Kirish Ro'yxatdan o'tish
23/12 00:45 Monsa 1-2 Yuventus
23/12 01:00 Betis 1-1 Rayo Valyekano
23/12 22:30 Fiorentina 1-2 Udineze
24/12 00:45 Inter 2-0 Komo

Diyor Imomxo‘jayev nima uchun Superliga o‘yinlariga bir haftaga to‘xtatilganiga izoh berdi

Diyor Imomxo‘jayev nima uchun Superliga o‘yinlariga bir haftaga to‘xtatilganiga izoh berdi

Baho:
+ | -

14 klub, 14 xil fikr. Mingta muxlis va ming xil fikr. Sog‘liq birinchi o‘rinda, orqada xalqaro o‘yinlar bor, Yevropa shunday holatda futbolni davom ettiryapti...

Aslida biz ham davom ettira olamiz, ammo mas’uliyat birinchi o‘ringa chiqishi kerak. Biz virus uchun test topshirgan futbolchining, test javobi chiqmay turib, boshqa klub bilan 90 daqiqa o‘ynaganini ko‘rdik. Biz test javoblarini vaqtida taqdim etmayotgan klublarni bilamiz. Biz kasalini yashirayotgan, ammo isitmasi oshkor qilish arafasida turgan klublarga egamiz. Shundan kelib chiqib, qaror qabul qilyapmiz. Menimcha, PFL hech qachon bunday boshi berk ko‘chalarda bo‘lmagan.

PFL xodimlarining 60 foizi 10 kunlar avval uydan ishlashga o‘tkazilgan. Taxminan 7-8 kishi shunday sharoitda bir yoqadan bosh chiqaryapmiz. Buning uchun safdoshlarimga rahmat aytaman. Nolimaymiz, ishlashda davom etamiz. Kasallik bilan og‘riyotgan futbolchilar tezroq sog‘ayishlarini, bugungi holat tezroq daf bo‘lishini istaymiz.

Chempionat kelasi seshanba kunidan tiklanadi. Ammo ungacha barcha klublar test topshirishi, bazasiga kirishi va avvaldan berilgan yo‘riqnomalarga qat’iy amal qilishi shart. Yana bemalollashsak, bilmadim. Bu haqda o‘ylashga ham qo‘rqadi odam.

Diyor Imomxo‘jayev.

Manba: @diyorimamkhodjaev
Kiritildi: 18:03, 20.07.2020.
O'qildi: 4241 marta.
Fikrlar: 2 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.