt kerak. Asoratlar juda og‘ir va tiklanish jarayoni uzoqqa cho‘ziladi. U og‘ir va uzoq bo‘ladi», — deydi Nurmagomedov.

Aprel oyi oxirida Abdulmanap pnevmoniya tashxisi bilan Dog‘istondagi shifoxonaga tushib qolgan, keyinchalik ahvoli og‘irlashgach, Moskvadagi harbiy shifoxonaga olib ketilgandi.

Manba: daryo.uz
Kiritildi: 16:33, 23.06.2020.
O'qildi: 2924 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик