Kirish Ro'yxatdan o'tish
15/05 00:30 Real Madrid 2-0 Real Ovyedo
16/05 00:00 Aston Villa 4-2 Liverpul
17/05 15:00 Komo - Parma
17/05 15:00 Jenoa - Milan
17/05 15:00 Yuventus - Fiorentina
17/05 15:00 Piza - Napoli
17/05 15:00 Roma - Lasio
17/05 16:30 Man. Yunayted - Nottingem Forest
17/05 18:00 Inter - Verona
17/05 19:00 Everton - Sanderlend
17/05 19:00 Brentford - Kristal Pelas
17/05 19:00 Lids - Brayton
17/05 19:00 Vulverhempton - Fulhem
17/05 21:00 Atalanta - Bolonya
17/05 21:30 Nyukasl - Vest Xem
17/05 22:00 Rayo Valyekano - Vilyarreal
17/05 22:00 Atletiko - Jirona
17/05 22:00 Osasuna - Espanyol
17/05 22:00 Atletik Bilbao - Selta
17/05 22:00 Elche - Xetafe
17/05 22:00 Levante - Malyorka
17/05 22:00 Real Sosyedad - Valensiya
17/05 22:00 Sevilya - Real Madrid
17/05 22:00 Real Ovyedo - Alaves
17/05 23:45 Kalyari - Torino
17/05 23:45 Sassuolo - Lechche
17/05 23:45 Udineze - Cremonese

Shota Arveladze: "Raqib ancha qiziqarli taktika tanlagan"

Shota Arveladze: "Raqib ancha qiziqarli taktika tanlagan"

Baho:
+ | -

"Mash’al" bilan uchrashuvdan keyin "Paxtakor" bosh murabbiyi matbuot anjumanida qatnashib, o‘yin haqida fikrlarini bildirdi.

- Raqib haqida iliq fikrlar aytmoqchiman. Ularning oxirgi uchta o‘yinini jiddiy kuzatdik. Ular Germaniya bundesligasi jamoalari qo‘llayotgan taktik uslubda o‘ynashmoqda. Bu 5-2-3ga o‘xshaydi. Ancha qiziqarli taktika deb aytish mumkin. O‘zbekistonda bunday o‘ynayotgan ilk jamoa sifatida "Mash’al"ni aytaman. Jamoaning o‘zi ham ancha qiziqarli. Bugun biz maydonda yaxshiroq harakat qildik, ko‘plab imkoniyatlarni yuzaga keltirdik. Birinchi bo‘limda ko‘ngildagidek tez o‘ynay olmadik. Ikkinchi bo‘limda esa to‘liq tashabbusga ega bo‘ldik. O‘ylashimcha, natija bahsga mos bo‘ldi. Lekin biz avvalgidek yaxshi holatga qaytish uchun ko‘p ishlashimiz kerak. Jismoniy jihatdan kichik muammolar ko‘zga tashlandi. Yanada ko‘proq mehnat qilib, eng yaxshi holatga qaytishga intilamiz.

Derdiyok ham, Sergeev ham yuqori saviyadagi hujumchilar. Ehtimol, ularning birga o‘ynaydigan payti bo‘lib qolar. Bir-ikki marta uchrashuv oxirlarida shunday qildik. Ular bir xil uslubda o‘ynaydigan bo‘lgani uchun ko‘p birga o‘ynatish oson emas.

O‘yinlar davomida turli holatlar bo‘lishi mumkin. Shu sababli Sayfiyevni o‘ng qanotda, Komilovni esa chap qanot himoyasida o‘ynatib, o‘zimizni tekshirib oldik. Abdullayev uchun juda xursandman. U uzoq muddatli tanaffusdan keyin maydonga qaytdi. Bu bilan uni tabriklayman.

Manba: pakhtakor.uz
Kiritildi: 22:25, 07.07.2020.
O'qildi: 2880 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик