Yengil vazn toifasida UFC chempioni Habib Nurmagomedovning amakivachchasi Umar Nurmagomedov promoushendagi debyut jangini bekor qildi.
Rossiyalik yakkakurashchi 26 iyulda Nataniel Vudga qarshi jang qilishi kerak edi.
«Biz yangi raqibni kutyapmiz», — deya ma’lum qildi Vudning jamoasi.
Eslatib o‘tamiz, sportchining amakisi Abdulmanap Nurmagomedov 3 iyul kuni koronavirus alomatlari oqibatida vafot etdi. Shu sabab Umar UFC’dagi debyut jangini kechiktirishga qaror qilgani aytilmoqda.