Kirish Ro'yxatdan o'tish
27/12 01:00 Man. Yunayted 1-0 Nyukasl
27/12 16:30 Parma - Fiorentina
27/12 17:30 Nottingem Forest - Manchester Siti
27/12 19:00 Lechche - Komo
27/12 19:00 Torino - Kalyari
27/12 20:00 Arsenal - Brayton
27/12 20:00 Brentford - Bornmut
27/12 20:00 Byornli - Everton
27/12 20:00 Liverpul - Vulverhempton
27/12 20:00 Vest Xem - Fulhem
27/12 22:00 Udineze - Lasio
27/12 22:30 Chelsi - Aston Villa
28/12 00:45 Piza - Yuventus
28/12 16:30 Milan - Verona
28/12 19:00 Cremonese - Napoli
28/12 19:00 Sanderlend - Lids
28/12 21:30 Kristal Pelas - Tottenhem
28/12 22:00 Bolonya - Sassuolo

Transfer olamidagi yangiliklar

Transfer olamidagi yangiliklar

Baho:
+1 | -

Ushbu ruknimizdagi eng so‘nggi yangiliklar tanishtirishda davom etamiz.

Parti qoladimi?

Madridning «Atletiko» jamoasi yarim himoyachisi Tomas Partining «Arsenal» bilan shartnoma imzolashi haqidagi mish-mishlar o‘zini oqlamadi.

Taniqli AS nashrining ma’lum qilishicha, «Atletiko» o‘z futbolchisini jamoada saqlab qolish maqsadida unga katta maosh(haftasiga  130 ming funt ) ko‘rsatilgan uzoq yillik shartnoma taklif etdi.

Manbaning ma’lum qilishicha, Tomas «matraschilar»ga bosim o‘tkazish maqsadida ketish haqidagi mish-mishlarni urchitib yuborgan.

Shyurlle erkin!

 

“Borussiya Dortmund” jamoasi Andre Shyurlle bilan o‘rtadagi shartnomani bekor qildi.

Bu haqida, Dortmund klubining rasmiy sayti ma’lum qilgan. Unga ko‘ra, futbolchi va klub kelishgan xolda, vaaziyatga nuqta qo‘yishgan.

Bu mavsumni Moskvaning «Spartak» jamoasida o‘tkazgan futbolchi, pandemiya chog‘ida Germaniyaga qaytib ketgan edi. Endlikda, u mavsum yakuniga qadar Rossiyaga kira olmaydi.

Konte hazillashmayapti

«Milan»ning «Inter» jamoasi bosh murabbiyi Antonio Konte o‘z jamoasida Antoni Marcialni ko‘rishni istamoqda.

"Calciomercato" nashrining ma’lum qilishicha, «Inter» Antonini qo‘lga kiritish uchun Milan Shkrinyarni “qizil iblislar”ga taklif qiladi.

Manbaning ma’lum qilishicha, slovakiyalik himoyachi so‘nggi paytlarda zaxira o‘rindig‘ida qolib ketmoqda. Shu sababli, uning o‘zi ham Milanni tark etish ishtiyoqida. Hozircha, “Manchester Yunayted” «Inter»ning taklifga javob qaytarganicha yo‘q.

«Roma» hujumchi izlamoqda

 

Italiyaning «Roma» jamoasi yaqin yillarda Edin Jekoning o‘rnini bosishga qodir hujumchi izlamoqda.

“Le Gazzeta Della Sport"ning ma’lum qilishicha, jamoa «Napoli» hujumchisi Arkadiush Milikni qo‘lga kiritmoqchi.

Manbaning ma’lum qilishicha, Milik bilan shartnoma imzolash oson bo‘lmaydi. Sababi, uning agenti allaqachon «Yuventus» bilan muzokaralar olib bormoqda.

Alabaning “ishtaxasi ochildi”!

 

Myunhenning «Bavariya» jamoasi himoyachisi David Alaba yozda jamoani tark etishi mumkin.

"Bild" nashrining ma’lum qilishicha, David «Bavariya»dan yiliga 20 million yevro maosh ko‘rsatilgan shartnoma talab qilmoqda. Ayni damda, «Bavariya» futbolchining talabini qondira olmaydi.

Manbaning ma’lum qilishicha, «Bavariya» Alabani yozda 36 million yevro evaziga bo‘lsada sotib yuborishga qaror qilgan.

Manba: Stadion.uz
Kiritildi: 09:52, 16.07.2020.
O'qildi: 11106 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.