Kirish Ro'yxatdan o'tish
09/03 00:45 Milan 1-0 Inter
09/03 01:00 Valensiya 3-2 Alaves
10/03 00:45 Lasio 2-1 Sassuolo
10/03 01:00 Espanyol 1-1 Real Ovyedo
10/03 19:00 Neftchi - Andijon
10/03 19:45 Mash’al - Qizilqum
10/03 20:00 Paxtakor - Navbahor
10/03 22:45 Galatasaroy - Liverpul
11/03 01:00 Atalanta - Bavariya
11/03 01:00 Atletiko - Tottenhem
11/03 01:00 Nyukasl - Barselona
11/03 16:30 Surxon - Bunyodkor
11/03 19:30 Lokomotiv - Qo‘qon-1912
11/03 19:45 Buxoro - Xorazm
11/03 22:45 Bayer - Arsenal

Alexandro Gomes A Seriyada XXI asrda hech bir futbolchi qayd eta olmagan natijaga erishdi

Alexandro Gomes A Seriyada XXI asrda hech bir futbolchi qayd eta olmagan natijaga erishdi

Baho:
+ | -

«Atalanta» yarim himoyachisi Alexandro Gomes XXI asrda Italiya A Seriyasida bir mavsum davomida 15 ta golli uzatmani amalga oshirgan birinchi futbolchiga aylandi.

Futbolchi o‘zining 15-uzatmasini A Seriyaning 29-turi doirasida «Napoli»ga qarshi o‘tkazilgan uchrashuvda (2:0) amalga oshirdi. Ta’kidlash joiz, 2000 yildan keyin A Seriyada to‘p surgan hech qaysi futbolchi bunday natijani qayd etmagan.

Gomes «Atalanta»ga 2014 yilning yozidan beri harakat qiladi. Bu mavsumda 32 yoshli argentinalik futbolchi Italiya chempionatining 28 o‘yinida maydonga tushib, 6 ta gol urdi va 15 ta golga hammualliflik qildi. Uning klub bilan shartnomasi 2022 yilning yozigacha amal qiladi.

«Atalanta» 60 ochko to‘plagan holda, musobaqa jadvalida 4-o‘rinni egallab turibdi. Jamoa navbatdagi turda 5 iyul, yakshanba kuni «Kalyari» maydoniga safar qiladi.

Manba: daryo.uz
Kiritildi: 22:38, 03.07.2020.
O'qildi: 3699 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.