Kirish Ro'yxatdan o'tish
28/04 00:00 Aston Villa 2-2 Chelsi
28/04 00:00 PSJ 3-3 Gavr
28/04 00:00 Atletiko 3-1 Atletik Bilbao
28/04 13:00 Tojikiston 5-5 O‘zbekiston
28/04 15:30 Inter 2-0 Torino
28/04 16:00 Mets 1-2 Lill
28/04 16:00 Tailand 1-4 Eron
28/04 17:00 Kadis 1-1 Malyorka
28/04 18:00 Tottenhem 2-3 Arsenal
28/04 18:00 Bornmut 3-0 Brayton
28/04 18:00 Loryan 1-2 Tuluza
28/04 18:00 Klermon 4-1 Reyms
28/04 18:00 Strasbur 1-3 Nissa
28/04 18:00 Bolonya 1-1 Udineze
28/04 19:00 Indoneziya - O‘zbekiston
28/04 19:15 Granada 3-0 Osasuna
28/04 20:05 Renn 4-5 Brest
28/04 20:30 Nottingem Forest 0-2 Manchester Siti
28/04 21:00 Napoli 2-2 Roma
28/04 21:00 Atalanta 2-0 Empoli
28/04 21:30 Vilyarreal 3-0 Rayo Valyekano
28/04 22:00 Lion 3-2 Monako
28/04 22:30 Yaponiya - Iroq
28/04 23:45 Fiorentina 5-1 Sassuolo
29/04 00:00 Marsel 2-1 Lans
29/04 00:00 Betis 1-1 Sevilya
29/04 23:45 Jenoa - Kalyari
30/04 00:00 Barselona - Valensiya
30/04 05:00 Borussiya D - PSJ
30/04 05:00 Borussiya D - PSJ
01/05 00:00 Bavariya - Real Madrid
01/05 00:00 Bavariya - Real Madrid

Ronaldu "Yuventus"da qoladimi?

Ronaldu "Yuventus"da qoladimi?

Baho:
+ | -3

Ushbu ruknimizdagi eng so‘nggi yangiliklar bilan tanishtirishda davom etamiz.

Brozovich APLda?!


Milanning “Inter” jamoasi yarim himoyachisi Marselo Brozovich tez orada APL klublaridan birida ko‘rinish berishi mumkin.

“Le Gazzeta Della Sport" nashrining ma’lum qilishicha, “Inter” Sandro Tonalini transferini amalga oshirish uchun Brozovichdan voz kechishi mumkin.

Manbaning ma’lum qilishicha, “Inter” o‘z futbolchisining transferidan 40-50 million yevro daromad qilishni ko‘zlamoqda.

Eslatib o‘tamiz, xorvat bilan “Everton”, “Arsenal”, “Chelsi” va “Lester” singari jamoalar jiddiy qiziqib qolgan.

“Inter”ga De Paul kerak

 

Milanning “Inter” jamoasi yozda “Udineze” klubi yarim Rodrigo De Paul bilan shartnoma imzolash niyatida.

Italiya nashrlarining ma’lum qilishicha, “ko‘k-qora”lar rahbarlari maydon markazini kelasi mavsumda kuchaytirish maqsadida. Shu sababli, De Paulning transferi uchun 20 million yevro ajratmoqchi.

Shuningdek, 26 yoshli futbolchining hizmatlari bilan “Atalanta” va “Fiorentina” jamoalari qiziqish bildirmoqda.

Eslatib o‘tamiz, “Udineze” o‘z futbolchisini 28 million yevrodan kamiga qo‘yib yubormoqchi emas.

“Barsa” o‘z uslubida

Kataloniyaning “Barselona” jamoasi “Roma” vingeri Jastin Klyuvert bilan shartnoma tuzishni rejalashtirmoqda.

Taniqli “Don Balon" nashrining ma’lum qilishicha, ayni damda “Barselona” strukturasida faoliyat olib borayotgan Patrik Klyuvert o‘z o‘glini klubga tavsiya qilmoqda.

Manbaning ma’lum qilishicha, agar Kataloniya klubi Klyuvertlarning kichigini sotib olsa, uni yangi mavsumda ijara asosida “La Liga” klublaridan biriga qo‘yib yuboradi.

“Siti” uni olib qolmoqchi

Angliyaning “Manchester Siti” jamoasi Serhio Aguyeroni jamoada olib qolish niyatida.

So‘nggi paytlarda Aguyeroning Argentinaga qaytib ketishi haqidagi mish-mishlar ko‘paygan edi. Endlikda, klub o‘z futbolchisini jamoada saqlab qolish uchun unga yangi shartnoma taklif qilmoqchi.

“Sunday Mirror”ning ma’lum qilishicha, yangi shartnomaga ko‘ra, hujumchi 2022-yilga qadar jamoa ixtiyorida bo‘ladi.

Eslatib o‘tamiz, Aguyero jarohat sababli APL va YCHL uchrashuvlarida maydonga tusha olmaydi.

U ketmoqchi!

Angliyaning “Arsenal” jamoasi qanot himoyachisi Ektor Belyerin o‘zini transferga qo‘yishlarini talab qilmoqda.

“Sky Sport"ning ma’lum qilishicha, Ektor jamoa rahbarlaridan uni qo‘yib yuborishlarini iltimos qilgan. Qahramonimiz YECHL musobaqasida ishtirok etuvchi jamoalardan birida faoliaytini davom ettirmoqchi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Myunhenning “Bavariya” jamoasi ispaniyalik futbolchi bilan aloqaga chiqqan, biroq transfer amalga oshmagan edi.

Uning narxi ma’lum

Fransiyaning “Lill” jamoasi o‘z hujumchisi – Jonatan Ikonening narxini e’lon qildi.

Unga ko‘ra, klub 22 yoshli hujumchi uchun 36 million yevro to‘lagan klubga Ikoneni qo‘yib yuborishga tayyor. “Le10sport”ning ma’lum qilishicha, ayni damda, forvord bilan “Chelsi”, “Milan” va “Tottenhem” jamoalari jiddiy qiziqib qolgan.

Manbaning ma’lum qilishicha, Jonatanning o‘zi tezroq bosha chempionatga yo‘l olish niyatida. Shu sababli, “Lill” uni jamoada olib qolmoqchi emas.

Ronaldu qoladi!

“Yuventus” jamoasi hujumchisi Krishtianu Ronaldu kelajagi borasida yakuniy qarorga keldi.


“Tuttosport” nahsrining ma’lum qilishicha, portugaliyalik hujumchi o‘z shartnomasi yakunlanmasdan turib Turinni tark etmaydi.

Manbaning ma’lum qilishicha, Ronaldnuning o‘zi shu qarorga kelgan va uning engti endilikda hech qanday shartnomalarni ko‘rib chiqmaydi.

Eslatib o‘tamiz, bu mavsumda ROnaldu "A Seriya"ning 28 ta o‘yinida maydonga tushdi va o‘z hisobiga 28 ta gol yozib qo‘ydi.

Manba: Stadion.uz
Kiritildi: 19:04, 13.07.2020.
O'qildi: 11968 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.