Kirish Ro'yxatdan o'tish
22/11 16:00 Neftchi 2-0 Nasaf
22/11 18:15 Qizilqum 1-5 Navbahor
23/11 01:00 Xetafe 2-0 Valyadolid
23/11 15:00 Olimpik - Bunyodkor
23/11 17:15 Andijon - Dinamo
23/11 17:30 Lester - Chelsi
23/11 18:00 Valensiya - Betis
23/11 19:00 Verona - Inter
23/11 20:00 Bornmut - Brayton
23/11 20:00 Arsenal - Nottingem Forest
23/11 20:00 Aston Villa - Kristal Pelas
23/11 20:00 Everton - Brentford
23/11 20:00 Fulhem - Vulverhempton
23/11 20:15 Atletiko - Alaves
23/11 22:00 Milan - Yuventus
23/11 22:30 Manchester Siti - Tottenhem
23/11 22:30 Las-Palmas - Malyorka
23/11 22:30 Jirona - Espanyol
24/11 00:45 Parma - Atalanta
24/11 01:00 Selta - Barselona
24/11 15:00 Metallurg - Surxon
24/11 16:30 Jenoa - Kalyari
24/11 17:15 So‘g‘diyona - Lokomotiv
24/11 18:00 Osasuna - Vilyarreal
24/11 19:00 Sautgempton - Liverpul
24/11 19:00 Torino - Monsa
24/11 19:00 Komo - Fiorentina
24/11 20:15 Sevilya - Rayo Valyekano
24/11 21:30 Ipsvich - Man. Yunayted
24/11 22:00 Napoli - Roma
24/11 22:30 Leganes - Real Madrid

80-yillarda nima uchun inglizlar yevrokuboklardan chetlatilgan?

80-yillarda nima uchun inglizlar yevrokuboklardan chetlatilgan?

Baho:
+ | -

Stadion.uz futbol muxlislarini yaqin o‘tmish sari olib ketadi. Bugun UYEFA nima uchun ingliz klublarini katta musobaqalardan mahrum qilgani haqida so‘z boradi.

Futbol muxlislari bugungi kunda ushbu sport turining ajralmas bo‘lagiga aylanib bo‘ldi. 60-yillarga qadar muxlislik madaniyati hali to‘liq rivojlanmagan edi. Ayniqsa, Angliyada (asosan zavod ishchilaridan iborat)muxlislar dam olish kunida do‘stlar davrasida pivo bilan futbol tomosha qilishni odatga aylantirishdi. Xavfsizlik xodimlari bunga u qadar e’tibor qaratmas, biroq “Arsenal” va «Blekbern” jamoasi o‘rtasidagi ilk janjaldan so‘ng, vaziyat tubdan o‘zgardi. Ichki birinchilik o‘yini bo‘lgani bois, UYEFA bu vaziyatga aralashmadi. Vaholanki, o‘sha uchrashuvda londonlik muxlislar raqib sektoriga hujum qilgan va janjal katta mashaqqat bilan to‘xtatilgan edi. Barchasi, ana o‘sha uchrashuvdan so‘ng boshlangan bo‘lsa, ajab emas.

Jangchilar…

Aynan o‘sha janjaldan so‘ng, Britaniyada har bir klubning o‘z jangchi fanatlari paydo bo‘lishi urf bo‘ldi. Ular aytarli futbol bilan qiziqmas, shunchaki janjallashish uchun, yig‘ilib qolgan agressiyani namoyish etish uchungina futbol tomosha qilishga kelar edi.

1975-yilda “Lids” Yevropa chempionlar kubogi final uchrashuvida ishtirok etish huquqini qo‘lga kiritadi. O‘yin boshlanishiga oz fursat qolgan bir paytda, qiziqqon ingliz muxlislari “Bavariya” klubi fanatlariga tashlanadi. Vaziyatni yumshatish uchun ishga kirishgan polisiya xodimlari ham tan jarohati oladi va janjal kattalashib ketadi. Shunga qaramay, UYEFA finalni tashkillashtirdi va unda “Bavariya” g‘alaba qozondi. O‘yindan so‘ng, UYEFA “Lids”ni bir mavsumga yevrokuboklarda ishtirok etish huquqidan mahrum qildi. Bu UYEFA tomonidan ingliz klublari uchun qo‘llanilgan ilk taqiq sifatida tarixda qolgan voqea desak, adashmagan bo‘lamiz. “Lids”ning “jangari” muxlislari o‘zlari bilib-bilmay jonajon klubi uchun katta talafot yetkazadi. “Lids” esa, o‘z muxlislaridan zarar ko‘rgan ilk Yevropa klubiga aylanadi.

Keyinchalik Angliya chempionatidagi muxlislar soni ham borgan sari kamayib ketishni boshladi. Ayniqsa, 70-80 yillar oralig‘ida “Aston Villa” muxlislari barchadan ajralib turishga muvaffaq bo‘lishdi. Aslida 35 ming muxlisga mo‘ljallangan arena kamida 50 ming fanatni o‘z bag‘riga joylashtirishga majbur bo‘lar, xavfsizlikni ta’minlovchi polisiyachilarning soni juda kam bo‘lgani bois, vaziyat to‘liq muxlislar qo‘lida edi.

“Eyzel fojeasi”

O‘ylashimizcha, bu voqea haqida eshitgansiz. Shu sababli, vaziyatni qisqacha yodingizga solamiz. 1985-yil. Yevropa chempionlar kubogi final uchrashuvida “Liverpul” va “Yuventus” jamoalari to‘qnash kelmoqda. Belgiyadagi “Eyzel” o‘yingohi allaqachon ta’mirtalab ahvolga kelib qolgan bo‘lsada, UYEFA final o‘yinini shu arenaga topshiradi. O‘yin boshlanishi bilanoq ingliz muxlislari bor e’tiborini maydonga emas, raqib sektoriga qaratishni boshladi. Oyoq kiyimlar, suv idishlari va boshqa mayda detallar “Yuve” “tiffozilari” tomon uloqtirila boshladi. Bu bilan cheklanmangan muxlislar birinchi taym o‘rtalarida ochiqchasiga italiyaliklar sektoriga shturmni amalga oshiradi. Minglab muxlislarning bosimini ko‘tara olmagan stadion tribunalari dosh bermaydi va ...

Bu fojeadan 600 kishi jarohat olgan bo‘lsa, 39 kishi dunyodan erta ko‘z yumdi. Final yakunlandi va “Yuventus” Platini kiritgan gol (58-daqiqada) evaziga chempion bo‘ldi. U o‘zining avtobiografiyasi aks etgan kitobda o‘sha finalni quyidagicha xotirlayd: “Birinchi bo‘lim yakunlandi. Hisob 0:0. Tanaffusda mening oldimga Rotenbyuller tashrif buyurdi va o‘yinni yakunlash zarurligini aytdi. Bundan tashqari, futbolchilar tribunada hech narsa bo‘lmagandek o‘zini tutishini ta’kidladi. Qo‘shimchasiga, bu final davom ettirilmasa o‘liklar soni yanada ortib ketishini aytib bizni ogohlantirdi”.

Platini o‘z kitobida fojea sababli medallarni va sovrinni xuddi marakadagi inson singari qabul qilganini yozgan bo‘lsada, aslida o‘sha kuni Turin klubi futbolchilari bayram uyushtirishgani keyinroq ma’lum bo‘ldi.

5 yillik taqiq...

Final uchrashuvidan so‘ng, “Liverpul” rahbariyati jazo berishga tushib ketdi. Rahbarlar UYEFAning qarorini kutib o‘tirmadi va jamoa kelasi mavsumda xalqaro maydondagi o‘yinlarda ishtirok etmasligini rasman e’lon qildi. UYEFAning qarori juda keskin, biroq haqqoniy bo‘ldi. UYEFAAngliya klublarini 5 yil yevrokuboklardan mahrum qildi. Bu qaror, ingliz muxlislarining boshini changallab qolishga majbur qilgani rost. UYEFA “Liverpul”ni 6 yilga barcha musobaqalardan chetlatdi va katta jarimaga tortdi. Klubning xalqaro maydondagi imiji keskin tushib ketdi. Vaziyatga huquqni himoya qiluvchi organlar aralashdi va janjalni boshlaganlar birin-ketin qo‘lga olindi. Ulardan biri hatto 3 yilga ozodlikdan mahrum qilindi. Sudda ishtirok etgan ingliz jurnalistlarining ma’lum qilishicha, yigitcha hukm o‘qib eshitirilganida ho‘ngrab yig‘lagan ekan.

Hech narsa izsiz ketmaydi...

Yevrokuboklarsiz o‘tgan 5 yil Angliya futboli tarixidagi eng og‘ir kunlarga aylandi. Katta musobaqalarsiz zerikib qolgan yulduzlarning barchasi Yevropa sari yo‘l oldi. Hatto ingliz futbolining ramziga aylangan yigitlar – Ian Rash, Garri Liniker, Mark Xeytli va Mark Xyuzham boshqa grandlarga o‘tib ketdi. Ayniqsa, Ian Rashning “Yuventus”ga ketishi muxlislarga og‘ir zarba bo‘ldi. Italiyada Rashni juda sovuq qarshi olishdi. Achinarlisi shundaki, uni butun stadion 90 daqiqa hushtaklar sadosi ostida kuzatdi. Bank va restoranlar hizmat ko‘rsatishdan bosh torti. Undan Italiyadagi barcha “Liverpul” muxlislarining alamini olishga intildi. O‘sha mash’um kun sababli Rash og‘ir kunlarni boshidan kechirdi.

Qayta tiklanish oson bo‘lmadi...

Butun Angliya futboli 5 yillik taqiqdan qattiq ozor chekdi. Grand jamoalar nomdor futbolchilarni sotib olishni istmadi. “Arsenal” va “Manchester Yunayted” singari klublar to‘liqligicha akademiyadagi o‘spirinlar bilan chempionat uchrashuvlarida ishtirok etishni boshladi. Ichki birinchilikda “Liverpul” va “MYU”ning gegemonligi barham topdi va keskinlik kamayib ketdi. Achinarlisi shundaki, taqiq olib tashlangandan so‘ng, inglizlar xalqaro maydonda “qovun tushirishni” boshladi. Ayniqsa, “qizil iblislar”ning “Rotor”dan mag‘lub bo‘lishi barchani hayratda qoldirdi. “Arsenal” esa, “PAOK”dan alamli mag‘lubiyat qabul qilib olgach, barcha ingliz klublari qanchalar nochor ahvolda ekanligini his etdi.

Ushbu voqealarni kuzatib turgan davlat rahbari Margaret Tetcher o‘zi ishga kirishishga qaror qildi. Aynan u janjalkash muxlislarga qarshi “urush” e’lon qildi. O‘yinlardagi polisiyachilar soni 10 barobar oshirildi. Maxsus xizmat vakillari tribunalardan joy olishni boshladi. O‘yindan oldin va o‘yindan keyin barcha yo‘llar berkilishi va stadion atrofida qonun himoyachilarining katta otryadlari saf tortishi boshlandi. Bundan tashqari, “FAN ID”ga asos solindi. Abonementlar shaxsni tasdiqlovchi hujjatlarsiz sotilmaydigan bo‘ldi. Qattiq jismlar bilan o‘yinga hech kim kiritilmadi va vahokazo. Umuman olganda, Tetcher bu “urush”da g‘olib chiqishga muvaffaq bo‘ldi. Stadionlardagi ozodalik va tinchlik hukmronligi 2 yilda o‘z samarasini bera boshladi. Xalqaro o‘yinlarni sog‘inib qolgan muxlilar tartibga rioya qilishdan boshqa chorasi yo‘q ekanligini chuqur anglab yetishdi. To‘g‘ri, ayni damda ham kichik ko‘ngilsizliklar ingliz ishqibozlari bilan uchrab turadi, biroq guruch kurmaksiz bo‘lmaydi. Eng muhimi, inglizlar 5 yillik taqiq chog‘ida futbolning aslida nima ekanligini tushunib yetdi. Bu Margeret xonimning janjalkash muxlislar ustidan g‘alaba qozonganini anglatadi.

Yahyoxo'ja Ulug'xo'jayev

Manba: Stadion.uz
Kiritildi: 10:18, 18.07.2020.
O'qildi: 7407 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.