Kirish Ro'yxatdan o'tish
25/03 15:35 Yaponiya 0-0 Saudiya Arabistoni
25/03 16:00 Xitoy 0-2 Avstraliya
25/03 16:00 Janubiy Koreya 1-1 Iordaniya
25/03 18:45 Indoneziya 1-0 Bahrayn
25/03 18:45 Qirg‘iziston 3-1 Qatar
25/03 21:00 Eron 2-2 O‘zbekiston
25/03 23:15 KXDR 1-2 BAA
25/03 23:15 Kuvayt 0-1 Ummon
25/03 23:15 Falastin 2-1 Iroq
26/03 01:00 Boliviya 0-0 Urugvay
26/03 05:00 Chili 0-0 Ekvador
26/03 05:00 Venesuela 1-0 Peru
26/03 05:00 Argentina 4-1 Braziliya

"Bashorat"

"Bashorat"

Baho:
+ | -

Afsonaviy filmlarda qachondir, qayerdadir bir qahramon dunyoga kelib, butun borliqni o‘zgartirib yuborishi epizodi juda ko‘p uchraydi. Mana shunday hodisalardan biri insoniyat ko‘z-o‘ngida namoyon bo‘ladi.

24 iyun, Janubiya Amerika, Argentina deb atalmish o‘lkaning Rosario shahrida oddiy xonadonlardan biri, Xorxe Orasio va Seliya Mariya oilasida bir qahramon tug‘iladi. Akalari va singlisi bilan shu yerda ulg‘ayadi. U buvisi Saliya tufayli to‘p bilan oshno tutiladi.

Keyinchalik, Rosariodagi mahalliy jamoalardan birida futbol o‘ynay boshlaydi. Leo ta’sirchan shu boisdan, bu mashg‘ulotdan o‘zini ayro his eta olmaydi. Hali dunyoga kelmasidan unga ato etilgan iqtidor va kuch uni shu ko‘yga solar, balki. 11 yoshli bolakay kutilmaganda bo‘y masalasi bilan bog‘liq mammolarga duch keladi.

Bo‘lg‘usi fenomenning muolajasi uchun oyiga 900 dollor sarflashdan bosh tortib, kelajakda milliardlardan quruq qoladiganlar ham topiladi. Ammo, ushbu mitti olmos dunyo grandlaridan biri, “Barselona“ning diqqatini tortadi va klub, ko‘pchilikdan farqli o‘laroq bu kichik jussa kelajakda nimalarga qodir bo‘lishini anglay oladi. Shundan so‘ng, “Kataloniya“ Leo uchun ikkinchi uyga, qadrdon va aziz go‘shaga aylanadi. Messi bu yerda o‘sadi, kamol topadi. Yillar o‘tib, u nafaqat uz yurti balki, har bir Ispaniyalik uchun sevimliga aylanadi. Hatto, Kataloniyadagi har bir xonadon u bilan dasturxon atrofida kechki ovqat qilishga intiqadi. Unin maydondagi harakatlari shu qadar hayratlanarli bo‘ladiki, unu to‘xtatish mushkulotga aylanadi. O‘z yoshi toifasida olimpiada va jahon chempioni bo‘ladi. Shundan so‘ng, katta orzular tomon harakat boshlanadi. Maydonda Xavi, Inyesta va Ronaldinyo kabi daholar, maydon tashqarisida esa Kroyf, Raykard, Givardiola singari ustozlar uni mukammalik sari yetaklaydi va u 22 yoshida mana shu cho‘qqini zabt etadi. So‘ng, bu ishni yana 5 marta balki, undan ham ko‘proq takrorlaydi. Uni “sehrgar“, “afsona“, “qirol“, “o‘zga sayyoralik“ kabi nomlar bilan atashadi. Hatto, eskirgani sari yaxshilanib boradigan vinoga qiyoslaganlar ham bo‘ladi. Chunki, u bir qancha o‘nlab rekordlarni yangilab tashlaydi, sovrinlarni magnit singari o‘ziga tortib olaveradi.

Uning futboldagi yo‘li bir tekis bo‘lmaydi. Mag‘lubiyatlar, achchiq xotira bo‘lib saqlanadi, bo‘shliqlar, yetishmovchiliklar yuzaga keladi. Ammo, Messi to‘xtamaydi, aksincha qiyinchliklarda toblanib, yanada kuchli bo‘lib boraveradi. Vaqti kelib, uni asr futbolining asl qahramoni deya e’trof etishganida bashorat amalga oshadi!

Dadajon FOZILJONOV

Manba: www.stadion.uz.
Kiritildi: 19:15, 24.06.2020.
O'qildi: 9077 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.
MyCounter - счётчик и статистика

Топ рейтинг www.uz