Kirish Ro'yxatdan o'tish
28/04 00:00 Aston Villa 2-2 Chelsi
28/04 00:00 PSJ 3-3 Gavr
28/04 00:00 Atletiko 3-1 Atletik Bilbao
28/04 13:00 Tojikiston 5-5 O‘zbekiston
28/04 15:30 Inter 2-0 Torino
28/04 16:00 Mets 1-2 Lill
28/04 16:00 Tailand 1-4 Eron
28/04 17:00 Kadis 1-1 Malyorka
28/04 18:00 Tottenhem 2-3 Arsenal
28/04 18:00 Bornmut 3-0 Brayton
28/04 18:00 Loryan 1-2 Tuluza
28/04 18:00 Klermon 4-1 Reyms
28/04 18:00 Strasbur 1-3 Nissa
28/04 18:00 Bolonya 1-1 Udineze
28/04 19:00 Indoneziya 0-2 O‘zbekiston
28/04 19:15 Granada 3-0 Osasuna
28/04 20:05 Renn 4-5 Brest
28/04 20:30 Nottingem Forest 0-2 Manchester Siti
28/04 21:00 Napoli 2-2 Roma
28/04 21:00 Atalanta 2-0 Empoli
28/04 21:30 Vilyarreal 3-0 Rayo Valyekano
28/04 22:00 Lion 3-2 Monako
28/04 22:30 Yaponiya - Iroq
28/04 23:45 Fiorentina 5-1 Sassuolo
29/04 00:00 Marsel 2-1 Lans
29/04 00:00 Betis 1-1 Sevilya
29/04 23:45 Jenoa - Kalyari
30/04 00:00 Barselona - Valensiya
30/04 05:00 Borussiya D - PSJ
30/04 05:00 Borussiya D - PSJ
01/05 00:00 Bavariya - Real Madrid
01/05 00:00 Bavariya - Real Madrid

Ronaldu futbolchi bo‘lmaganida qaysi kasbni tanlar edi? Neymarchi?

Ronaldu futbolchi bo‘lmaganida qaysi kasbni tanlar edi? Neymarchi?

Baho:
+ | -

Bu yigitlar futbol olamida juda katta mashhurlikka erishgani bois, ularni boshqa kasbda tasavvur qilib ko‘rish juda mushkul. Shunday bo‘lsada, bugun ular bergan intervyulardan olingan parchalar orqali qaysi kasblarni tanlashlari mumkinligi haqida taxmin qilib ko‘ramiz.

Neymar – Xonanda

 

Braziliyalik futbolchining yaqin do‘stlarining deyarli barchasi mashhur qo‘shiqchilar va musiqachilardan tashkil topgan. Qahramonimiz bir necha bor ular bilan birgalikda sahnada qo‘shiq kuylashga ham muvaffaq bo‘lgan.

Bu savolni bir necha bor o‘zimga berib ko‘rganman. Har safar futbolchi bo‘lishimga ishonchim komil bo‘lgan. Agarda, insoniyat futbol sport turini o‘ylab topmaganida, katta ehtimol bilan biror bir guruhning solistiga aylangan bo‘lar edim. Futbol sport turi, biroq men uni san’at sifatida qabul qilaman. Shunday ekan, futbolchi bo‘lmaganimda ham sanat bilan mashg‘ul bo‘lgan bo‘lar edim.”

Krishtianu Ronaldu – Aktyor, model

 

5 bor “oltin to‘p”ni o‘ziniki qilib olgan futbolchi yaqindagina ushbu savolga javob berdi. Uning aytishicha, u tashqi ko‘rinishi sababli moda olamida yaxshigina mashhurlikka erishishi mumkin ekan. Shuningdek kino olamida ham o‘zini sinab ko‘rishga qarshi emas.

Men vaqtni bekor o‘tkazishni hush ko‘rmayman. Shu sababli futbolchi bo‘lmaganimda albatta kinoaktyor sifatida bir nechta filmlarlarda rol ijro etgan bo‘lar edim. Menga melodrama janrdagi filmlar juda yoqadi. Bundan tashqari, model sifatida faoliyat olib borishni ham hush ko‘raman. Bu menga zavq bag‘ishlaydi.”

Zidan – Haydovchi, kuryer

 

Barcha zamonlardagi eng yaxshi futbolchilardan biri sanaluvchi Zayniddin Zidan hayotda juda kamtarin inson. Uning ushbu savolga bergan javobi so‘zimizga isbot bo‘la oladi.

Futbol menga juda ko‘p narsa berdi. Buning uchun yaratgan egamdan minaddorman. Agarda futbolchi bo‘lmaganimda, bugun Fransiyaning kichik shaharlaridan birida oddiy haydovchi yoki kuryeylik qilayotgan bo‘larmidim?!

Romelu Lukaku – tarjimon

 

Milanning “Inter” jamoasi hujumchisi o‘z intervyularidan birida ushbu mavzuga qisqacha to‘xtalib o‘tgan edi. Uning aytishicha, undan juda yaxshi gid yoki tarjimon chiqishi mumkin ekan.

Futbolsiz hayotimni tasavvur qilishim mushkul, biroq agar taqdir taqozo etsa, albatta turizm sohasida faoliyat olib borgan bo‘lar edim. Men 5 ta tilni o‘zlashtirganman. Bu turizm sohasida katta muvaffaqiyatga erishishim uchun qo‘l kelishi mumkin edi. Bundan tashqari, jamoatchilik ishlari bilan shug‘ullanish borasida ham nimagadir erishgan bo‘lar edim.”

 

Jerar Pike – Tadbirkor

 

Ispaniyalik futbolchining ota-onasi omadli tadbirkorlar sirasiga kiradi. Pikelar oilasi a’zolarining deyarli barchasi shaxsiy biznesga ega insonlar. Jerar ham ulardan mustasno emas. Qahramonimiz futbolchilik faoliyatini yakunlamay turib, bir nechta biznes rejalarini muvaffaqiyatli amalga oshirib kelmoqda. Uning ko‘zoynak ishlab chiqaruvchi kompaniyaning aksiyadori ekanligidan xabaringiz bormi? Turli video o‘yinlar ishlab chiqaruvchi kompaniyaning egasi ekanligini bilasizmi? Shaxsiy klubi mavjudligi haqida ma’lumotga egamisiz? Umuman olganda, “Barselona” yetakchisi allaqachon biznes olamida ham nom qozonishga ulgurgan.

Har bir erkak oilasining kelajakda muammosiz hayot kechirishini ta’minlashi lozim deb hisoblayman. Futbol maydonida men doimo professional bo‘lib qolaman. Undan tashqarida esa, o‘z daromadimni kerakli yo‘llarga yo‘naltirish lozim.”

Manba: Sport life
Kiritildi: 02:00, 26.06.2020.
O'qildi: 8665 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.