Kirish Ro'yxatdan o'tish
04/04 00:00 Rayo Valyekano 1-0 Elche
04/04 17:00 Paxtakor 3-1 OKMK
04/04 17:00 Real Sosyedad 2-0 Levante
04/04 18:00 Qizilqum 0-4 Neftchi
04/04 18:00 Sassuolo 2-1 Kalyari
04/04 19:15 Surxon 3-1 Buxoro
04/04 19:15 Malyorka 2-1 Real Madrid
04/04 21:00 Verona 0-1 Fiorentina
04/04 21:30 Betis 0-0 Espanyol
04/04 23:45 Lasio 1-1 Parma
05/04 00:00 Atletiko 1-2 Barselona
05/04 17:00 Xetafe - Atletik Bilbao
05/04 18:00 Cremonese - Bolonya
05/04 19:15 Valensiya - Selta
05/04 21:00 Piza - Torino
05/04 21:30 Real Ovyedo - Sevilya
05/04 23:45 Inter - Roma
06/04 00:00 Alaves - Osasuna
06/04 15:30 Udineze - Komo
06/04 18:00 Lechche - Atalanta
06/04 21:00 Yuventus - Jenoa
06/04 23:45 Napoli - Milan
07/04 00:00 Jirona - Vilyarreal

Superliga. Peshqadamlar bahsida jangovar durang qayd etildi

Superliga. Peshqadamlar bahsida jangovar durang qayd etildi

Baho:
+ | -

O‘zbekiston chempionatining 9-turi doirasida jadvalning yuqori pog‘onalarida borayotgan "Paxtakor" va AGMK klublari to‘qnash kelishdi.

Toshkentliklar o‘yinni faol boshlab, dastlabki yarim soat ichida bir nechta xavfli vaziyatlar yaratishdi, ammo Arveladze shogirdlari ulardan foydalana olishmadi. Jumladan, Farrux Sayfiyev yakkama-yakka vaziyatda yaqin masofadan darvoza tomon aniq zarba bera olmadi.

Hisobni ochish esa olmaliqliklarga nasib etdi. Qanotdan yetkazilgan uzatmani Arslonmurod Amonov bosh bilan darvozaga joylab qo‘ydi.

AGMK tanaffusga 2ta to‘p farqi bilan chiqib ketishi mumkin edi. Mirjamol Qosimovning uzatmasidan keyin Hojimat Erkinov posbon bilan yakkama-yakka vaziyatga chiqib ketib, Eldorbek Suyunovni dog‘da qoldira olmadi.

Shunga qaramay, ikkinchi bo‘limning dastlabki daqiqalari Qosimov shogirdlari uchun omadli keldi. Referi "Paxtakor" darvozasi tomon penalti belgiladi va uni Yovan Jokich aniq amalga oshirib, hisobni 0:2 ko‘rinishiga keltirdi.

Ikkinchi taym o‘rtasiga kelib AGMK futbolchilari bo‘shashishdi. Bundan foydalangan paxtakorchilar ikki daqiqa ichida ikkita gol urib, hisobni tenglashtirib qo‘yishdi.

Qolgan daqiqalarda jamoalar bir nechta hujum qilishganiga qaramay, o‘yinda hisob boshqa o‘zgarmadi — 2:2.

Ushbu natijadan keyin "Paxtakor"ning ochkolari 22, AGMKniki esa 21taga yetdi.

Superliga, 9-tur.
13 iyul, dushanba.
"Paxtakor" – AGMK - 2:2 (0:1)
Gollar: Sergeev 72, Hamdamov 73 - Amanov 33, Jokich 53.
"Paxtakor" (4-2-3-1) - 25.Eldorbek Suyunov - 3.Xojiakbar Alijonov (Akrom Komilov 89), 5.Anzur Ismoilov, 15.Egor Krimes, 34.Farruh Sayfiyev - 20.Odil Hamrobekov, 27.Sardor Sobirxo‘jayev (Abror Ismoilov 46)- 17.Doston Hamdamov (Javohir Sidiqov 89), 10.Dragan Cheran, 9.Jaloliddin Masharipov - 77.Eren Derdiyok (Igor Sergeev 60)
AGMK (4-2-3-1) - 32.Suhrob Sultonov - 20.Mirg‘iyos Sulaymonov (Akmal Shorahmedov 46), 3.Sardor Rahmonov, 88.Igor Zonich, 11.Murod Toshmatov - 4.Mirjamol Qosimov (Erkin Baydullayev 46), 23.Yovan Jokich - 77.Arslonmirat Amanov (Saydullo Raxmatov 80), 18.Bahrom Abdurahimov (Shahzod Nurmatov 56), 8.Hojimat Erkinov - 21.Mate Vatsadze (Zafar Polvonov 67)
Hakamlar: Sherzod Qosimov, Alisher Usmonov, Sanjar Shoyusupov, Abdurashid Xudoyberganov.
Nazoratchi: Vladislav Seytlin
Komissar: Shohruh Said

Manba: www.stadion.uz.
Kiritildi: 22:09, 13.07.2020.
O'qildi: 4405 marta.
Fikrlar: 2 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик